Telegram Web Link
🟢 Hozirgina Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan muloqotdan chiqdik. Yig‘ilish emas, haqiqiy muloqot, ham tanqidiy, ham samimiy uchrashuv bo‘ldi.

🔴 Ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak, bugun davlat rahbari bizning tumanimizda bo‘ldilar. Amalga oshirayotgan loyihalarimiz bilan tanishdilar, ishlarimizni jadallashtirish uchun jamoamizga katta ko‘mak va ishonch berdilar.


🔵 Eng muhimi, bu tashrifdan keyingi bo‘ladigan o‘zgarishlar xalqimiz uchun foydali bo‘lishi bizni xursand qiladi.

P. s: Tavsilotlarni to‘liq yoritmadim, OAV orqali birga kuzatamiz.

@akmal_jumaboyev
🌏 Inson tabiatning ajralmas qismi, uning bir bo‘lagi. Balki shuning uchun ham tabiat bag‘rida o‘zimizni xotirjam his qilsak kerak.

🎓 Bugungi yakshanbadan foydalanib, o‘n yillik magistr-kursdoshlarimiz bilan Sirdaryo bo‘yida hordiq chiqardik.

🐟 Sazanlar bizdan qochib qutula olishmadi😋.

@akmal_jumaboyev
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida Shaharlarda xizmatlar va mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy o‘quv-seminarining 2-bosqichiga shart berildi.

Tasdiqlangan reja asosida tuman va shahar hokimlari, hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari, investitsiya, bandlik va bank rahbarlari 3 kun davomida bilimlarimizni mustahkamlaymiz.

@akmal_jumaboyev
☝️ Кўпчиликни бир таълим шаклидан бошқасига ўқишни кўчириш масаласи қизиқтиради.
Масалан, кундузгидан кечкига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.


Саволларга жавобларни бирма-бир кўриб чиқамиз.

КУНДУЗГИ таълимдан қуйидагиларга кўчириш рухсат этилади:
• кундузги;
• сиртқи;
• кечки (сменали).

⛔️Кундузги таълимдан махсус сиртқи ва қўшма таълим дастурига кўчириб бўлмайди.


СИРТҚИ таълимдан рухсат этилади:
• кундузги;
• сиртқи;
• кечки.

⛔️Сиртқи таълимдан махсус сиртқи ва қўшма таълим дастурига кўчириб бўлмайди.


КЕЧКИ таълимдан рухсат этилади:
• кундузги;
• кечки таълим (фақат бир таълим соҳаси доирасида).

⛔️ Кечки таълимдан сиртқи, махсус сиртқи ва қўшма таълим дастурига кўчириб бўлмайди.


МАХСУС СИРТҚИ таълимдан рухсат этилади:
• кундузги;
• махсус сиртқи;

⛔️ Махсус сиртқи таълимдан сиртқи, кечки ва қўшма таълим дастурига кўчириб бўлмайди.


⛔️Қўшма таълим дастуридагилар, мақсадли қабул қилинганлар бошқа таълим йўналиши, таълим шакли, ОТМга кўчира олмайди.


Манба:
👉 @xushnudbek

@akmal_jumaboyev
Шавкат Мирзиёев 30 июнь куни ёшлар билан учрашади

29 июнь куни давлат активларини хусусийлаштириш жараёнлари, 1 июль куни узум етиштириш ва қайта ишлаш масалалари бўйича тақдимотлар ўтказилиши мўлжалланган.

💻- https://aniq.uz/y/100430/t
📱- https://m.aniq.uz/y/100430/t

Кўпроқ 👉 @aniquz
🇺🇿 30 iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni.

☝️ Aziz yoshlar, doim yodda tuting!


Birinchidan, chuqur bilim olib, shaxsiy rivojlanish yo‘lida harakat qiling.

Ikkinchidan, til o‘rganib dunyo axborotlarini egallang, tahlil qiling, va keragini hayotga tadbiq etishga harakat qiling.

Uchinchidan, ko‘proq yaxshilik qiling, duo oling, chiroyli xulq bilan insoniy fazilatlaringizni boyitib boring.


🟢 Ishoning, shunda doim hayot yo‘lingiz nurli, martabangiz ulug‘ va jamiyatdagi o‘rningiz mustahkam bo‘ladi.

🎊 BAYRAM MUBORAK! 🎊


@akmal_jumaboyev
#mutolaavaqti
#tavsiya

Mening qattiqqo‘lligim, bag‘ritoshligim eng avvalo, xalqning tinchligi, saltanatim ravnaqi uchundir. Dushmanlarimga ayovsizman, rost! O‘g‘irlik, talonchilik, zo‘ravonlik ildizlariga qattiqqo‘llik bilan bolta urilmasa, muloyimmijozlik bilan natijaga erishib bo‘lmaydi. Buning isboti uchun mening saltanatimda o‘rnatilgan tartib-qoidalarni ko‘r. Binobarin, biror bir karvon bugun Anqaradan chiqib Samarqandga borguncha biror-bir kishi karvonga ham undagi yuklarga ham ziyon yetkazishga jur'at etmaydi. Yoki bir o‘smir bolaning boshiga tilla to‘la barkashni qo‘yib, mamlakatim bo‘ylab safarga jo‘nat - shimoldan janubgacha, sharqdan g‘arbga borsin u: bola ulg‘ayib, balog‘at yoshiga yetar, ammo barkashdagi tilla tangadan hatto bittasi ham yo‘qolmasligiga kafilman.


Marsel' Brionning
''MENKIM, SOHIBQIRON - JAHONGIR TEMUR'' asaridan


@akmal_jumaboyev
Channel photo updated
2025/07/03 08:53:55
Back to Top
HTML Embed Code: