Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 6-iyul, yakshanba.

🇺🇳Butunjahon kardiologlar kuni.
🇱🇸Lesoto - Oila kuni.
🇵🇪Peru - O‘qituvchilar kuni.
🇲🇼Malavi - Mustaqillik kuni.

Tarixiy voqealar:

1785-yil
- ''$ dollar''- AQSh milliy valyutasiga aylandi.
1928-yil - Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi to'liq ovozli film namoyishi bo'lib o'tdi.
1997-yil - Qozogʻiston poytaxti Almatidan Ostonaga ko’chirildi.
2003-yil - Yevpatoriya yaqinidagi RT-70 radio teleskopi yordamida Quyosh turidagi bir nechta yulduzlarga kodli xabar - ''Kosmik qo'ng'iroq'' uzatildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

1818-yil 6-iyul
- mashhur nemis shaxmatchisi Adolf Andersen.
1907-yil 6-iyul
- avtoportretlari bilan mashhur boʻlgan meksikalik rassom Frida Kalo de Rivera.
1946-yil 6-iyul
- amerikalik kinoaktyor Stallone.
1975-yil 6-iyul
- amerikalik repper Curtis James Jackson III.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2❤‍🔥1🔥1🕊11
Forwarded from Edu.uz
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

🔰 Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

👨‍💻 Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

✔️Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

💾 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.

#Qabul2025 #Texnikum #Suhbat

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥211🥰1🤩1💘11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 🟦🟦🟦

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida bitiruvchilar uchun ta’lim maskaniga sayohat


Tashabbus doirasida Oltinko‘l tumani 38-umumta’lim maktabi bitiruvchilari Andijon davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etdi. O‘quvchilar universitetning zamonaviy ta’lim sharoitlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi, madaniy va sport inshootlari bilan tanishdi. Tashrif davomida ular o‘qish shartlari, mutaxassisliklar va kasbiy istiqbollar haqida savollar berib, oliy ta’limga qiziqishlarini oshirdilar.


#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21❤‍🔥1🥰1🤩1🤓11
4️⃣4️⃣4️⃣ 👨‍🏫👩‍🏫

🏬 Ovxunov Iqboljon Abdunabiyevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏22👍5❤‍🔥11🥰1🤩1🆒11
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

👩 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7–17-iyul kunlari o‘tkaziladi

Har bir abituriyentning kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborilgan.

✴️ Andijon davlat universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun ijodiy (kasbiy) imtihonlarni o‘tkazish grafigi. Imtihonlarda abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda baholash mezonlari:

📁 61010200 – Dizayn;
📁 60210800 – Amaliy san'at;
📁 60210500 – Rangtasvir (dastgohli);
📁 60211400 – Vokal san'ati (an’anaviy xonandalik);
📁 60211500 – Cholg'u ijrochiligi;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Boks;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Futbol;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Kurash;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Voleybol;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Stol tennisi;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Yengil atletika;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Basketbol;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Belbog‘li kurash.

📌 Abituriyentlar uchun muhim ko‘rsatmalar
🟢Shaxsiy kabinetdan imtihonda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab oling.
🟢Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga yetib boring.
🟢Barcha abituriyentlar, shu jumladan jismoniy tarbiya yo‘nalishiga topshiruvchilar sport formasi va kerakli jihozlarni (masalan, cholg‘u asboblari yoki san’at materiallari) olib kelishlari shart.

❗️Eslatma: Ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar amaliy-ijodiy (ijodiy yoki sport) imtihonlardan tashqari, O‘zbekiston tarixi, Matematika, Ona tili (yoki o‘zbek tili) fanlar bo‘yicha ham test sinovlarini topshirishi belgilangan.

▶️ Mazkur jarayon bo‘yicha sizni qiziqtirgan barcha savollarga quyidagi “Call-markaz” telefon raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.

📞 Murojaat uchun telefon:
+998742248189
+998742248192
+998742248194
+998742248195
+998742248197

📍 Imtihon joyi: Andijon davlat universiteti
Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129-uy

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥11👍1🔥1🤩1🆒1💘11
Forwarded from Edu.uz
Yana bir tarixiy natija!

⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng, Osiyo kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi

Kotrina Kulbite
shogirdlari saralash doirasida 🇱🇰Shri-Lankani 10:0, 🇱🇦Laosni 7:0 hisobida mag‘lub etishdi. So‘nggi turda esa dramatik kechgan bahsda🇳🇵Nepal ayollari ustidan penaltilar seriyasida g‘alabaga erishishdi (asosiy vaqtda 3:3).

Shu tariqa ayollar terma jamoamiz 2026-yilda o‘tadigan qit’aning eng nufuzli turnirida ishtirok etishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5❤‍🔥1🔥1🥰1👏1🆒1💘11
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

Kasbiy/ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!


Joriy yil 52 ta OTMda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Ushbu imtihonlarga oid jumladan, baholash mezonlari, o‘tkazilish joyi, sanasi kabi muhim yangiliklar oliygohlarning rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Quyida ularning Telegramdagi rasmiy sahifalari:

➡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
➡️O‘zbekiston milliy universiteti;
➡️O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
➡️Toshkent davlat texnika universiteti;
➡️Qo‘qon davlat universiteti;
➡️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
➡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
➡️Andijon davlat texnika instituti;
➡️Andijon davlat universiteti;
➡️Buxoro davlat universiteti;
➡️Buxoro davlat texnika universiteti;
➡️Guliston davlat universiteti;
➡️Qoraqalpoq davlat universiteti;
➡️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
➡️Qarshi davlat universiteti;
➡️Namangan davlat universiteti;
➡️Namangan davlat texnika universiteti;
➡️Samarqand davlat universiteti;
➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
➡️Samarqand davlat chet tillar instituti;
➡️Termiz davlat universiteti;
➡️Farg‘ona davlat universiteti;
➡️Urganch davlat universiteti;
➡️Navoiy davlat universiteti;
➡️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;
➡️Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
➡️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;
➡️Nukus davlat pedagogika instituti;
➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti;
➡️Andijon davlat pedagogika instituti;
➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;
➡️Guliston davlat pedagogika instituti;
➡️Namangan davlat pedagogika instituti;
➡️Samarqand davlat pedagogika instituti
➡️Termiz davlat pedagogika instituti;
➡️Urganch davlat pedagogika instituti;
➡️Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
➡️Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Milliy estrada san’ati instituti;
➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;
➡️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;
➡️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
➡️Milliy rassomlik va dizayn instituti;
➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
➡️O‘zbekiston  davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;
➡️O‘zbekiston davlat sport akademiyasi;
➡️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.

💾 Kasbiy/ijodiy imtihoni mavjud OTM va ularning yo‘nalishlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11🥰1👏1🤩11
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’lim tashkilotlari axborot xizmati xodimlariga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi

3–5-iyul kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu o‘quv dasturining birinchi chaqiruvini muvaffaqiyatli tamomlagan 48 nafar axborot xizmati xodimiga sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan topshirildi.

Mazkur malaka oshirish kursi axborot xizmatlari faoliyatida ilg‘or yondashuvlar, raqamli kommunikatsiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishni kengaytirish, axborot siyosatini professional darajada yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

#MalakaOshirish #MatbuotKotiblari #Sertifikat

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤‍🔥2👍21🥰1🤩1🤓11
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💜💜💜

🏢 Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar imtihon topshirish hududiga quyidagi manzillar orqali yetib kelishlari mumkin.

🚌Andijon davlat universitetiga Yangi bozor hamda Eski shahar hududlaridan yo'lga qo'yilgan 75 yo'nalishidagi avtobuslar hamda damas jamoat transportlari orqali borishlari mumkin.

🗺Manzil: Andijon shahar Universitet ko'chasi 129-uy 🚕 geolokatsiya

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11🤩1😍11
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

🚗 7-iyuldan universitet hududiga avtomashinalar kirishi taqiqlanadi

🚫 Andijon davlat universiteti ma'muriyati 2025/2026-o’quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari boshlanishi hamda imtihon o'tkazilishi belgilangan joylarda tartibsizlik va noqulayliklarning oldini olish maqsadida 7-iyul kunidan universitetning asosiy hududiga transport vositalarini kiritilmasligini ma'lum qiladi.

🏢 Rahbariyat 2024/2025-o‘quv yili yakunlanganligi va barcha professor-o‘qituvchilar yozgi ta'tilga chiqqanligi munosabati bilan 7-iyul kunidan boshlab universitet hududiga pedagog xodimlar va talabalarni kelmasliklarini tavsiya qiladi. (Ro'yxat asosida ishlashi belgilangan xodimlar bundan mustasno).

👮‍♂️Ushbu keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'rab, belgilangan talabni to’g’ri tushunishingizni so’rab qoladi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁43❤‍🔥1😍1
2025/07/08 17:18:16
Back to Top
HTML Embed Code: