Telegram Web Link
🇺🇿Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yillik bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Bu muqaddas sana – xalqimizning tarixiy g‘alabasi, orzu-umidlarining ro‘yobi, milliy g‘urur va faxr manbai, ayniqsa, bugun biz – yurt tayanchi bo‘lgan yoshlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. Mustaqil yurtimizning kelajagi bizning bilimimiz, tashabbusimiz, mehnatsevarligimiz va yurtga sadoqatimiz bilan chambarchas bog‘liq.

Shu ulug‘ ayyomda, siz aziz yoshlarga mustahkam sog‘lik, yuksak marralarni zabt etish yo‘lida bardavom muvaffaqiyatlar, oilalaringizga tinchlik va baxt tilayman.

🇺🇿Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉225👍153146🔥31🏆16
⚡️Yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat!

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va Tezzgo startapi bilan hamkorlikda yosh tadbirkorlar uchun yana bir foydali loyihani boshladik.

Tezzgo bugungi kunda Toshkent bo‘ylab 85 ta mikromarketga ega bo‘lib, 18 mingdan ortiq odam har kuni undan foydalanadi.

Endilikda bunday mikromarketlar hududlarda ham yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli shartlarda taqdim etiladi!

Bu imtiyozdan foydalanish uchun 10-sentyabrgacha havola orqali so‘rovnomani to‘ldirib, onlayn vebinarda ishtirok etishingiz kerak.

Vebinarda barcha jarayonlar sizga qadam-baqadam tushuntirib beriladi va imtiyozli imkoniyatlardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

@alisher_sadullaev
2👍26756🔥19🏆15🎉11
🇺🇿🇨🇳Yurtboshimiz Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30 avgust - 3 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bir qator muhim majlis, uchrashuvlar va G‘alaba paradida ishtirok etmoqda.

Prezidentimiz tashrif davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasidagi Davlat rahbarlari kengashi majlisida, shuningdek, “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” shaklidagi majlislarda ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Shungdan so‘ng, Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralar o‘tkazdi.

Yurtboshimiz bundan tashqari Pekinda XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan, “China National Building Materials” (CNBM) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjou Yuysyan, “China National Petroleum Corporation” (CNPC) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Day Xoulyan, “China National Nuclear Corporation” (CNNC) raisi Shen Yanfen, “Henan Investment Group” kompaniyasi bosh direktori Chju Xunbinlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, Prezidentimiz Pekin shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Ayni vaqtda davlatimiz rahbari Pekin shahrida o‘tayotgan Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etmoqda.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍26565🔥26🏆9🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Davlatimiz rahbarining tadbirlarga boy va jo‘shqin rasmiy tashrifi SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik va O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍23438🔥24🏆9🎉4
⚡️Samarqandda nufuzli shaxmat turniri “Grand Swiss 2025” boshlandi. Turnirda 39ta mamlakatdan 172 nafar grossmeysterlar ishtirok etmoqda.

Sizlar uchun maxsus kadrlar oldim, ayniqsa super grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov uchun ham birinchi yurishni amalga oshirganim hayajonli bo’ldi.
22👍484117🔥68🏆10🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juda hayajonli jarayon)
18👍660104🏆80🔥51🎉5
🇺🇿Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz “CAFA Nations Cup” finalida azaliy raqabimiz Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 8-sentyabr Toshkent vaqti bilan 19:30 da Toshkent shahridagi “Olimpiya” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin MTRK tizimiga kiruvchi va barcha nodavlat telekanallar orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍370🔥6765🏆25🎉10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Kichik hisob - katta g‘alaba!

Davlatimiz rahbari va FIFA Prezidenti Janni Infantino CAFA Nations Cup-2025
taqdirlash marosimida ishtirok etib, yigitlarimizni g‘alaba bilan tabrikladi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Eron 🇮🇷

Barakalla yigitlar, g‘alaba muborak bo‘lsin!

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🏆524👍25387🔥40🎉13
🇺🇿Davlatimiz rahbari raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilinib, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?” – dedi Prezident.

Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.

Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritgan o'quvchilarga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi.

Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.

Yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.

Kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.

2026 yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍22947🔥17🏆4🎉2
Prezidentimiz yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratilishini ma’lum qildi.

Shu bois, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi. Yaratilgan kontent “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.

Joylardagi 219 ta “Barkamol avlod” maktabi, “Yoshlik” sport jamiyati, O‘quvchi yoshlar markazi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.

Mahalladagi yoshlar yetakchilari esa o‘quvchilarni maktabdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun mas’ul bo‘ladi.

Eng asosiysi, endi maktablarda o‘quvchilarning to‘garaklar, sport, volontyorlik va olimpiadalarda erishgan natijalari bo‘yicha “raqamli portfolio”si shakllanib, elektron shahodatnomada ko‘rsatiladi.

@alisher_sadullaev
6👍27333🔥11🏆7🎉11
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi

Yurtboshimiz yig‘ilishda “Bizda 450 ming o‘quvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoshlar uchun juda katta resurs, sharoit va imkoniyat” ekanligini alohida ta’kidladilar.

Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti. Shu sababli, bugundan boshlab bir yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi”,– dedi Prezident.

Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi.

Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirildi.

Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.

@alisher_sadullaev
5👍26797🔥19🎉5🏆41
⚡️Mutolaada 10 million kitob o‘qildi va tinglandi!

Mutolaa — yoshlar, o‘quvchilar va barcha kitobsevarlar hayotini bilim, ilhom va yangi g‘oyalar bilan boyitadigan kuchli platforma.

Barcha kitobxonlarimizga katta rahmat! Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bizga yanada ko‘proq kuch beradi.

Endi esa katta marraga intilamiz: 100 million kitob o‘qilishi! Bunga birgalikda erisha olamizmi?
26👍925156🏆75🔥64🎉201
🇺🇿Prezidentimizning yoshlar bilan ishlash hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi farmoni qabul (PF-163-son, 10.09.2025-yil) qilindi.

⚡️Farmonga ko‘ra:

1. 2026-yil 1-fevralgacha “Yoshlar yagona elektron platformasi”ni ishga tushirish.

2. 2026-yildan boshlab “Yoshlar daftari” arizalarini qabul qilish va ariza holati YAIDXP (my.gov.uz) va yagona platforma orqali yuritilladi.

3.
Mahalladagi yoshlar yetakchilar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish.

4. Yetakchilar tomonidan murabbiylar, kasb egalari va tadbirkorlar bilan ustozlik tizimini tashkil etish.

5. “Mahalla yettiligi” va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish.

6. Yoshlarning ijtimoiy holati va bandligi asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish.

7. Yoshlarning qiziqishlarini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish va natijalarni avtomatik tahlil qilish.

8. Yoshlarga oid mavjud imtiyoz, preferensiya va imkoniyatlar haqida muntazam ma’lumot berish.

9. Endilikda har yili 30-iyun – Yoshlar kuni arafasida yoshlar siyosati bo‘yicha milliy ma’ruza e’lon qilib boriladi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍47387🔥40🎉5🏆51
Live stream scheduled for
⚡️Bugun 12-sentyabr 16:00da Yoshlar yetakchilari bilan Prezidentimizning yangi farmonlari yuzasidan muloqot tashkil qilinadi.

Muloqot davomida Farmondagi yangi vazifalar hamda imkoniyatlar haqida so’z boradi. Shuningdek, muloqotda agentlik boshqarma boshliqlari, tuman/shahar agentlik vakillari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etadilar.

Marhamat: https://www.tg-me.com/alisher_sadullaev?livestream
12👍766🔥8673🏆12🎉31
Live stream started
⚡️ O‘quv markazi tashkil etmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat!

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Ko‘mak” loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha xorijiy tillar bo‘yicha C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega (va uni olganiga 2 yildan oshmagan), ayniqsa olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochish istagidagi yoshlar uchun.

Loyiha orqali yosh tadbirkorlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi.

Imtiyozdan foydalanish uchun so‘rovnomani to‘ldiring.

“Ko‘mak” loyihasi — bu jadid bobolarimiz boshlab bergan ma’rifatparvarlik an’analarining zamonaviy davomidir.

@alisher_sadullaev
23👍3.81K🔥330178🏆87🎉752
Stanforddan qaytgach bugun pahlavonim o‘g‘lim, qizlarim Sadiaxon, Hamidabonu hamda turmush o‘rtog‘im Xafizabonu bilan yana oilaviy birgamiz. Xiyobonlarda odamlar gavjum, turistlar ham talaygina. Shunday damlarda shukronalar aytish, tinchlik hamda osoyishtalikni qora chig‘imizdek asrab-avaylash qanchalik muhim ekanligini his etasan.

Beixtiyor xayolimdan Prezidentimizning “Nabiralarimiz eng kamida bizning yoshimizga yetgunlaricha, jonajon vatanimizni osoyishta, tinch saqlashimiz kerak!” degan gaplari o‘tmoqda. Ha, do‘stlar, tinch yurtda bolalar baxtli bo‘lishadi. Tinchligimizga ko‘z tegmasin.

@alisher_sadullaev
151.14K👍684🔥158🎉24🏆204
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim. Kecha va bugun.

🇺🇿Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni — bilim, ta’lim va tarbiyadir!

Manba

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍38373🔥42🏆13🎉73
Davlatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Toshkent viloyatida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda.

Yurtboshimiz xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishini ma’lum qildi.

2016 yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili birgina xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

Iqtisodiyotimizga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yo‘nalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelyapti, minglab korxonalar ishga tushyapti. Shuning o‘zidan yiliga 250-300 ming atrofida yuqori daromadli ish o‘rinlari paydo bo‘lyapti.

2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘lishi qayd etildi.

Joriy o‘quv yilidan Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BITEK” xalqaro dasturi boshlandi.

Kasbiy ta’lim agentligi va hokimlarning asosiy vazifasi barcha 598 ta texnikumga yangi muhit olib kirish va xalqaro standartlarni joriy qilishdan iborat bo‘ladi.

Muloqotda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi ta’kidlandi. Texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi.

Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.

Korxonalar bilan aniq loyihalari bo‘lgan texnikumlar o‘rtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qilish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga ustaxona uchun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.

@alisher_sadullaev
4👍23464🔥23🏆4🎉22
2025/10/31 12:41:13
Back to Top
HTML Embed Code: