Telegram Web Link
Yangi startupni (outsourcing) hidi kelyapti

— Bizneslarni ko’pi AI bilan bog’lanmoqda. O’z yo’nalishingizga AI ni qo’shib qo’yish zarar qilmaydi.

Koreyada ismimni “Ajijbek” deyisharkan 🤣. Hind hamkasblarimdan ismimni eshitganmanku, bunisi oshib tushdi :)

👉 @akh_blog
3,998 subscribers :) Barchaga rahmat!

👉 LINK: youtube.com/@azizbekkhabibullaev

4K dan oshiraylik endi! 🔥
#students #offer

Bugun bollar yondiryapti 🔥
Qo’shaloq xushxabarlar :)

👉 @akh_blog
​​🔥 RS School da sensatsiya bo'ladiganga o'xshaydi

Xabaringiz bor, RS School ga Sentabrda bilimimni tekshirib olish va qayta-takrorlab olish uchun "JavaScript/Front-end — 7 oylik" trainingiga ro'yhatdan o'tgan edim. Ro'yhatdan o'tganlar soni dunyo bo'yicha 1000+. Agar experienced dasturchi bo'lsangiz haftasiga 2-3 soat ajratsangiz loyihalar va tasklarni bemalol tugatsangiz bo'lar ekan.

Xo'sh voqealar rivoji qanday kechmoqda. Deyarli barcha loyihalar va tasklar maksimal ball bilan topshirildi, faqatgina bitta task qoldi, shu bilan dastur o'z nihoyasiga yetadi. Hozirgacha yetib kelgan dasturchilar soni 57 ta!

🎯 Natijalarim:
HTML — 100/100
Git/Github — 100/100
CSS — 100/100
CV — 100/100
JavaScript Fundamentals — 100/100
Codewars Algorithms — 100/100
JavaScript DOM — 100/100
Book Shop App — 100/100
AWD — 100/100
Online Zoo Project — 100/100

JavaScript OOP — 100/100
Webpack/Async/NPM — 100/100
Async Race Project — 100/100
API — 100/100
Software Design Patterns/Principles — 100/100
TypeScript — 100/100
News Project — 100/100
Unit testing — 100/100

Project Management App (Angular) — in progress...

1 - Technical Interview — 100/100
2 - Technical Interview — 100/100 (Middle Software Engineer pozitsiyasini berishdi)

👉 @akh_blog
Qanday qilib RS School ning "JavaScript/Front-end" yo'nalishini maksimal ball bilan muvaffaqiyatli tugatish va "Job offer" olish bo'yicha YouTube ga kontent tayyorlashimni xohlasangiz, "🔥" sonini 150 tadan oshiring va men yaqin kunlar ichida bu bo'yicha kontent chiqaraman.
Va nihoyat. O’sha intervyu uyushtirildi!

OpenAI bosh direktori, GPT-4, ChatGPT, DALL-E, Codex va insoniyat sivilizatsiyasini o‘zgartiruvchi boshqa aql bovar qilmaydigan AI tizimlarining yaratuvchisi Sam Altman bilan suhbat uyushtirildi!

Bu haqiqatan ham qiziqarli, murakkab va ko'zni ochuvchi suhbat bo’libdi.

LINK: https://youtu.be/L_Guz73e6fw

👉 @akh_blog
​​​​#update #process

Qo’shimcha ravishda mentorlik qilishni 1 yil oldin to’xtatgandim, lekin baribir yana davom etadiganga o’xshayman ya’ni xalqaro mentor sifatida.

EPAM kompaniyasiga tegishli strong junior dasturchilarni yetishtirib chiqaradigan Rolling Scopes School ga Frontend mentor sifatida qo’shilishim uchun Invitation keldi. Bu part-time.

Undan tashqari remote ishdan office ga (stable job) ham qaytadigan ko’rinaman. 1 oy ichida 5 ta job interview, 4 ta offer. Yana bittasi iyunda bo’ladi. Keyin manfaatlisini tanlaymiz. Eng qizig’i shundaki, O’zbekistondagi xalqaro kompaniyalar ichida middle/middle+ ga to’lanadigan ish haqini junior ga to’laydiganini ko’rganim bo’ldi. Bu shunchaki wow!

YouTube ga tez orada yangi kontentlar ham joylanishni boshlaydi. Faqat ozroq ishlarimni yakunlab olishim kerak. Buyog’iga to’xtatmaymiz 🔥

👉 @akh_blog
#students #offer

Har ishning o'z vaqti bor: gul vaqti kelmay ochilmas, quyosh fursati to'lmay chiqmas. Kut! Senga tegishligi albatta senga keladi!

Bosinglar, guys! Bu hali boshlanishi💪

👉 @akh_blog
​​#recruiting

Ishga topshirganingizdan so'ng, agar sizning nomzodingiz ko'rib chiqilib, ish vakansiyasiga mos kelsa -> sizni Ishga olish jarayoniga taklif qilishadi. Va bu qanday jarayonlarni o'z ichiga olishi haqida ko'rib chiqamiz

👉 @akh_blog
​​#recruiting #hr

🔐 HR Interview — IT-kompaniyalarda HR intervyularini yorvorish

— IT kompaniyalarida HR intervyulariga tayyorgarlik ko'rmoqdamisiz? Muvaffaqiyatga erishishga yordam beradigan ba'zi muhim maslahatlar:

1️⃣ Puxta tayyorgarlik ko'ring: kompaniyani o'rganing, uning qadriyadi, maqsadlari, vakansiya infosi bilan yaxshilab tanishing va shunga mos ravishda o'z mahoratingizni moslang.

2️⃣ Texnik bilimlaringizni namoyish eting: tajribangiz, bajargan loyihalaringiz va yangi texnologiyalarga moslashish qobiliyatingizni aytib o'ting.

3️⃣ Soft skills ko'nikmalaringizni ta'kidlab o'ting: Jamoada ishlash, tez chiqishib ketish, muammolarni hal qilish va muloqot qobiliyatlaringiznini ta'kidlab o'ting.

4️⃣ Behavioral savollarga tayyor turing: bu bo'yicha google ga "common behavioral questions" deb qidirsangiz savollar chiqib beradi.

5️⃣ Aniq va sizni qiziqtiradigan kompaniya haqidagi savollar bering: Kompaniyaning kelajakdagi rejalari va kareera ko'tarilishi, qanday imkoniyatlar borligiga qiziqish bildiring.

🔥Menga shu paytgacha eng ko'p takrorlanib beriladigan HR interviewdagi savollar:
1
) Har doim 1-savol shu: O'zingizni tanishtiring?
2) Tajribangiz, oldingi qilgan loyihalaringiz haqida gapirib bering?
3) Stackingiz? Ishlaydigan texnalogiya, dasturlash tili va tool laringizni sanab bera olasizmi? Misol uchun men React dasturchisiman, u so'radi: "Kompaniyaga kirsangiz loyiha Angularda qilishga to'g'ri kelsa, Angular stack da ham ishlab ketasizmi?" — Mening javobim "Ha!, albatta. Bu mening dasturchi sifatidagi imkoniyatlarimni kengaytiradi va bu mening o'sishimni ta'minlaydi"
4) Ustunliklaringizni sanab bera olasizmi?
5) Kamchiliklaringiz nichi? — shu savol "tricky, hisoblanadi. Uyalmasdan ochiqchasiga sanab yubormang!!! Kamchilingizni gapirayotganda ham uni ustunligingiz sifatida ko'rsatishga harakat qiling"
6) Siz orzu qilgan ish joyi qanday bo'lishini xohlaysiz? (dream job/company)
7) Siz shaxsiy rivojlanishingiz uchun qanday materiallardan foydalanasiz? (videodars/kitob/dokumentatsiya).
...

— HR interview lar deyarli qiyinchilik tug'dirmaydi. Lekin bu bosqichda ham yiqilishingiz mumkin. Ishoning, xohlagan interview dan o'tish uchun yagona yo'l bu — "Interview ga oldindan yetarlicha tayyorgarlik ko'rish"

Keyingi post -> kam uchrab turadigan Coding Technical Interview haqida bo'ladi :)

👉 @akh_blog
​​🤷‍♂️ EPAM kompaniyasida Intern/Junior lar uchun vaziyat qanday?

2019-yilda O'zbekistonga kirib kelgan katta IT kompaniyalardan biri EPAM davlatimizdagi ko'plab dasturchilarni o'ziga rom etdi va juda katta sig'imda dasturchilarni ishga olishni boshladi. Shu vaqtgacha bu kompaniya juda ko'plab, IT sohasida kurslarni bitirgan yosharni avvaliga to'g'ridan to'g'ri junior sifatida olishni boshladi. Vaqtlar o'tib, to'g'ridan-to'g'ri junior sifatida olishni to'xtatib, intern orqali, undan so'ng, maxsus training ni bitirgan talabalarni intern labiga undan so'ng junior sifatida olishga harkat qildi.

🔻 Xo'sh, hozir Junior lar uchun u yerda vaziyat qanday?
— Shaxsiy fikrimga ko'ra, yaxshi holatda emas. Xatto intern lab da ishlab kelgan 6 oy dan oshgan dasturchilariga Junior sifatida loyiha topib berish yoki Junior pozitsiyasiga o'tkazishga pauza ushlab turipti.

🤔 Bu nimadan bo'lishi mumkin? Buning sabablari ko'p. Lekin eng asosiy sabab sifatida, ishchilari soni ko'payib ketganligi deb baholamoqdaman.

📊 Dalil bormi?
— Rasmga e'tibor beradigan bo'lsangiz, bir chiroyli stable holatda ishchilarini ko'paytirib borayotgan kompaniya 2020-2021 yilga o'tishdagi yilning o'zida kompaniyaga yangi 17,656 ta, foizda esa +42,89% yangi ishchini oladi. Albatta bu payt bozor ancha o'sgan edi va dasturchilarga talab, keskin ravishda oshib ketgan edi. Lekin 2022-2023 yilga o'tishda esa bor yo'g'i 476 ta, foizda esa 0.81% ga oshganini ko'rishingiz mumkin. Bundan ko'rinadiki, kompaniya yana qayta ishchilarni stable ko'paytirishiga erishishi uchun bir necha yil yoki optimal yechim bilan bundan oz fursatda erishishi ham mumkin.

Bu fikrlarim asosan js yo'nalishidagi (frontend, backend) dasturchilar uchun. Qolgan yo'nalishlardagi holat bo'yicha ma'lumotga ega emasman.

— Keyingi gaplashadigan kompaniyamiz yana bir O'zbekistondagi xalqaro kompaniyalardan biri bo'ladi. Ulashish esingizdan chiqmasin :)

👉 @akh_blog
​​#technical #coding #interview

👨‍💻 Coding Technical Interview

Yokida boshqacha nomi "live-coding" deb ataluvchi bu interview da sizga kod yozib bir muammoni yechib berishingiz so'raladi. Lekin bu barcha kompaniyada turlicha bo'ladi. Bugun eng ko'p tarqalgan 2 ta turi haqida gaplashamiz:

— 1) Codewars, leetcode kabi platformalarda berilgan algoritmlar bo'yicha sizning o'z dasturlash tilingizda yechishingiz kerak bo'lgan masalalar beriladi. Interview davomiyligi o'rtacha 45-90 min gacha bo'ladi. Bunday coding interview turida 2-5 tagacha masala berilishi mumkin.
Misol uchun: "a-rasmda berilgan"

— 2) Bu turda faqqatgina 1 ta masala beriladi, bu tur 1-sidan farq qiladi. ya'ni 1-turda sizning algoritmik bilimingiz va muammoni tez hal qilish qobiliyatingiz tekshiriladi. Bu turda esa sizning loyihada duch kelishingiz mumkin bo'lgan loyiha asosidagi task beriladi. Bunda o'z stackingiz (React/Angular/Vue/Nodejs) bo'yicha bajarishingiz kerak. Interviewer sizga bu taskni tushuntirish uchun 10-15 daqiqa sarflaydi. Interview davomiyligi o'rtacha 45-90 min gacha bo'ladi.
Misol uchun: "b-rasmda berilgan"

— 3) Qolgan turlari kompaniyaning recruiting jarayonlariga bo'g'liq bo'ladi.

Junior, middle, senior pozitsiyalarida bu coding technical interview da qanday darajadi savollar berilishi mumkinligi haqida "interview haqida boshlang'ich" bilimlarni o'zlashtirib olganimizdan so'ng ichiga kirishga harakat qilamiz.

Keyingi post "Theory Technical Interview" haqida bo'ladi :)

👉 @akh_blog
#students #offer

15 yosh bo’lib ham dasturchi sifatida ishga kirishim mumkinmi? — Ha!🔥

👉 @akh_blog
😎 Rasmingiz iloji boricha professional ko'rinsin!

Linkedin yoki shunga o'xshash ish beruvchi, klient yoki recruiter bilan aloqaga chiqishingiz mumkin bo'lgan ijtimoiy tarmoq yoki hujjatlarga qo'ymoqchi bo'lgan shaxsiy rasmingiz qanday darajadaligini bilmoqchi bo'lsangiz quyidagi saytni tavsiya qilaman — https://photofeeler.com/

Mutlaqo tekin, eng muhimi AI ya'ni sun'iy intellekt sizga baho bermaydi, haqiqiy insonlar sizning rasmingizga baho beradi. Ovozlar tezroq berilishini xohlasangiz siz ham boshqalarning rasmlarga ovoz berishingiz kerak bo'ladi. Rasmlar katalogi Business/Social/Dating ga bo'linadi.

Yuqorida Social bo'limida o'z rasmimni baholatdim, 302 ta ovoz, O'ziga ishonch: 9.2/10, Haqiqiyligi: 7/10, Zavqliligi: 5.9/10. Demak, bu rasmdan foydalansam bo'ladi :)

👉 @akh_blog
2025/07/04 20:19:05
Back to Top
HTML Embed Code: