Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Yoshlarning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari davom etmoqda

Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga undash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida sport mashg‘ulotlari davomli ravishda o‘tkazilmoqda. Ushbu tashabbus yoshlarni sportga jalb etish, jismoniy faollikni oshirish va do‘stona muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Tashabbus doirasida voleybol, futbol, yengil atletika va boshqa sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan. Ushbu mashg‘ulotlar tajribali murabbiylar boshchiligida o‘tkazilib, nafaqat talabalarga, balki mahalliy yoshlarga ham ochiq. Har bir ishtirokchi yangi ko‘nikmalar egallash imkoniyatiga ega bo‘lib, jamoaviy ish va sog‘lom raqobat muhitida ishtirok etmoqda.

Bugun, 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida 30 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Ular voleybol, futbol va yengil atletika bo‘yicha mashqlar o‘tkazib, jismoniy holatini yaxshilash bilan birga do‘stona munosabatlar o‘rnatdilar. Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida ijobiy ruhiyatni mustahkamlashga va ularning hayot tarzi sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🇺🇿🟢Oliy ta'lim muassasalarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash uchun ariza berish tartibi

O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni tadqim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risida"gi 2025-yil 25-mart sanasidagi 149-sonli qarori Andijon davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan grant.adu.uz patformasida ishlash bo'yicha ko'nikmalarni:

📹 Ushbu havola orqali You Tube kanaliga joylangan videorolik orqali o'rganishingiz mumkin.

😁😁😁😁😁😁😁😁😁😁😁

🇷🇺🟢Порядок подачи заявлений на предоставление и перераспределение грантов для студентов в высших учебных заведениях

В соответствии с Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 25 марта 2025 года № 149 «О порядке предоставления и перераспределения грантов студентам высших учебных заведений», процедура работы на платформе grant.adu.uz, разработанной Андижанским государственным университетом, доступна для ознакомления.

📹 Освоить необходимые навыки можно с помощью видеоролика, размещённого на YouTube-канале по этой ссылке.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠

🗣Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 3/15-80-127-sonli xati hamda 80-son buyrug‘iga asosan talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovini tashkil etish belgilangan.

📹 Ayni paytda mazkur buyruqqa asosan, Jizzax davlat pedagogika universitetida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi o'tkazilmoqda.

Tanlov doirasida talabalar o‘z bilimlari, tahliliy fikrlash qobiliyati va kitoblar orqali olgan hayotiy saboqlarni namoyish etishmoqda. Onlayn formatda o‘tkazilayotgan ushbu tanlovga yurtimizning barcha hududlaridan talaba-yoshlar jalb qilingan bo'lib, Andijon davlat universitetining ilmga chanqoq va kitobxon yoshlari ham Zoom platformasi orqali mazkur tanlovda faol ishtirok etmoqda.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Bo‘sh vaqt – foydali faoliyat bilan: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida yoshlar bilan joylarda uchrashuvlar o'tkazildi


Bugun, 3-iyul kuni Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar, Rus tili va adabiyoti hamda Oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-jadval asosida Xonobod shahri va Jalaquduq tumanlarida bo‘lishdi.

Tashabbus doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o'quvchi va uyushmagan yoshlar bilan ochiq suhbatlar o‘tkazildi, kasb tanlovi, oliy ta’lim imkoniyatlari va yoshlarning shaxsiy rivojlanishi kabi mavzular yoritilib, qimmatli maslahatlar va fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida rassomchilik to‘garaklari hamda mantiqiy fikrlash va strategik ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun shashka va shaxmat o‘yinlari tashkillashtirildi. Tadbir yakunida yuqori sinf o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida darsliklar sovg‘a sifatida topshirildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 09:45:01
Back to Top
HTML Embed Code: