Telegram Web Link
Konkurs g‘oliblarini aniqladik [jonli efir videosi]

1. Temurbek (random orqali)
2. Aziyzullah (random orqali)
3. Allduham (reaksiyalar orqali)

Qiziqish bildirib ishtirok etgan barchaga rahmat, keyingi konkurslarda omad tilab qolamiz.

G‘oliblarga “Azal muhri” kitobi beriladi. Ulardan @akademsavdo profiliga yozishlarini so‘raymiz.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7🎉5👍4
#IZLAM

📹 Youtube mundarijasi: intervyular

🎬 Bayram Ali

🎬 Furqat Alimardon

🎬 MohiRa

🎬 Suhrob Ziyo

🎬 Sevara Alijonova

🎬 Rahmat Bobojon

🎬 Jaloliddin Sayyid

🎬 Najmiddin Ermatov

🎬 Jumanazar Yoʻldosh

⭐️ IZLAM 2-fasl taqdimot videosi

Tomosha qiling va youtube sahifamizga obuna boʻling.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1👏1
Ushbu haftada nashriyotimiz yangi ofisga koʻchib oʻtmoqda. Shu sababli @akademsavdo profiliga yozilgan xabarlarga biroz kechroq javob berishga majbur boʻlyapmiz. Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
🤝247👍1
Forwarded from Sanjar Nazar
Bu kitoblarni nashr qilganimizdan buyon xayolimda bir fikr aylanib yuraveradi: “Agar yaqin oʻtmishimizda oʻn nafar Gulchehra Nurilloh qizi boʻlganda hozir boshqacha jamiyatda yashayotgan boʻlardik”.

Yaqin tariximizdan oʻz gʻoyasi va tutumiga nihoyatda sodiq boʻlgan, bu yoʻlda fikri oʻzgargan yoʻldoshlari, yoʻldan chalgʻigan yetakchilari, maishiy halovati, xavfsizligidan voz kechib boʻlsa-da davom eta olgan boshqa ziyoli shaxslarni koʻp ham topa olmasak kerak.

Nazarimda Gulchehra opa hatto ijodining ilk davrlarida sheʼriyatidagi ustuvor jihat boʻlishi mumkinligini koʻrsatib bera olgan lirik ruhdan ham voz kecha olgan va gʻoyasi uchun xizmat qilgan ijtimoiy-publitsistik sheʼrlarga koʻproq urgʻu bergan.

Gulchehra Nurilloh qizining uch jildlik kitoblarini oʻqib balki Siz ham bu fikrlarga qoʻshilarsiz yoinki boshqa bir xulosalarga kelarsiz. 28-iyunda shu kitoblarning taqdimoti boʻlyapti. Keling!

Telegram | Instagram | Facebook
👍147🤩2❤‍🔥1🤷‍♂1🔥1🙈1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabz davlat pedagogika instituti kitobxonlar o‘rtasida videoroliklar va fotolavhalar tanlovini o‘tkazmoqda. Sovrinlar orasida 20 ta “Izlam” to‘plami ham bor.

Tanlov haqida batafsil: www.tg-me.com/kitobxonlik_madaniyatii/9

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍43
#yangi_nashr

📘 Jontemir: Qo‘rqinchli odam

she’rlar

Biznikiga o‘xshamagan fikr — erkin fikr. Siznikiga o‘xshamagan she’r — ozod she’r.

Kitobdagi she’rlar boshidan oxiriga qarab qorayib boradi. Bu o‘z ziddiga betoqat, aylanish — tozalanish ekani, tozarish — qo‘rqinchli,
bir-birini takrorlamas fikrli odamlar, ijodkorlar tafakkuriga bog‘liqligini anglamas jamiyat mahsuli.

Yana shuni aytish kerakki, “Qo‘rqinchli odam”dan o‘zingizni izlamang. Zero, kengaytirish uchun tasavvur chegarangizga hujum qilishdan boshqa vazifani gardaniga olmas bu she’rlar.


📖 Fragment va mundarija

Hajmi:
224 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 250 000 so‘m
Xarid: @qorqinchliodam

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😐16🔥87🤷‍♂3🆒1
Rasmdagi parcha qaysi asardan olingan?

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🤷‍♂2👍2
Nazar Eshonqulning «Xaroba shahar surati» hikoyasini o‘qib, ulug‘ nemis yozuvchisi Herman Hessening «Shoir» degan rivoyatini esladim. Bu muallifning hikoyalarini o‘qiganingizda asarning g‘oyasi haqida o‘ylamaysiz, balki uning har so‘zi, har jumlasi sizning vujudingizdan o‘tayotgandek bo‘ladi. Unda xalq taqdiri, inson taqdiri uchun qayg‘urish nihoyatda kuchli. Agar «Jahon novellalari antologiyasi» tuzilsa, men O‘zbekistondan eng avval Nazar Eshonqulning hikoyalarini tavsiya etgan bo‘lardim.

Mahmud Sa’diy

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥73💯3🤷‍♂1👏1🤩1😇1
“Аkademnashr” nashriyoti
Rasmdagi parcha qaysi asardan olingan? 📘 @akademnashr
Yuqoridagi parcha “Mushuklar malikasi Minush” asaridan olingan edi.

Siz ushbu kitobni oʻqiganmisiz? Taassurotlaringizni yozib qoldiring.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩5🍓4👍3🆒31
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1
Kitobxonlarimizga tanish bo‘lgan “Buvamning oshqozonidagi mamlakat”, “O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi”, “Tolqonbotir” kabi kitoblar muallifi, bolalar yozuvchisi Qobiljon Shermatov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Muallifimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz! Yutuqlari bardavom boʻlishiga tilakdoshmiz.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥175👏3🎉3🏆2💯1
Tanqidchi dushman orttiraman, deb qo‘rqsa yoki undagi adolat tuyg‘usidan shafqat tuyg‘usi ustun kelsa, adabiy muhitda hech qachon adolat bo‘lmaydi.

Erkin Vohidov

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯24👍10🔥53
Forwarded from Sanjar Nazar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Turkiyada yozishni bilgan hamma kitob yozadi” (#)

Telegram | Instagram | Facebook
👍23🔥5👏2🗿2😁1
👍👍👍

Qadrdon kitobxonlar!


“Akademnashr” nashriyoti yangi ofisga ko‘chib o‘tdi. Kitoblarni nashriyotning savdo bo‘limiga kelib xarid qilsangiz bo‘ladi.

Manzil: Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, Yakkabog‘ mahalla, 19
Mo‘ljal: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ro‘parasida, Olmazor metro yaqinida.
Telegram geo-joylashuv: www.tg-me.com/Akademnashr/4721

P.S: Agar siz nashriyotimizga avval kelgan bo‘lsangiz, yangi manzilimiz eskisidan atigi 200 metrcha farq qiladi.
P.P.S: Tez orada nashriyotimizning rasmiy do‘koni ham o‘z ish faoliyatini boshlaydi.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20👍192👏21
Yangi nashrga tayyormisiz? 💥

Shu postga 200 ta yurakcha yig‘ilsa, bugun e’lon qilamiz 🙂

(layksevar SMMchimiz uchun 😁)

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
208🔥14🥰7👍5👏1😁1
#yangi_nashr 💥

📘 Ilya Troyanov: Olamlar sohibi


roman

Ushbu roman Richard Frensis Byortonning (1821 – 1890) hayoti va ijodidan ilhomlanib yozilgan. Roman voqealari uning biografiyasi izidan yoshlik yillari tafsilotlarigacha qamrab olsa-da, ba’zan aniq faktlardan butunlay uzoqlashib ketadi. Byortonning ayrim fikr va mulohazalari matnga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, roman qahramonlari va voqealari muallif ijodi mahsuli hisoblanadi va ularga biografik nuqtai nazardan baho berilmasligi joiz. Har bir inson – jumboq, bu, ayniqsa, umringda uchratmagan odam haqida aytilganda mutlaq to‘g‘ri bo‘ladi. Mazkur romanning maqsadi sirni oshkor qilish emas, uni shaxsiy nuqtai nazardan talqin qilishdir.


📖 Fragment va mundarija

Tarjimon: Gulnoz Nabiyeva
Muqova: qattiq
Hajmi
: 432 bet
Narxi: 50 000 so‘m

Xarid: www.tg-me.com/akademsavdo | +998994331677

📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📘 @akademnashr | 👉 akadem•nasr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26🔥8👍5❤‍🔥1🤷‍♂1
Men o‘zga tilda yaxshi bir asarni o‘qiganimda uni boshqalar ham o‘qishini istayman. O‘zbek kitobxonlari ham boshqa mamlakatlarda chiqayotgan adabiy asarlar bilan tanishishlari juda muhim. Tarjima sevimli mashg‘ulot emas, ichki bir zaruratdek. Bunda ishim uchun haq olamanmi, yo‘qmi degan savol turmaydi, meni ko‘proq kitobni kimlar o‘qishi, bu ularning hayotlariga qanday taʼsir ko‘rsatishi qiziqtiradi. (#)

Gulnoz Nabiyeva
Olamlar sohibi”, “Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin” romanlari tarjimoni

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27👍7👏5🔥1🤩1🏆1🤝1🆒1
Troyanov matn ustida ishlash haqidagi savolga shunchaki chiroyli jumla bilan javob qaytarmagan ekan. Matnida musiqa bor edi. Tirik, rostakam yozuvchi bilan suhbat imkoniyatini qo‘ldan boy berganim menga o‘shanda rosa alam qilgan.

Toʻliq oʻqish uchun: www.tg-me.com/SanjarNazar/301
👍93🔥2
“Vatan” jurnalining 2025-yil 2-sonida tarjimon va adabiyotshunos Ahmad Otaboyning “Hech”dagi hech kim” nomli maqolasi e’lon qilindi. Maqolada modernizm, postmodernizm va “Hech” asari haqida ayrim mulohazalar bayon etilgan.

To‘liq maqolani o‘qish uchun: www.tg-me.com/akadem_taqriz/195

📘  @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍54🔥3🤨2
2025/07/12 20:39:44
Back to Top
HTML Embed Code: