Telegram Web Link
#ilmiy_seminar

👩🏻‍🏫Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida olima va oqila ayollarning oʻrni


Bugun, 8-iyun kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston xotin-qizlar "Olima" uyushmasi hamda Andijon viloyati "Oila va xotin-qizlar boshqarmasi" hamkorligida ''Fan, ta'lim va tarbiya jarayonida olima ayollarning o'rni'' mavzusida ilmiy seminar bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2934

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#tavsiya #abituriyent2024

Oliy ta’lim muassasalarining Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari Telegram messenjerida o‘z sahifalarini yuritishmoqda. Unda OTM faoliyati, jumladan qabulga doir abituriyent va ularning ota-onalari uchun foydali ma’lumotlar berib boriladi.

Quyida OTMlarining rasmiy kanallari bilan tanishing.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi va qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan Andijon davlat universiteti Fuqarolik jamiyati nazariyasi katta o'qituvchisi, siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Zohidjon Hayitmatovning fikr mulohazalari ommaviy axborot vositalari nigohida.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi va qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan Andijon davlat universiteti Fuqarolik jamiyati nazariyasi katta o'qituvchisi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Yusufxon Jahongirovning fikr mulohazalari ommaviy axborot vositalari nigohida.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📅Bugun 9-iyun, yakshanba.

🇺🇳 BMT - Xalqaro do‘stlar kuni.
🇦🇷 Argentina - Geologlar kuni.
🇺🇬 Uganda - Qahramonlar kuni.
🇺🇾 Urugvay - Janubiy Amerika futboli kuni.

Tarixiy  voqealar:

🔰1822-yil - AQShda Charlz Grem sun’iy jag‘ni patentladi.
🏛1833-yil - Moskvada tarix muzeyi ochilishi bo'lib o'tdi.
🧸1934-yil - Donald Duck ishtirokidagi birinchi multfilm suratga olindi.
1963-yil -  Uinston Cherchil AQShning faxriy fuqarosi deb e’lon qilindi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🤵🏻‍♂️ 1875-yil 9-iyun - angliyalik farmokolog, Nobel mukofoti sohibi Genri Deyl.
👨🏻‍💼1952-yil 9-iyun - taniqli sozanda, bastakor, O’zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov.
🤵🏻1969-yil 9-iyun - kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi Alisher Ikromov.
🤵🏻‍♀️1981-yil 9-iyun - amerikalik taniqli aktrisa, prodyuser, ssenariynavis va rejissyor Natali Portman.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? 

Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:

1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.

Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;

2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.

Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi.

Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas.

3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar

Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;

4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.

Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.

Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;

5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.

Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.

Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from JADID media | rasmiy
#tarix_va_taqdir

“FAYZULLA SULTONOV – “KATTA TERROR” QURBONI”
Rustambek SHAMSUTDINOV

⚫️1937-yil 13-noyabrda 10 yil muddatga hukm etilgan Fayzulla Sultonovning hozirgacha e’lon qilinmagan fojiali o‘limiga doir noyob hujjat topildi.
⚫️Fayzulla Sultonov istibdod tuzumi davri­da, uning adolatsizliklariga qarshi kurash­chilar safida bo‘ldi va shu adolat­siz­likning begunoh qurboniga aylandi.

Batafsil
: jadid-media.uz/fayzulla-sultonov-katta-terror-qurboni/

➡️@Jadid_media⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆Bugun 10-iyun, dushanba

🌏Butunjahon hunarmandchilik kuni.
🇭🇹Gaiti - Bolalar kuni.
🇨🇬Kongo - Yarashuv kuni.
🇯🇵Yaponiya - Soatlar kuni.

Tarixiy voqealar:

🏜1596-yil - Barents Ayiq orolini kashf etdi.
🚤1829-yil - „Oksford-Kembrij“ qayiqlar yoʻnalishi suvga tushirildi.
🎥1936-yil - Moskvada «Союзмультфильм» studiyasiga asos solindi.
🏅1999-yil - Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🧑‍🔬1848-yil 10-iyun - nemis ximik-organigi Iogann Karl Ferdinand.
🎨1880-yil 10-iyun - fransuz rassomi va grafigi, teatr dekoratori, keramikachi haykaltarosh Andre Daren.
🤵🏻1920-yil 10-iyun - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yozuvchi Said Ahmad.
🤵🏻1929-yil 10-iyun - yozuvchi, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Nosir Fozilov.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi va qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan Andijon davlat universiteti katta yuriskonsult Mo'tabarxon Sodiqovaning fikr mulohazalari ommaviy axborot vositalari nigohida.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Qabul_2024_2025
#Call_markaz

Andijon davlat universitetida fuqarolarning murojaatlariga javob berish va “Qabul-2024" bo'yicha "Call-markaz" o'z faoliyatini boshladi

2024-2025-o'quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 5-iyundan 25-iyungacha faqatgina onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro'yxatdan o'tkaziladi.

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishlari uchun oliy oʻquv yurtiga borilmaydi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Andijon davlat universitetining murojaatlar markazi “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun telefon:
+998742248187
+998742248189
+998742248194
+998742248197
+998742248195

“Call-center”ning ish rejimi:
Dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti pinned «#Qabul_2024_2025 #Call_markaz Andijon davlat universitetida fuqarolarning murojaatlariga javob berish va “Qabul-2024" bo'yicha "Call-markaz" o'z faoliyatini boshladi 2024-2025-o'quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 5-iyundan 25-iyungacha…»
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 10-iyun Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi katta o'qituvchisi Sattarov Muhiddin Ortiqboyevichning tavallud ayyomi.

Muhiddin Sattarov 1954-yil 10-iyun kuni Andijon viloyati Oltinko'l tumanida tug'ilgan. Ko'p yillardan buyon universitetimiz ravnaqi yo'lida beminnat xizmat ko'rsatib kelayotgan ustozlardan biri hisoblanadi.

Andijon davlat universiteti jamoasi Sattarov Muhiddin Ortiqboyevichni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/06/10 08:51:54
Back to Top
HTML Embed Code: