Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😎 MAQSADNI katta qo'yish kerak

Quyoshni mo'ljallasang oyga albatta yetasan... 👆

👉 @akh_blog
3🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧦 Mitti ORZU

Har bir insonning o'z orzusi bor!

У каждого человека, есть свой порог счастья!

👉 @akh_blog
2👍2
🤠 Warren Baffetning 5/25 QOIDASI 👆

👉 @akh_blog
👍2
​​🛍 Televideniya YOKI Ijtimoiy tarmoq ?

Hozirgi kunda Ijtimoiy Tarmoqlar(Social Medias) biror bir mahsulotni tanitish yoki u mahsulot uchun kerakli auditoriyani shakllantirishda televideniyadan o'tib ketish darajasi ancha yuqori. Nega manaman degan o'sha sen orzu qilgan Tesla yoki Merc laring televideniyada kamdan-kam holatda reklama bermoqda. Javob oddiy, badavlat insonlarning aksariyati televizor qarshisida o'z vaqtini bekorga sarflashdan ko'ra, ko'proq kitob o'qiydi, o'z ustida ishlaydi va aytaylik, hech bo'lmasa kuniga 5-6 marta o'z ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini tekshirib qo'yadi. Shu payt SMM chilar o'z reklamalari bilan shu kishilarning e'tiborini jalb qiladi. Chunki ular biladi, televizor qarshida yotib ko'ruvchi shaxs Merc ni olmasligini va shuning uchun ular bunday insonlarni Ijtimoiy tarmoqlarda o'z qarmog'iga ilintirib katta showroom (prezentatsiya ko'rsatadigan zall) larda o'z mahsulotlarini jonli tarzda namoyish etadilar.

📺 Shunaqa gaplar birodar, sen ham kamroq televizor qarshisida bo'l, unutma dushmanlaring ochlarcha vaqtidan unumli foydalanmoqda.

👉 @akh_blog
🆒1
🤔 IJOBIY narsalarni oʻyla

Hayotingda ijobiy narsalarga ahamiyat qaratganing sari ijobiy ishlaring va muvaffaqiyating ziyodalashadi. Salbiy narsalar haqida oʻylamaslikka harakat qil, aks holda muvaffaqiyatsizlik va qoqilishga duch kelasan. Chunki muvaffaqiyat haqida oʻylagan kishi u tomon harakat qila boshlaydi.

Muvaffaqiyat tushunchasi boʻlmagan hayot ichida yashaydigan kishi esa, hech shubhasiz, magʻlubiyatga uchraydi.

© Shayx Oiz al-Qarniy hafizahulloh fikrlari asosida

👉 @akh_blog
4
🕜 TAJRIBA uchun

Boylar pul uchun ishlamaydilar. Boylar bilim va tajriba uchun ishlaydilar.

Shunda pulning o'zi boylar uchun ishlab berishga majbur bo'ladi.

©️ R. Kiyosakining fikrlari asosida

👉 @akh_blog
🆒1
👆 Nega bizda gaz, tok yo'q va INTERNET sekin ishlaydi, buning sababi, "barchamizning foydamiz" uchun ekan. 🤔

👉 @akh_blog
😢3
​​😎 GARVARD cha ruhlantirish

- Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda koʻrasan. Agar uyquning oʻrniga oʻqishni tanlasang, orzularingni hayotda koʻrasan.

- Qachonki sen hammasiga juda kech boʻldi, deb oʻylasang, aslida hali erta boʻladi.

- Oʻqish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.

- Oʻqish — bu vaqt sarflash emas. Oʻqish — harakat qilish.

- Hayot faqat oʻqishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib oʻta olmasang, nimaga ham qodir boʻla olarding?

- Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.

- Kimki hammasini erta qilsa, oʻzining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.

- Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat oʻz ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.

- Vaqt uchadi. Hozirgi soʻlaging ertaga koʻz yoshi boʻladi.

- Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur boʻlasan.

- Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.

- Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.

- Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.

- Hozir hattoki dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.

- Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib boʻlmaydi.

👉 @akh_blog
2
​​ UYLANISHGA qizni qayerdan qidiray

Men uchta joyni bilaman:

O'quv markazlari: Universitet va kollejlardan farqi o'quv markazlarida o'qish majburiy emas, yaxshi o'qish ayniqsa. Ingliz , arab tili, matematika fanidan o'quv markazlariga borib qiz qidirasan. Soat 17.00 eng zo'r va odam ko'p keladigan payt. Как раз o'qituvchisidan qanday o'qishini surishtirib olsang ham bo'ladi

Kutubxona, Alisher Navoi kutubxonasi: Soat 2 dan keyingi paytlarda ilmga chanqoq yoshlar bilan gavjum bo'ladi. U yerda qiz bolani kitob o'qishga nima majbur qiladi? To'g'ri internet yoki smartfon yo'qligi. Uzoq vaqt davomida kuzatish uchun ham zo'r joy.

Ayol kishilar uchun namozxonasi bor masjidlar (Misol uchun: Hazrati imom va ayniqsa Minor masjidi). Asrdan shomgacha bo'lgan payt - hozirda 15.15dan 17.00 ga to'g'ri keladi. Namozini qazo qilishdan qo'rqadigan qizdan yomonlik chiqmaydi(Bundaylar kam hozir).

Ko'rinishi yoqgan qizni ko'rib qolding, nima qilish kerak? Yonida dugonasi bo'lsa undan qizning onasini raqamini so'raysan. Agar dugonasi bo'lmasa, yo'lda bitta boshqa qizni to'xtatib yordam so'raysan(ya'ni seni o'rningga raqamni bilib beradi). 100 ta holatdan 99 tasida odamlar yordam berishga harakat qilishadi.
O'zi shunday vaziyatlar uchun bir ayol kishi qarindoshingni olib chiqsang ishing yanada osonroq kechishi mumkin.

©️ Aziz Rakhimov fikrlari asosida

👉 @akh_blog
3👍3
​​🧘‍♂ SOKIN tarzda o'zini himoyalash

Yoshi ulg‘ayib qolgan jang san’ati ustasi qaytib maydonga tushmaslikka qaror qildi. Biroq bir kuni yosh, manman polvon uni olishuvga chorladi. Usta bunga e’tibor bermay, jim o‘tiraverdi. Yosh jangchi endi uni masxaralashga, ajdodlarini haqoratlashga tushdi. Ammo bu ham natija bermadi.

Oxir-oqibat yosh polvonning hafsalasi pir bo‘lib, indamay qoldi.

Ustozning shogirdlari uning xatti-harakatidan hayron qolishdi, ayrimlari esa ta’na ham qilishdi:

– Nahot sizga o‘zingizning yoki ajdodlaringizning sha’ni qadrli bo‘lmasa?!

Ustoz bu savolga savol bilan javob berdi:

– Agar sizga biror narsa sovg‘a qilishsa-yu, uni olmasangiz, hadya kimda qoladi?

– Egasining o‘zida qoladi-da! – deyishdi ular.

👆 Поэтому hasad, g‘azab va nafrat ham xuddi shunday. Agar biz uni qabul qilmasak, u o‘z EGASIDA QOLADI.

👉 @akh_blog
👍21🆒1
​​ Muvaffaqiyatning ASL SIRI
Hech qanday sir yo'q

Boy, muvaffaqiyatli bo'lishning sirini so'rash xuddi baland bo'yning sirlarini so'rashga o'xshaydi. Ha to'g'ri, sog'lom ovqatlanish, sport bilan shug'ullanish tana uzunligiga ijobiy ta'sir qiladi, og'ir ko'tarish, yoshlikdagi kasalliklar esa salbiy, lekin bo'ying taxminan qanday bo'lishi 100% holatda sen tug'ilguningcha hal qilinib bo'lingan (dnk molekulalaring tomonidan).

Muvaffaqiyatning eng katta siri bu to'g'ri oila va muhitda tug'ilish, bunga esa sen hech qanday ta'sir o'tkaza olmaysan. Ota-ona (tog'a, buva)ning har bir gapi, maktabdagi o'qituvchining nasihati bolaning kelajagi qanday bo'lishini 18 yoshiga yetmasdan bildirib qo'yadi. Katta bo'lganda odam bu narsalarni eslay olmaydi, yoki e'tibor bermaydi.

Eng boy va muvaffaqiyatli odamlar bu sirni hech qachon aytishmaydi. Chunki buni o'zlari ham sezishmaydi. Ular hayotlaridagi omadli daqiqalarni ko'rmay, natijalarini qilgan mehnatlari mahsuli deb o'ylashadi. Xuddi shu odamlarning tug'ilish vaqti, joyi, jinsi, ota-onasi boshqa bo'lganda ularning 99%ni tanimagan bo'lardik.

Bu borada Uorren Baffetning maslahatchisi milliarder Charli Munger haqiqatni ayta olgan: Undan muvaffaqiyatga erishish sirini so'rashganda
"-Bilmadim, bu hayotda deyarli hamma narsa tasodif, hamma narsa omadga bog'liq, lekin shu omadni ushlab qola olish uchun ham ko'p o'qish kerak" deb javob bergan.

Iye ana Stiv Jobs, Bill Geyts, Ilon Masklar o'z kuchi bilan boy bo'ldiku deb og'zimni yopishga urinma. Avvalambor ularning biografiyasini o'qib chiq va so'zlarim isbotiga amin bo'l. Bill Geytsning omadi juda qattiq kelgan. Bu haqida ham kitob bor.

✍️ Xulosalar:
1. Inson uni muvaffaqiyat qayerda kutayotganini bilmaydi. Deyarli hammasi omadga bog'liq. Omad ko'pincha imkoniyat ko'rinishida keladi. Katta imkoniyat kelganda dovdirab qolmaslik uchun ham inson o'zini aqlliroq qilib borishi kerak. Buning uchun esa birinchi qadam ko'p kitob o'qish.

2. Hammasiga o'zi erishganini takidlab keladigan tadbirkorlar o'zining ilk pullarini qanday topganliklarni aytishdan qochadi, sababi - bu pullarning kelishida ularning ishtiroki bo'lmagan.

3. Muvaffaqiyatli bo'lish haqida o'ylagandan ko'ra, aqlliroq bo'lish haqida o'ylayverish kerak, chunki birinchisi uchun omad kerak, ikkinchisiga esa shart emas. Omadni Alloh beradi. Insonning loyiq yoki noloyiqligi bu ikkinchi masala. Sen o'z kontrolingdagi narsa ya'ni aqling, biliming haqida qayg'ur. Omad haqida qayg'urish depressiyaga olib keladi.

4. Treninglarga va kurslarga borish, shogird tushish, maqsadlar qo'yish imkoniyatlarningni oshiradi, lekin ularning effekti xuddi bo'y o'stirish uchun suzishga borish kabi bo'ladi.

©️ Aziz Rakhimov fikrlari asosida

👉 @akh_blog
2
​​📗 KELGUSI yilni eng yaxshi yil qilishingizga yordam beradigan 3 TA KITOB


📕 Clean Mind, Clean Body - Toza aql, toza tan

Jismoniy, ruhiy va ma'naviy o'zini o'zi parvarish qilishning 28 kunlik rejasi


📗 101 Ways to Be Less Stressed - Kam stressli bo'lishning 101 usuli

Aqlingizni, kayfiyatingizni va ruhiy salomatligingizni kuchaytirish uchun oddiy o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish strategiyalari


📘 We the Possibility - Biz bu imkoniyat

Bizning dolzarb muammolarimizni hal qilish uchun davlat tadbirkorligini jalb qilish

👉 @akh_blog
1🆒1
❤️ Asl SEVGI

O'sha insonga qaraganingda ich-ichingdan paydo bo'ladigan, uning qarshisida tura olmasliging va u bilan birga bir umr yashashni istashliging, har bir nafasda, har bir onda uning jilmayishi va ko'zlarining tub-tubida turgan asl dunyoni ko'ra olishing, bu SEVGI.

👆 Yuqoridagi videodan zavqlan, hayot to'siqlari va asl muhabbat aslida nima ekanligi o'zida tasvirlab bergan rolik.

👉 @akh_blog
2
🤐 QO'LINGDAN kelsa

Kimnidir muhokama qilishdan avval u kiygan oyoq kiyimni kiy. U bosib o'tgan yo'lni sen ham bosib o't. Har bir qoqilgan toshiga sen ham qoqil. Chekkan mashaqqatlarini, ko'z yoshlarini o'zingda his et. Shundan so'nggina muhokama qilish haqida o'ylab ko'r.

👉 @akh_blog
2
​​💰 Nega O'ZIMIZNI aldaymiz?

Biron narsaga erishish uchun bir nimadan kechish kerak. Ko'pchiligimiz go'zal va buyuk orzular haqida o'ylaymiz: zamonaviy uy, mashina, oxirgi urfdagi telefon i bla-bla. Lekin ungacha bo'lgan mashaqqat va tinimsiz mehnat haqida unutib yana o'sha kechqurun "ko'rpani tagiga" kirib olib tushimizda ko'rib yotaveramiz.

Bir o'ylab ko'ring, bu narsalarga erishish uchun albatta bilim va tajriba kerak. Uni olish uchun esa yo'llar ko'p turli xil til kurslariga, zamonaviy kasblar, o'zingizning sohangiz bo'yicha tajriba oshirish. Lekin buning uchun ko'p hollarda pul kerak bo'ladi. Lekin, bu BAHONA.

Nega deysizmi? Turli xil ziyofatlarga borishga, o'yin kulguga, oxirgi rusumdagi telefonni olishga va "YALLO" qilishga unda pulni qayerdan topasiz? "Ha, endi u 3 oyda bir marta borarman, o'sha ziyofatiga" dersiz. Men ko'p aytaman: "Bahonachida har doim bahona tayyor".

Agar siz chin dildan qiziqib harakat qiladigan bo'lsangiz, hamma narsa topiladi. Eng qizig'i shundaki, agar hozir siz o'zingizni qimmatbaho kiyinishdan, telefondan va har xil ziyofatlardan qochib o'z ustingizda ishlasangiz 2-3 yildan so'ng, o'sha ziyofatlar, qimmatbaho mashina-yu "uchastka" larni o'zi sizning oldingizda tanlovga qo'yiladi va chertib-chertib egalik qilaverasiz.

Eng yaxshi investitsiya bu men uchun - bilimga va sportga tikilgan mablag'dir.

👉 @akh_blog
1
​​ERTAGA, 365 betlik kitobning birinchi bo'sh sahifasi. Birinchi qadamni shunday dadil tashlangki, har bir kuningiz uchun KURASHING!

Ufqda yangi yil bo'lganida, siz uni ochiq qalb bilan qabul qilishingizni va ishonch, umid va jasorat bilan oldinga borishingizni tilayman.

❤️ Kelayotgan bu yil sizga kulgi va quvonch, baxt va muvaffaqiyat keltirsin. Alloh sizga baraka bersin. Yangi yilingiz bilan!

👉 @akh_blog
1
​​🌙 KUNDALIK miya fikrlarni saqlash emas, yaratish uchun.

Inson sifatida bizning eng katta xatoimiz bu o'z miyamizga juda ko'p ishonib yuborishimizdir. Yoshlikdagi yoki 6 oy avvalgi rasmingni topib ko'rinishing qanday bo'lganini bilishing mumkin, lekin qanday fikrlaganingni bila olasanmi? Yo'q, agar yozib yurmagan bo'lsang.

Men boshlaganimga hech qachon afsuslanmaydigan va kelajakda hech qachon tashlamaydigan bir odatim bor. Bu kundalik yozib borish (journalling).

Bugun sen bilan 2020 yilgi kundaligim statistikasini bo'lishmoqchiman.

2020 yilda 1700 ta note (qayd, eslatma) yozdim, bu kuniga 3-4 ta degani. Nima haqida yozaman? Hamma narsa haqida:

-Hayolimga kelib qolgan idealar (200) - bir nechtasi birlashtirilib keyinchalik ajoyib proyektlarga sabab bo'ladi

-O'xshamagan ishlarim va xatolar (44) - o'z kamchiliklarim ustida ishlashga yordam beradi

-Aqqli insonlarning maslahatlari (250) - rivojlanish uchun

-Allohdan so'ragan duolarim (44) - chunki 1 yil oldin so'ragan hamma narsamga yetishibmanu lekin so'raganimni unutibman)

-Ota onamning yaxshiliklari (106) - men uchun qiladigan ko'pgina ishlari oddiy holdek bo'lib qolgani uchun o'zimga eslatib turishim kerak

-Vaqtimni isrof qilgan narsalar (insonlar, voqealar) - keyinchalik shulardan uzoq yurish uchun

-Hayotimdan hikoyalar (220) - gaplashishga mavzu bo'lmaganda eslab, gapirib berish uchun

-O'lim jurnali (32) - qarindoshlar, tanigan insonlarim, mashhurlar vafot etganda to'ldirib boriladi, hayotdagi maqsadimdan og'ib ketmasligim uchun (bu yil 32ta odam vafot etibdi)

-Dream journal (110) - ko'rgan tushlarim

-Ish jarayoniga oid qaydlar (100)

Natija: Hamma narsani yozib borganim uchun 2020 - yilning istalgan kunida nima ish bilan mashg'ul bo'lganim va nima o'rganganimni bilaman. O'zimni xuddi tashqaridan kuzatayotgandek his o'tadi, yutuq va kamchiliklar yaqqol ko'rinadi. Miyam bo'sh turgani uchun fikr yuritishim teranroq bo'ladi.


Umuman kundalik tutishning foydalari ko'p. Boshqa barcha transformatsiyalarim shundan boshlangan. Mana shu blog ham.

©️ Aziz Rakhimov fikrlari asosida

👉 @akh_blog
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤓 BUTUN HAYOTINGNI taftish qilishga undaydigan nutq.

Stive Jobs dan unutilmas so'zlar. (o'zbek tilida)

👉 @akh_blog
🤨 KECHISH kerak

Biron nimaga erishish uchun shu narsaga to'sqinlik qilayotgan narsadan bir muddatga kechish kerak, keyinchalik xohlagan vaqtda olish uchun.

Siz uxlab orzularingizni tushungizda qurayotganingizda dushmanlaringiz ochlarcha harakat qilayotganini unutmang.

👉 @akh_blog
1
2025/07/08 22:24:02
Back to Top
HTML Embed Code: