Telegram Web Link
Channel created
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯ YONISH yonmoq kerak!

O'zgarishni istasang yuraging olovday yonib tursin. Buyuk ish qilish istagi, odamlarga va olamga yaxshilik qilish istagida yonib tursin.

Temir QIZIGANDAGINA sen istagan shaklga kiradi!

Nimalar seni ichingda gulxan paydo qiladi? Qaysi maqsadlaring, orzularing seni uxlashga majbur qilmaydi?

Shulardan boshla! Hoziroq boshla!

πŸ‘‰ www.tg-me.com/akh_blog
πŸ’―5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌊 SUVga aylan!

Suv har qanday sharoitga moslasha oladi. Demak, suvdek bo'lish kerak.

πŸ‘‰ www.tg-me.com/akh_blog
πŸ§Ÿβ€β™‚οΈ SOXTALIK ta'siri


Shamollab qolishning eng oson yo'li nima? - Shamollagan insonning oldida bo'lish tog'rimi?

Salbiy fikrlar uyg'otishning eng oson yo'li nima? - Salbiy fikrlaydigan odamlar bilan yurish!

SOXTA do'stlar soyaga o'xshaydi. Ular QUYOSHLI kunlaringda oldingda bo'lishadi. Ammo hayotingda qorong'u tushganda, yo'qolib qolishadi. Aytmoqchimanki, kunduzi soxta do'st bilan yurgandan ko'ra, KECHASI bir o'zing yurganing yaxshiroq. Soxta do'st sening qo'lingdan tutganidan ko'ra, DUSHMAN zarbasiga uchraganing yaxshiroq.

OPRAH aytadi: Limuzining bo'lsa hamma sen bilan yurishni istaydi, AMMO limuzin buzilsachi? Kim yo'lni SEN bilan davom etadi? Kim YUKLARINGGA qarashib yuboradi?


πŸ‘‰ www.tg-me.com/akh_blog
πŸ‘11
πŸƒβ€β™‚ HOZIROQ boshla

Hech qanday motivatsion rolik yoki so'zlar sizni o'rningizdan turg'azib harakat qildirish kuchiga qodir emas, qachonchi o'zingiz qarzga botib va yeyishga hech narsangiz qolmaganida motivatsiyaning haqiqiy ahamiyatini tushinib harakat qilishni boshlaysiz.

Bu ahvolga tushmaslik uchun hoziroq harakatni boshlang va minimal imkoniyatlaringizdan maksimal darajada foydalaning.

πŸ‘‰ www.tg-me.com/akh_blog
πŸ‘8❀2
πŸ‘© Onamni qanday ROZI qilaman?


Yong'oqday bo'lib qornida olam azob bersamda, "bolam" deb quvongan ONAMNI qanday rozi qilaman?

Eng og'ir azob bilan ikki dunyo orasida meni dunyoga keltirib, birgina yig'im bilan BAXTLI bo'lgan Onamni qanday rozi qilaman?

Shirin uyqusini men deb unutgan, kasal bo'lsam yuragiga DUNYOLAR sig'magan Onamni qanday rozi qilaman?

Allasida menga zafar tilagan, eng jirkanch holimdan ham JIRKANMAGAN, meni deb sog'lig'i-yu, yoshligini qurbon qilgan Onamni qanday rozi qilaman?

Shuncha xafa qilsamda meni DUO qiladigan, "qayda yuribsan bolam" deb qayg'uradigan Onamni qanday rozi qilaman?

Bilaman, Ona, nima qilsamda birgina o'tkazgan BEDOR tuningizu, bergan oq sutingiz haqqini ado etolmayman.

Onajon, shunday INSON bo'layki, haqqingizga DUOLAR keltiray, shunday farzand bo'layki men deb kechgan orzularingiz RO'YOBGA CHIQARAY!


πŸ”»Onajonlarimizga yuboramiz:
πŸ‘‰ www.tg-me.com/akh_blog
❀5πŸ‘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ˜” Ba'zan zarba olamiz, yiqilamiz, og'riq bizni qiynashga va yig'lashga majbur qiladi va xatto, turishga harakat qilsak ham ba'zan tura olmaymiz.

Ana shunday paytlar bizning asli kim ekanimizni va hayotda nima uchun tug'ilganimiz va nimaga erishish uchun kurashayotganimizni anglatadi.

Yiqilsang tur, yana yiqilsang yana bir bor tur, cheksiz davom ettir, lekin hech qachon yiqilib to'xtab qolma..

πŸ‘‰ www.tg-me.com/akh_blog
⚑5
2025/07/10 11:26:28
Back to Top
HTML Embed Code: