Telegram Web Link
Qorqizlar ham milliylashib ketibdi 😅
Tongim bekor ketsa, kun bo’yi ishlarga ulgura olmayman.

Tong yutilsa, kunni yutish osonlashadi.

Umr bilan ham shunday.

Yoshlikda ulgurib qolmaganlar, keyin ham qila olmaydilar.

Buni o’qib kimdur bekorchilikni tashlar.

Kimdur esa afsus qilishi mumkin.

Afsus qiladiganlar uchun eslatma:

O’zR qonunchiligida 31 ga kirmaganlar yosh hisoblanadilar…
Credit:@azizrakhimov_blog

Kuningiz xayrli va samarali o'tsin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qisqa motivatsion film "Qaror"

Qaysi biri siz haqingizda?
🪷Mart – bu bahorning yuragi. Har bir kurtakda yangi umid, har bir shamolda yangilanish nafasi bor. 🌿🪷
Stressni yengishning ajoyib usullari
🌿 Tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazing – qushlarning sayrashi va shamolning mayin shiviri sizni tinchlantiradi.
📖 Sevimli kitobingizga sho‘ng‘ing – kitoblar olamida sayr qilish ruhingizni yengillashtiradi.
Issiq ichimlik iching – choy yoki qahvaning iliqligi qalbingizni ham ilitadi.
🕯 Yorug‘likni pasaytiring va xushbo‘y sham yoqing – muhit osoyishtaligi fikrlaringizni sokinlashtiradi.
🎶 Sevimli musiqangizni tinglang – ohanglar qalbingizga muloyimlik baxsh etsin.
💆‍♀️ Chuqur nafas oling, sekin chiqaring – har bir nafas bilan stressdan xalos bo‘ling.

Hayot shoshilinch emas – sekinlashing, har bir lahzani his eting va undan rohatlaning. 💫
— Azizam, 8 martga senga nima sovg‘a qilay?
— Hmm, bilmaasam...
— Unday bo‘lsa, o‘ylashing uchun yana bir yil muhlat beraman.
🤣

🌷Bayram muborak bo'lsin, aziz ayollar! 🌷
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌞Xayrli yakshanbalar🌞
Barchaga mana shunday maroqli hordiq tilayman! 💫
Hayit muborak, azizlar! 💫
G'or ichidagi sirli dunyo 🏞️

Dunyoning shunday go‘shalari borki, u yerga borgan odam o‘zini ertak ichida yurgandek his qiladi. Shunday joylardan biri Yangin Zelandiyada joylashgan mashhur g'or– Waitomo Glowworm Caves! 🇳🇿🪄

🌌 Sehrli yorug'lik– bu g‘orda minglab yaltiroq qo'ng'izlar yashaydi. Ular qorong‘uda milt-milt yonib, osmon to‘la yulduzlarga o‘xshab ketadi! 💫

🛶 Sokin sayohat – g‘or ichida kichik qayiqlarda suzib, tepadagi yaltirayotgan yorug‘likni tomosha qilish – haqiqiy ertaknamo tajriba deyish mumkin! 🛶🌙

Tabiat mo‘jizasi – bu g‘or million yillar davomida paydo bo'lgan. Uning ichidagi tosh shakllari, suvning jimjit ovozi va tillaqo'ng'izlarning sirli nurlari hamohanglikda tasavvurni zabt etadigan muhit yaratadi! 🔮🌊

Agar tabiatning sehrini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bu joy albatta sayohatlar ro'yxatingizda bo‘lishi kerak! 😉📍
🌦"Aprelning yomg‘irlari mayning gullarini olib keladi." – Ingliz maqoli🌺

🌿 Har bir qiyinchilik – bu yangi imkoniyatning urug‘i. Bugungi sinovlar sizni ertangi gullashga tayyorlayotgan yomg‘irlardir. Sabr qiling, harakat qiling – natija albatta o‘zini ko‘rsatadi. 💫
#bilarmidingiz

Mishelin (michelin) yulduzi – restoran olamining eng yuqori mukofoti

Agar restoran Michelin yulduziga ega bo‘lsa, bu oddiy sertifikat emas, balki oshpazlik san’atidagi eng yuqori mukammallik ramzidir.
Michelin yulduzi nima?
Bu mukofot dastlab 1900-yilda Fransiyada Michelin shinalar kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Odamlarni sayohat qilishga undash va yo‘llardagi eng yaxshi ovqatlanish joylarini tavsiya qilish maqsadida boshlangan bu loyiha bugun butun dunyo restoranlari orzu qiladigan nufuzli reytingga aylandi.
Michelin restoranlarni 1 dan 3 gacha yulduz bilan baholaydi:
1 yulduz – juda yaxshi restoran, o‘z kategoriyasida eng yaxshilaridan biri.
2 yulduz – ajoyib oshpazlik, shu restoranga borish uchun maxsus sayohat qilishga arziydi.
3 yulduz – mislsiz mahorat, bunday restoran uchun istalgan masofani bosib o‘tishga arziydi.
Michelin inspektorlari kimlar?
Bu – maxfiy ravishda restoranlarni baholaydigan mutaxassislar. Ular oddiy mijoz kabi kelishadi, menyuni sinchkovlik bilan o‘rganishadi va tajribalarini hujjatlashtirib, Michelin standartlariga mos kelishini tekshiradilar.
Michelin yulduziga ega bo‘lgan eng noodatiy restoranlar
🍣 Sukiyabashi Jiro (Yaponiya) – 3 yulduzli bu sushi restorani dunyodagi eng yaxshi sushi maskani hisoblanadi. Juda oddiy interyerga ega bo‘lsa ham, bu yerda stol band qilish oylab vaqt oladi.
🥢 Hawker Chan (Singapur) – dunyodagi eng arzon Michelin restoranlaridan biri! U an’anaviy ko‘cha taomlari bilan mashhur va bir porsiya Michelin darajasidagi ovqatni atigi 3 dollarga yeb ko‘rish mumkin.
🔥 Arpège (Fransiya) – bu restoran Michelin yulduziga ega bo‘lgan eng yaxshi vegetarian taomlari bilan mashhur. Go‘shtsiz ham ajoyib ta’mlar yaratish mumkinligini isbotlagan.
Michelin yulduzi restoran olamining eng yuqori mukofoti hisoblanadi va bu yulduzni qo‘lga kiritish – har bir oshpazning orzusi!
🌞 Xayrli tong! 🌿

Har kuni yangi imkoniyat bilan boshlanadi. Agar kecha rejalaringiz amalga oshmagan bo‘lsa, xavotir olmang – bugun ularni qayta yaratish va yangidan boshlash uchun mukammal kun!

Unutmang: qahva ichgan odam dunyoni boshqaradi, ichmagan odam esa... faqat unga qarab turadi. 😆

Bugun ham o‘z orzularingiz sari bir qadam tashlang! 💫
Yaponiya poytaxti Tokioda bir kishi taksi toʻxtatar ekan til bilmasligi tufayli oʻzi bormoqchi boʻlgan institut nomini aytib qoʻya qoldi. Taksi haydovchisi tushundi shekilli, bosh irgʻadi va yapon madaniyatiga xos holda yoʻlovchiga hurmat yuzasidan moshina eshigini ochdi.
Yoʻlga tushishlari bilan taksi haydovchisi hisoblagichni yoqdi, bir muncha vaqt oʻtgach uni oʻchirib qoʻydi va keyin yana yoqdi. Yoʻlovchi hayron boʻldi, lekin til bilmaganligi uchun indamay ketaverdi. Institutga yetib borgach, uni kutib olgan odamga:
- Taksi haydovchisidan nima uchun yoʻlda kelayotganimizda hisoblagichni bir muddat oʻchirib qoʻyganligi sababini soʻrab bilingchi.
Haydovchidan soʻrashganda, u javob berdi:
- Men yoʻlda kelayotib burilish kerak boʻlgan joydan oʻtib ketib qoldim. Qaytib burilish yoʻli 2,5 kmcha edi. Shuning uchun hisoblagichni oʻchirib qoʻydim. Men yoʻlovchidan oʻzimning xatoim sababli ortiqcha yurilgan yoʻl uchun haq ololmayman.

Ruschadan Mirza Anvar tarjimasi
Tongni qanday boshlasangiz — kun ham shunday o‘tadi...
☀️ Derazani oching — yangi kun nafasi bilan yuragingiz ochilsin.
🍃 Bir piyola choy/qahva bilan sokinlikni his eting.
O‘zingizga shunchaki tabassum bering — sabab izlamang, yashayotganingizning o‘zi yetarli.
❤️ Bugun o‘zingizni unutmang. Shirin so‘z, sokin kayfiyat va mehr bilan keling bugunga...
Bu kun sizning kuningiz!
Uni yuragingizga mos ohangda boshlang...

Xayrli kun, barchaga! 💫
Netflix platformasidagi eng ko‘p tomosha qilingan 4 ta serial:

"Squid Game" (1-mavsum)
Janubiy Koreyaning hayot-mamot o‘yinlariga asoslangan dramasi bo‘lib, chiqarilganidan keyin 28 kun ichida 1,650.9 million soat tomosha qilingan.

"Wednesday" (1-mavsum)
"Addams oilasi" qahramoni Wednesday Addams haqida hikoya qiluvchi komediya-horror janridagi serial. Bu serial chiqarilganidan keyin 28 kun ichida 1,237.15 million soat tomosha qilingan.

"Stranger Things" (4-mavsum)
Ilmiy-fantastik va dahshat janridagi ushbu serialning to‘rtinchi mavsumi chiqarilganidan keyin 28 kun ichida 1,352.09 million soat tomosha qilingan.

Squid Game 2-mavsumi
(Labkovskiydan ilhomlanib)

Ko'pchilik farrosh bo'lib ishlashni, pulsiz bo'lishni, farzand ko'rmaslikni, turmush qurolmaslikni muvaffaqiyatsizlik deb hisoblaydi.

Aslida, haqiqiy muvaffaqiyatsizlik bu
Bir umr o'zing nafratlanadigan insonlar bilan yashash
O'zing yomon ko'rgan va nafratlanadigan sohada pul evaziga ishlash
Senga yoqmaydigan, seni yoqtirmaydigan odamlar davrasida bo'lish
Hayotingdan zavq olmaslik
Bolalarni jamiyatda "farzandli" degan nom uchun yoki yoningda erni saqlab qolish uchun ko'paytirish
Shaxsiy hayoting bilan emas, o'zgalarning dedi-dedisi uchun yashash
Sen uchun umuman keraksiz maqsad uchun butun energiyangni va kuchingni sarflash
O'zing yoqtirmagan kofeni ichish, yoqtirmagan joyga borish
O'zingdan, tanangdan nafratlanishing

qolganini esa o'zingiz davom ettirishingiz mumkin....

@Dilorom_Raimxojayeva
2025/06/30 21:36:23
Back to Top
HTML Embed Code: