Telegram Web Link
Bugun qiziqib instagramdagi profilimni so‘nggi bir oylik statistikasini ko‘zdan kechirdim.

Obunachi-do‘stlarning 70,2 %i erkak, 29,8%i ayollar;
Ularning yosh toifasi:
25-34 yosh (50,6 %)
18-24 yosh (28,5 %)
35-44 yosh (10,5 %)
...
Eng ko‘p obunachilar (70,7 %) Toshkent, keyingi o‘rinlarda Samarqand, Andijon, Moskva, Farg‘ona shaharlariga to‘g‘ri kelar ekan.


Qiziq, sizdachi?

P. s.: "Instagram"dagi shaxsiy blog: jumaboyev_akmal

@akmal_jumaboyev
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashabbusi bilan seminarlar tashkil etilmoqda.

♻️ Barcha hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari 5 kun davomida yangi ma'lumot va bilimlarni o‘zlashtirib, foydali tajribani amaliyotga joriy etish niyatidamiz.

@akmal_jumaboyev
📊 O‘zbekistonning 2021 yil yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmi 734,6 trln so‘mni tashkil etib, "covid-19" avjiga chiqqan - 2020 yilga nisbatan 7,4 foizga o‘sish kuzatildi.

📈 Aholimiz rasman 34,6 mln nafar ekanligini inobatga olsak, aholi jon boshiga YaIM hajmi 21,04 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.

🟡 P.s.: 2022 yil oson bo‘lmasligi aniq. Buyog‘iga ichki va tashqi vaziyatni to‘g‘ri baholash, "tanlov"larni bexato, siyosiy hushyorlik, iqtisodiy tahlil va prognozlarga asosan amalga oshirishda davom etish lozim, fikrimcha.

@akmal_jumaboyev
🇺🇿 Respublikamiz hududlaridan taklif etilgan mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbar-xodimlari uchun tashkil etilgan kurslar o‘z nihoyasiga yetdi. O‘qidik, o‘rgandik, bilimlarimizni mustahkamladik.

📚 Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi jamoasiga, vazirliklarga va hamkasblarga tashkiliy ishlar hamda foydali tajriba uchun tashakkur.

@akmal_jumaboyev
#zomin
#10yillikmagistrlar
#mazmunliyakshanba

☝️ Bu yerda uzundan-uzun post bo‘lishi ham mumkin edi. Fikrimcha rasmlarni o‘zi so‘zlamoqda.

@akmal_jumaboyev
#OYBEGIMMENING

🎊Ойбегим менинг...
🎂Бу кун кичик фарзандимиз, оиламиз эркаси Ойбек туғилган кун. Бугун Ойбегимга билдирилаётган эзгу тилаклар, ниятларнинг ижобати сизнинг ҳам фарзандларингиз, ука-сингилларингиз тимсолида амалга ошсин!

@akmal_jumaboyev
Сергели туманининг «Софдил» маҳалласида навбатдаги қабул давом этмоқда

🔸 Айни пайтда Тошкент шаҳар ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари Ҳотамбек Шокиров ва Тошкент шаҳар ҳокимининг ўринбосари – Инвестициялар ва ташқи савдо бошқармаси бошлиғи Шароф Раҳмонов билан биргаликда тадбиркорлар ва шу соҳада фаолият юритиш мақсадидаги аҳолининг саволларига жавоб бермоқдамиз, таклиф ва мурожаатларини тингламоқдамиз.

🔸 Мутасаддилар мурожаатчиларнинг тадбиркорлик соҳасида дуч келган муаммолари билан танишиб, уларни ҳал этиш чораларини кўрмоқда.

@akmal_jumaboyev
2025/07/01 11:35:37
Back to Top
HTML Embed Code: