Yoshlarni intellektual va jismoniy faollikka chorlovchi mashg'ulotlar: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida manzilli tashabbuslar
Andijon davlat universitetining Matematika, Kondensirlangan muhitlar fizikasi hamda Amaliy matematika va mexanika kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘ldilar.
Ushbu tashabbus doirasida kafedra o‘qituvchilari yoshlar bilan davra suhbatlari, sport musobaqalari, interaktiv o‘yinlar, to‘garak mashg‘ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qildi. Jumladan, “Mohir qo‘llar”, “Yosh rassomlar”, “Kompyuter savodxonligi”, “Ingliz tili” va “Sport” to‘garaklari tashkil etilib, yoshlarga ijodiy, intellektual va jismoniy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ushbu mashg‘ulotlar yoshlarning o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishlarda ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu faoliyatlar o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2🔥2🥰1 1
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤🔥2👏2🔥1🤩1 1
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏Xalqaro tog‘ jinslari kuni.
🌏Xalqaro shahar jarchilari kuni.
🧩Xalqaro jumboqlar kuni.
🕵🏻♀️1728-yil - birinchi Kamchatka ekspeditsiyasi boshlandi.
👨🏻🔬1930-yil 13-iyul - biolog-botanik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Abdumavlon Abdullayev.
🥋1988-yil 13-iyul - oʻzbek dzyudochisi, 52 kg gacha vazn toifasidagi Diyora Keldiyorova.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM