Telegram Web Link
⚡️Bugun 12-sentyabr 16:00da Yoshlar yetakchilari bilan Prezidentimizning yangi farmonlari yuzasidan muloqot tashkil qilinadi.

Muloqot davomida Farmondagi yangi vazifalar hamda imkoniyatlar haqida so’z boradi. Shuningdek, muloqotda agentlik boshqarma boshliqlari, tuman/shahar agentlik vakillari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etadilar.

Marhamat: https://www.tg-me.com/alisher_sadullaev?livestream
12👍766🔥8673🏆12🎉3
Live stream started
⚡️ O‘quv markazi tashkil etmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat!

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Ko‘mak” loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha xorijiy tillar bo‘yicha C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega (va uni olganiga 2 yildan oshmagan), ayniqsa olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochish istagidagi yoshlar uchun.

Loyiha orqali yosh tadbirkorlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi.

Imtiyozdan foydalanish uchun so‘rovnomani to‘ldiring.

“Ko‘mak” loyihasi — bu jadid bobolarimiz boshlab bergan ma’rifatparvarlik an’analarining zamonaviy davomidir.

@alisher_sadullaev
23👍3.81K🔥330178🏆87🎉751
Stanforddan qaytgach bugun pahlavonim o‘g‘lim, qizlarim Sadiaxon, Hamidabonu hamda turmush o‘rtog‘im Xafizabonu bilan yana oilaviy birgamiz. Xiyobonlarda odamlar gavjum, turistlar ham talaygina. Shunday damlarda shukronalar aytish, tinchlik hamda osoyishtalikni qora chig‘imizdek asrab-avaylash qanchalik muhim ekanligini his etasan.

Beixtiyor xayolimdan Prezidentimizning “Nabiralarimiz eng kamida bizning yoshimizga yetgunlaricha, jonajon vatanimizni osoyishta, tinch saqlashimiz kerak!” degan gaplari o‘tmoqda. Ha, do‘stlar, tinch yurtda bolalar baxtli bo‘lishadi. Tinchligimizga ko‘z tegmasin.

@alisher_sadullaev
151.13K👍682🔥155🎉24🏆193
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim. Kecha va bugun.

🇺🇿Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni — bilim, ta’lim va tarbiyadir!

Manba

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍38273🔥42🏆13🎉72
Davlatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Toshkent viloyatida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda.

Yurtboshimiz xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishini ma’lum qildi.

2016 yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili birgina xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

Iqtisodiyotimizga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yo‘nalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelyapti, minglab korxonalar ishga tushyapti. Shuning o‘zidan yiliga 250-300 ming atrofida yuqori daromadli ish o‘rinlari paydo bo‘lyapti.

2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘lishi qayd etildi.

Joriy o‘quv yilidan Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BITEK” xalqaro dasturi boshlandi.

Kasbiy ta’lim agentligi va hokimlarning asosiy vazifasi barcha 598 ta texnikumga yangi muhit olib kirish va xalqaro standartlarni joriy qilishdan iborat bo‘ladi.

Muloqotda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi ta’kidlandi. Texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi.

Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.

Korxonalar bilan aniq loyihalari bo‘lgan texnikumlar o‘rtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qilish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga ustaxona uchun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.

@alisher_sadullaev
4👍23464🔥23🏆4🎉21
🇺🇿Davlatimiz rahbari pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

⁃ 2026-yildan boshlab 15-yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

⁃ kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

⁃ o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

⁃ kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;

- boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat joriy etiladi, sertifikat olganlarga har oy 15% ustama to‘lanadi.

- imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavrlarga 2-malaka, magistrlarga esa 1-malaka toifasi avtomatik beriladi.

- TOP-300 oliygohlarga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍35987🔥37🎉8🏆81
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlatimiz rahbari xalq orasida

Prezidentimiz Namanganda “og‘ir” mahalla aholisi bilan muloqot qilib, muammolarni hal qilish va namunali sharoitlar yaratishga topshiriq berdi.

@alisher_sadullaev
4👍38082🔥39🎉132
🇺🇿Davlatimiz rahbari Namangan shahrida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zlamoqda.

Bolalarning bog‘cha bilan qamrab olingani 27 foizdan 78 foizga oshgani natijasida 1 million ayollar ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish va daromad topish imkoniga ega bo‘ldi.

Bu ishlar davom ettirilib, kambag‘al oila farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Bunday oilalar farzandlari uchun xorijiy til va kasb-hunar o‘rganishga  ketadigan xarajatlarning 80 foizi qoplab beriladi va bu orqali 100 ming kambag‘al oila farzandlari qamrab olinadi.

Har bir kambag‘al oilada kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun imtiyozli ta’lim krediti va davlat grantlari ko‘paytiriladi.

Xalqaro standartlar asosida Kasbga tayyorlash xalqaro markazlari tashkil etilib, ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar berish yo‘lga qo‘yiladi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍24382🔥24🏆8🎉51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Irrigatsiya instituti yosh olimi Eʼzozbek Ozodov “Eng yaxshi muhandis” tanlovida g‘olib bo‘lib, BYD avtomobilini qo‘lga kiritdi.

Prezidentimizning O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazgan muloqotida yosh olim ilmga bo‘lgan eʼtibor uchun minnatdorlik bildirdi. Bu g‘alaba zahmatli mehnat va kuchli iroda mahsulidir.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning markazida yoshlar turibdi. Bugun har bir yoshning yuzida tabassum bor, chunki davlatimiz rahbarining har bir qarori, har bir tashabbusi ularning orzu-intilishlariga qanot bagʻishlamoqda.

@alisher_sadullaev
8👍765147🔥96🏆23🎉81
⚡️ O‘zbekiston siyosati — ishonch, barqarorlik va yuksalish ramzi!

🇺🇿🇺🇸AQSh Prezidenti Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni samimiy tabriklab, rahmat aytdi:
“Prezident Mirziyoyev so‘zining ustidan chiqadigan inson va biz ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettiramiz!”

🇺🇿Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasidagi 8 mlrd dollarlik bitim doirasida 22 ta Boeing 787 Dreamliner samolyoti xarid qilinadi.

Bu:
xalqaro ishonch va e’tirof,
aviatsiyamizning zamonaviylashuvi,
turizm va transportning rivoji,
O‘zbekistonning xalqaro mavqeining mustahkamlanishi!

Bugun dunyo O‘zbekistonni ishonchli hamkor sifatida tan olmoqda.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍439154🔥48🏆11🎉2
🇺🇿🇺🇸Prezidentimiz Nyu-Yorkda bir qator nufuzli tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Jumladan:

Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva;

“Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Go Green Partners” kabi yirik kompaniyalar hamda Kolorado geologiya maktabi rahbarlari;

“Blackrock” investisiya kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi;

Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga, AQSHning “Citigroup”  moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Dugan;

“Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson;

“BNY” kompaniyasi bosh tijorat direktori Katinka Valstrom, “Jefferies” kompaniyasi rahbari Brayan Fridman, “NASDAQ” fond birjasi raisi Adena Fridman;

“Oppenheimer Holdings” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Lovental, “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson;

AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya jamg‘armalari va moliyaviy institutlari rahbarlari, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor;

“Air Products” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala;

🤝 Bunday uchrashuvlar mamlakatimizning yanada rivojlanishiga, ayniqsa yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishiga ishonaman.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30188🔥44🎉13🏆4
⚡️Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasidagi tarixiy ishtiroklarida hamrohlik qilayotgan delegatsiyamiz bilan

@alisher_sadullaev
9👍760🔥14496🏆21🎉62
🇺🇿🇺🇸Davlatimiz rahbari BMT bosh qarorgohida Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #AQSH #hamkorlik

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍37068🔥26🏆11🎉22
🇺🇿Prezidentimiz hozirgina BMT minbaridan turib jahon yoshlari uchun global tashabbusni ilgari surdilar.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish hamda uning qarorgohini mamlakatimizda ochish tashabbusini ilgari surdilar.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍571🔥9768🏆16🎉73
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇸 Ilmli avlod — O‘zbekistonning eng katta boyligi

Prezidentimiz tig‘iz jadvaliga qaramay, AQShdagi vatandoshlar va “El-yurt umidi” stipendiatlari bilan uchrashuvni alohida muhim deb bildi. Bu — yoshlarimizga bo‘lgan chuqur ishonch va e’tibor ramzi.

Uchrashuvda “Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni” start oldi. Bugun AQShda “El-yurt umidi” stipendiatlari soni 500 nafardan oshgani — xalqimizning salohiyatli, bilimli avlodi kelajagimiz poydevori ekanidan dalolat.

⚡️ Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yoshlarning bilim va tajribasi — O‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqadigan eng katta kuchdir.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2250👍197🔥47🏆14🎉73
Garvard talabasi Azizbek Zaylobiddinov bilan Ibrat Debate ishtirokchilari (https://www.tg-me.com/ibratdebate) Respublika bo’ylab 20 ming nafardan oshganini nishonladik!

Yuzlab ishtirokchilarimiz allaqachon top universitetlarda tahsil olishmoqda, startaplar hamda yangi loyihalar boshlashgan. Tez orada o’zbekistonlik yoshlarni global kompaniyalarda ko’rish ham odatiy holga aylanadi! Barakalla, Azizbek, barakalla aziz yoshlar!

@alisher_sadullaev
3465👍333🔥123🏆15🎉124
2025/10/21 19:36:01
Back to Top
HTML Embed Code: