Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident va yoshlar uchrashuvida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy ekspert shtabi vakili, Buyuk Britaniya, Daniya va Norvegiyaga biriktirilgan Maqsad ismli yosh mutaxassis qizimiz so‘zga chiqdi.

🇬🇧 U yaqinda Londonda o‘tkazilgan xalqaro yarmarkada ishtirok etib, O‘zbekiston vakili sifatida o‘z tajribalari va yurtimiz salohiyatini namoyish etishgani, yarmarka taassurotlari, xorijiy tajribalar va takliflari haqida ochiq fikr bildirdi.

@alisher_sadullaev
1583👍459🔥14056🏆32🎉29
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
111.37K👍530186🔥89🏆29🎉21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Hurmatli Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Prezident jamoasida yoshlarga yelkadosh bo‘lib mehnat qilish — bu katta mas’uliyat va sharaf. Yoshlarga bo‘lgan mehringiz va e’tiboringiz O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi kuchga aylanishiga chin dildan ishonaman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
331.76K👍407302🎉92🔥55🏆25
⚡️Stanford Professori Ilya Strebulaev bilan darslarimiz o‘z nihoyasiga yetdi.

Fikrimcha, Professorning O‘zbekistonga qiziqishi juda baland, ayniqsa “Venture Mindset” kitobining o‘zbek tilida tarjima qilinayotganidan xursand. Kitob taqdimotiga O‘zbekistonga ham kelmoqchi.

https://www.tg-me.com/stanford_kundaligi/308
11👍56616386🔥62🏆21🎉13
🇺🇿Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo’lib o’tdi.

mas’ul vazir va tarmoq rahbari oliygohlarga buyurtma joylashtirib, kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi.

oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy sektor uchun ma’qul keladigan tizim yaratiladi va buning uchun tadbirkorga Tadbirkorlar reytingida alohida ko‘rsatkich (qo’shimcha ball) qo‘shiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetining baholash tizimi barcha oliygohlarda ham yo‘lga qo‘yiladi. Moliyalashtirish oliygohlar to‘plagan ballariga qarab amalga oshiriladi.

”Yangi O‘zbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.

Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan. Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit beriladi.

@alisher_sadullaev
4👍390146🔥70🏆16🎉15
⚡️Yoshlar oromgohida ilk bor o‘tkazilgan HackUnicorn o‘quv oromgohi MVP bosqichidagi startap loyihalarni moliyalashtirish uchun zo‘r imkoniyat yaratdi.

Oromgohda 103 ta jamoa o‘zining startap loyihalari bilan ishtirok etdi. Ular orasida OvozAI, QadamAI, EduCompass, TopCoach, Maytab, Domloo, EduCheck, Tokcha, Akam, Teamwork va Robocontest kabi istiqbolli loyihalar ham bor edi.

Eng quvonarlisi, yoshlarimiz Stanford bitiruvchisi va Y+Ventures asoschisi Jing Quang, MyTaxi va NumeoAI asoschisi Akmal Paiziev, McKinsey vakili Filip Johnston, IT Park konsultanti Usmon Raximjanov hamda Startup Garage asoschisi Muhammad Xalil kabi tajribali mentorlardan eng zarur bilimlarni olishdi.

Oromgoh yakunida 10 ta loyiha moliyalashtirish uchun tanlab olindi. 3 tasi Sarmo VC, 7 tasi esa Yoshlar Ventures jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu oromgohning eng katta natijasi.

@alisher_sadullaev
👍302151🏆46🔥31🎉11
⚡️Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqotimiz boshlandi. Jonli efirda savollaringizga javob olishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/live/MsPEleXIuhE?si=n15gO0PG8ReF-wAn
1🔥214👍13285🎉15🏆13
⚡️Navbahor yoshlari uchun yangi maskan!

Chekka hududlarda yoshlar bilan uchrashganimizda, ular ko‘pincha: “Zamonaviy markazlar faqat viloyat markazlaridami?” deb so‘rashardi. Endi esa Prezidentimiz qo‘llab-quvvatlovlari bilan tuman va shaharlarda ham yangi Yoshlar markazlari faoliyat boshlamoqda.

Kuni kecha shunday maskanlardan biri Navoiy viloyati, Navbahor tumanida ochildi. 350 nafar yoshni bir vaqtning o‘zida qabul qiladigan bu zamonaviy markazda “Ibrat farzandlari”, “UzChess”, “Ustoz AI” va “Mutolaa” kabi o‘nlab loyihalar faoliyat yuritadi.

Zamonaviy kutubxonadagi yangi kitoblar va “Book cafe” ijodiy muhitni yanada boyitadi.

@alisher_sadullaev
11233👍164🔥36🎉23🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezidentimiz poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi infratuzilmasidan samarali foydalanish rejalari bilan tanishdi hamda soha mutasaddilari va sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍31299🔥35🎉16🏆10
⚡️Bugun Prezidentimiz tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadilar. Yosh tadbirkorlar uchun ham yangi imkoniyatlar eʼlon qilinishi kutilmoqda.

@alisher_sadullaev
8👍43782🔥53🏆18🎉10
⚡️“Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi

Prezidentimiz tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotda juda ko‘plab yangiliklarni e’lon qildi.

Yoshlarning 1 mingta startap g‘oyasi tijoratlashtiriladi va shundan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi.

Eng ilg‘or texnologiyalar olib kelinib, 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi. Bunga 100 million dollar beriladi.

Bu yildan boshlab, “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi. Eng yaxshi 100 ta g‘oya tanlab olinib, har bir startap uchun 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Bu loyihalarni brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari bo‘yicha ekspertlarning xarajatlari qoplab beriladi.

G‘oliblarni 20-avgust – Tadbirkorlar kunida taqdirlasak, o‘ylaymanki, yosh tadbirkorlarga bu ham katta motivatsiya bo‘ladi”, — dedi davlatimiz rahbari.


@alisher_sadullaev
2👍21983🔥31🏆11🎉9
⚡️Prezidentimizning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida e’lon qilgan yangi tashabbuslari bugundan kuchga kiradi

1. “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkazilib, eng yaxshi 100 g‘oyaga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya beriladi.

2. Mehmonxonalar uchun 7 yilgacha imtiyozli kreditlar beriladi, mavjud binolarni mehmonxonaga aylantirishga ham subsidiya tatbiq etiladi.

3. Har yili eng yaxshi mehmonxonalar 1 mln dollarlik mukofot bilan taqdirlanadi.

4. Chortoq, Chimyon, Omonxona va Nurbuloqda yirik kurort zonalari tashkil qilinadi.

5. 16 ta tuman uchun 1 trln so‘m ajratildi, kelgusida 30 ta tumanda 500 mln dollar hisobiga rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.

6. 80 tumanda bog‘cha qurishga yer 30 yilgacha bepul beriladi, xarajatlar subsidiya qilinadi, ijtimoiy soliq 1% bo‘ladi.

7. Tibbiyot klasterlari uchun 7 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr bilan 17% kreditlar beriladi.

8. Investitsiya platformasi ishga tushirilib, tadbirkorlar yiliga qo‘shimcha 1 mlrd dollar jalb qiladi.

9. Startaplarni qo‘llab-quvvatlash doirasida 1 000 g‘oya tijoratlashtiriladi, 200 tasi xalqaro bozorga chiqadi, 100 mln dollar ajratiladi.

10. Davlat aktivlari tadbirkorlarga 5 yilga ijaraga beriladi, “Ijara to‘g‘risida”gi qonun yangilanadi.

11. “Ochiq banking” joriy qilinadi, kichik va o‘rta biznes uchun 1 mlrd dollar kredit jalb qilinadi.

12. Foyda solig‘i avans to‘lovi 20 mlrd so‘m aylanmadan oshganda qo‘llanadi, bu orqali 14 ming tadbirkorda 1 trln so‘m mablag‘ qoladi.

13. QQSga o‘tgan korxonalar 1 yil foyda solig‘idan ozod qilinadi, jarimalar qo‘llanmaydi, buxgalter maoshi 6 oy davomida soliqdan chegirib tashlanadi.

14. 2026-yildan soliq hisobotlarini soliq organlari tuzadi, tadbirkorlar faqat tuzatish kiritadi.

15. 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi: ro‘yxatdan o‘tish, E-imzo va bank hisobraqami bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.

16. Sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxati qisqartiriladi, 32 toifada muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi.

17. Texnik tartibga solish tizimi o‘zgartiriladi — endi nazorat tadbirkorga emas, mahsulotning o‘ziga qaratiladi.

@alisher_sadullaev
2👍286124🔥41🏆17🎉8
⚡️Yaqin kunlarda o‘quv markazlari bilan xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblarni o‘rgatishni ommalashtirish yuzasidan muloqot o‘tkazamiz.

Qanday taklif hamda savollaringiz bor izohlarda yozib qoldiring?
6👍37287🔥85🏆24🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun kurashgan qahramon ajdodlarimiz yod etildi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7215👍151🔥28🏆13🎉3
🇺🇿“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari ko‘p millatli xalqimizni, xorijdagi vatandoshlarimizni Istiqlol bayrami bilan tabrikladi.

Yangi O‘zbekiston g‘oyasi asosida boshlagan ulkan islohotlarimiz tufayli mustaqillik bergan huquq va erkinliklarni har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida chuqur his qilib, bu imkoniyatlardan keng foydalanmoqda.

Aynan ana shu ulug‘vor g‘oya asosida biz uch ming yillik boy tarix va madaniyatimizni qaytadan idrok etdik.

Yurtimiz zaminidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans an’analarini rivojlantirib, Uchinchi Renessans sari dadil amaliy qadamlar qo‘ymoqdamiz.

Ishonchim komil, bu yo‘lda Yangi O‘zbekiston davlati, Yangi O‘zbekiston jamiyati buyuk tariximizni yangi, yanada yuksak Uyg‘onish davri bilan bog‘laydigan mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi”,

– dedi Prezident.

Bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

🔹 Telegram 📹 YouTube 🔹 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍13248🎉12🔥2🏆1
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Inson qadri uchun, inson baxti uchun" degan ezgu tamoyilga asoslangan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi amalda qudratli harakatga aylandi.

Dunyodagi murakkab vaziyatga
qaramasdan, iqtisodiyotimiz 6 foizdan yuqori sur’atlarda barqaror o‘sayotgani xalqimiz o‘zi tanlagan yo‘ldan dadil borayotganini ko‘rsatmoqda.

Yurtimiz aholisi yiliga o‘rtacha 700-800 mingga ko‘paymoqda. Mehnat bozoriga har yili 500-600 ming yosh kirib kelmoqda.

Buncha odamni o‘qitish, kasb-hunarli qilish, ularga ish topish o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi.
Buning uchun, muntazam ishlaydigan tizim, kafolatli investitsiya va infratuzilma kerak.

Shuni oldindan chuqur o‘ylab, biz bu yo‘nalishda aniq dasturlarni qabul qildik
”.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍12439🎉12🔥2🏆1
Davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, oldinga boshlovchi katta kuchga aylanganini ta’kidladi.

Keyingi sakkiz yilda yalpi ichki mahsulotimiz 2 karra oshib, o‘tgan yili 115 milliard dollarga, eksport hajmi 26 milliard dollarga yetdi. Yil yakuni bilan yalpi ichki mahsulotimiz 130 milliard dollar bo‘ladi.

Oltin-valyuta zaxiralarimiz tariximizda ilk bor 48 milliard dollardan oshdi. O‘tgan sakkiz yilda yurtimizga qariyb 130 milliard dollar xorijiy investitsiyalar kirib keldi.

Bularning barchasi islohotlar samarasi, taraqqiyotimizning mustahkam kafolati, nufuzli moliya institutlari va xorijiy kompaniyalarning yuksak ishonchi tufaylidir.

@alisher_sadullaev
2👍13728🎉11🔥6🏆3
"Xalqimizning ko‘z o‘ngida minglab zamonaviy korxonalar, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma obyektlari qad rostlamoqda.

E’tibor bering, bu yil jami 35 milliard dollar investitsiya evaziga 9 mingga yaqin yangi korxona, xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etiladi.

Eng ulug‘ bayramimiz arafasida 4 milliard dollarlik 79 ta yirik obyekt ishga tushirildi.

O‘tgan davrda birgina kichik va o‘rta tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paydi. Bugun ushbu tarmoqda 10 milliondan ortiq aholimiz mehnat qilib, daromad topmoqda.

Biz yil boshida 5,5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha katta marra olgan edik. Sakkiz oydayoq 5 millionlik rejani uddaladik.

Eng muhimi, islohotlarimizga ishonib, shu yilning o‘zida chetda ishlayotgan 700 ming fuqaromiz yurtimizga, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi", – dedi
Prezidentimiz.


@alisher_sadullaev
2👍11323🎉8🔥7🏆2
Yurtimizda ijtimoiy himoya siyosatining butunlay yangi modeli yaratilgani ta’kidlandi.

Bu tizim xonadonlargacha kirib borgani, ehtiyojmand aholi bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilgani, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilgani barcha uchun teng imkoniyat yaratilgan inklyuziv jamiyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

"Yurtimizda begona odam ham, begona bola ham yo‘q. Barchamiz yagona yurt farzandlarimiz, yagona Vatan ravnaqiga xizmat qilamiz.

Shu ma’noda, bitta bo‘lsa ham qiyin ahvolga tushib qolgan hamyurtimiz taqdiri barchamizni birdek tashvishga solishi kerak. Chunki xalqimizning eng katta qudrati – mehr-oqibat, saxovat va birdamlikdadir",

dedi Prezident.

Umuman, bu yilning o‘zida yordamga muhtoj aholini ijtimoiy himoya qilishga 19 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Bularning barchasi o‘z samarasini berib, yurtimizda kambag‘allik darajasini 6,8 foizga tushirishga erishildi. Xalqaro tashkilotlar besh-olti yil oldin ushbu raqamni 35 foiz atrofida baholaganini hisobga olsak, qisqa davrda bu borada qanday katta yo‘lni bosib o‘tganimiz yaqqol ayon bo‘ladi.

"Biz tadbirkorlikni rivojlantirish, keksalar, xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarimizga yangi shiddat beramiz.

Xalqimiz uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarimiz bir daqiqa ham to‘xtamaydi",

dedi davlatimiz rahbari.

@alisher_sadullaev
2👍11430🔥5🎉5🏆3
2025/10/22 20:52:04
Back to Top
HTML Embed Code: