Telegram Web Link
⚡️ Afg'on shamolini ham ko'rdik, Surxon yomg'irini ham ko'rdik, Sherobod yoshlari bilan ham uchrashdik.

🔷 Tumandagi 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida 60 dan ortiq yoshlar murojaatlari tinglandi. Asosiy muammo o'rta bo'g'indagi tashkilotlarning mas'uliyati bilan bog'liq bo'lib, yoshlarning muammolari to'planib qolgan. Shunga qaramasdan iste'dodli va muvaffaqiyatga erishgan yoshlarning ko'pligi ham bizni quvontirdi.

🔶 Uchrashuv davomidagi murojaatlar orasida 41 ta muammo o'rtaga tashlandi. Ushbu muammolarning aksariyati joyida yechilgan bo'lsa, qolganlarini bosqichma-bosqich hal etish uchun ijrochilarga biriktirildi.

❇️ Uchrashuv davomida Musiqa va san'at maktabining o'quvchi yoshlari ijodi va yaratilgan shart-sharoitlar ham o'rganildi. Nasib etsa yaqin oylarda yaxshi o'zgarishlar bo'ladi.

👉
@akmal_jumaboyev
Forwarded from Bahodir Kucharov (Bahodir Kucharov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibratlanaylik

Ота-она дуосини олиш - инсонийликнинг энг олий кўриниши, солиҳ банданинг энг улуғ сифатидир. Аммо барчамиз ҳам ота-оналаримиз дуосини олишга қодирмизми? Нима қилсак қиблагоҳларимиз дуоларига мушарраф бўла оламиз? Қай бир ҳатти-ҳаракатимиз ота-онамизни ранжитиши мумкин-у, қай бири беҳад қувонтиради?
105 ёшга кирган Иброҳимжон ота Ҳожаев бу борадаги энг нозик жиҳатлар ҳақида шундай сўзларни айтдики...
Қуйидаги видеолавҳани томоша қилинг.

@bahodir_kucharov
🚀 Surxondaryo viloyatidagi safarimiz davomida Termiz va Sariosiyo tumanlariga ham tashrif buyurdik.

🔷 Termizdagi uchrashuvda hokim, prokuror, IIB boshlig'i va DSI rahbarining yoshlar siyosatiga va tuman yoshlariga munosabati sektorlar kesimida o'rganildi.

📖 "Yoshlar daftariga" kiritilgan 110 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan uchrashuvda kichik sanoat zonalaridan joy ajratish, "1+1" loyihasi, bog'dorchilik uchun yer ajratish kabi yo'nalishlardagi masalalar ko'tarildi va imkon qadar joyida hal etildi.

🔰 Huquqiy asos va vaqt talab etadigan 30 ga yaqin muammolar bosqichma-bosqich yechish uchun tegishli hujjat loyihasiga kiritildi.

🏔Tashrif davomida Tojikiston va Afg'oniston bilan chegaradosh hududlarga hamda Sariosiyo tumanining eng chekka va manzarali hududlariga ham borishga ulgurdik.

👉
@akmal_jumaboyev
☝️Yangilik!!!

Qadrli yurtdoshlar, aziz yoshlar!

👫"Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan muhtoj oila farzandlari joriy yilning 1 aprel kunidan boshlab, "VATANPARVAR" tashkiloti tomonidan "B", "C" toifalar bo'yicha haydovchilikka bepul o'qitiladi.

Manba:@yangiuzbekiston_uz

👉 @akmal_jumaboyev
Шавкат Мирзиёев: Савдо айланмаси ҳажмини 2 баробар кўпайтириш имконияти бор

📍http://uza.uz/posts/248167

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
2025/07/05 14:22:01
Back to Top
HTML Embed Code: