Yoshlarni intellektual va jismoniy faollikka chorlovchi mashg'ulotlar: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida manzilli tashabbuslar
Andijon davlat universitetining Matematika, Kondensirlangan muhitlar fizikasi hamda Amaliy matematika va mexanika kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘ldilar.
Ushbu tashabbus doirasida kafedra o‘qituvchilari yoshlar bilan davra suhbatlari, sport musobaqalari, interaktiv o‘yinlar, to‘garak mashg‘ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qildi. Jumladan, “Mohir qo‘llar”, “Yosh rassomlar”, “Kompyuter savodxonligi”, “Ingliz tili” va “Sport” to‘garaklari tashkil etilib, yoshlarga ijodiy, intellektual va jismoniy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ushbu mashg‘ulotlar yoshlarning o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishlarda ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu faoliyatlar o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2🔥2 2🥰1
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤🔥2👏2 2🔥1🤩1
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4 4🤩2❤🔥1⚡1👍1🆒1💘1
🌏Xalqaro tog‘ jinslari kuni.
🌏Xalqaro shahar jarchilari kuni.
🧩Xalqaro jumboqlar kuni.
🕵🏻♀️1728-yil - birinchi Kamchatka ekspeditsiyasi boshlandi.
👨🏻🔬1930-yil 13-iyul - biolog-botanik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Abdumavlon Abdullayev.
🥋1988-yil 13-iyul - oʻzbek dzyudochisi, 52 kg gacha vazn toifasidagi Diyora Keldiyorova.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🆒2❤🔥1🤩1 1
Forwarded from Edu.uz
Joriy yilning iyul oyida Toshkent va Farg‘ona hududlarida ayrim fuqarolar, jumladan, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar tomonidan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasiga noqonuniy, pora evaziga kiritib qo‘yishga urinish holatlari aniqlanib, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakatlar bo‘lib, bunday noqonuniy urinishlar butun oliy ta’lim tizimiga dog‘ tushiradi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash tarafdori bo‘lib, ta’lim sohasida bunday jirkanch holatlarga mutlaqo toqat qilmaydi. Ayniqsa, bunday holatlar davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan halollik va adolat tamoyillariga zid bo‘lib, jamiyatda ishonchsizlikni yuzaga keltirish xavfini tug‘diradi.
Hurmatli o‘qituvchilar va soha vakillari!
Biz sizlardan bilim va tarbiya berish orqali jamiyatga xizmat qilishni kutamiz, jinoyat sodir etishni emas. Har bir pedagog bu muqaddas kasb ortida yurt kelajagi, inson taqdiri turganini chuqur his qilishi kerak.
Oliy ta’lim tizimidagi har bir rahbar va xodim korrupsiyaga qarshi shaxsiy mas’uliyat bilan yondashishi, bu borada faqat qonun doirasida faoliyat yuritishi shart.
Barcha abituriyentlarga shuni qat’iy bildiraman: hech kimning sizni pora evaziga oliygohga kiritishga haqqi yo‘q! Siz faqat o‘z bilimingiz orqali adolatli tanlov asosida talaba bo‘lishingiz mumkin.
Vazirlik barcha ta’lim muassasalarida ochiqlik, shaffoflik va adolatli raqobat muhitini mustahkamlash, bu kabi holatlarga barham berish yo‘lida ish olib boradi.
Huquqbuzarlikka qo‘l urgan shaxslar qonun oldida javob beradi va ularga muqarrar jazo qo‘llaniladi.
Q.Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni
kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3❤🔥1🔥1👏1 1
#ekspeditsiya
Folklor ekspeditsiyasi: Xalq og‘zaki ijodining qimmatli namunalarini yig‘ish
Joriy yilning 12-iyul kuni Andijon davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Salima Mirzayeva rahbarligida professor-o‘qituvchilar hamda mustaqil tadqiqotchilar folklor ekspeditsiyasi doirasida Xo‘jaobod va Buloqboshi tumanlarida bo’ldilar.
Ekspeditsiya a’zolari Buloqboshi tumanidagi Shirmonbuloq, Nurzamin, Nayman, Yong‘oqzor mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda Xo‘jaobod tumanidagi Qorabuloq va Oxunboboyev MFYlaridagi ko‘chalarda tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.
Mazkur ekspeditsiya davomida xalq og‘zaki ijodining turli janrlariga oid noyob va qimmatli materiallar yig‘ib olindi. Ushbu namunalar kelgusida ilmiy tadqiqotlar va akademik ishlarda muhim manba sifatida xizmat qiladi.
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Folklor ekspeditsiyasi: Xalq og‘zaki ijodining qimmatli namunalarini yig‘ish
Joriy yilning 12-iyul kuni Andijon davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Salima Mirzayeva rahbarligida professor-o‘qituvchilar hamda mustaqil tadqiqotchilar folklor ekspeditsiyasi doirasida Xo‘jaobod va Buloqboshi tumanlarida bo’ldilar.
Ekspeditsiya a’zolari Buloqboshi tumanidagi Shirmonbuloq, Nurzamin, Nayman, Yong‘oqzor mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda Xo‘jaobod tumanidagi Qorabuloq va Oxunboboyev MFYlaridagi ko‘chalarda tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.
Mazkur ekspeditsiya davomida xalq og‘zaki ijodining turli janrlariga oid noyob va qimmatli materiallar yig‘ib olindi. Ushbu namunalar kelgusida ilmiy tadqiqotlar va akademik ishlarda muhim manba sifatida xizmat qiladi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6😁3🤩3❤🔥2🥰1🆒1 1
📆Bugun 14-iyul, dushanba.
🌏Qorag'at (smorodina) kuni.
🔰1099-yil - Salib yurishlari: Quddus egallandi.
🎞1987-yil 14-iyul - kanadalik kino aktrisa Sara Kanning.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1🤩1 1