Telegram Web Link
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun biz Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Suhbat davomida axborot sohasi va madaniy-gumanitar yo'nalishlarda hamkorlik qilish, shuningdek, ushbu masalalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarni birgalikda o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

-
Сегодня мы провели встречу со спецпредставителем Президента России по международному культурному сотрудничеству Михаилом Швыдким.

Мы обсудили сотрудничество в информационной, культурно-гуманитарной сферах, а также вопросы проведения совместных мероприятий в этих областях как в двустороннем, так и многостороннем форматах.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Yuraklar ezgulikka, qalblar hikmat va mehr-muruvvatga to‘lsin.

-

С праздником Рамазан хайит!
Пусть ваше сердце будет наполнено добром, а душа — мудростью и милосердием.
Bugun nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Suhbat davomida milliy kontent yaratish bo‘yicha muammolar va ularga yechim topish yo‘llarini batafsil muhokama qildik.
_
Сегодня мы провели встречу с представителями негосударственных телерадиоканалов. В ходе беседы были подробно обсуждены актуальные вопросы создания национального контента и возможные пути решения поставленных задач.
Ravshan Jo‘rayev, Gulnoza Husanova boshchiligidagi katta ijodiy jamoani "Uzreport TV" telekanalining 10 yilligi munosabati bilan tabriklayman.

So‘z erkinligi, ma’lumotlarning xolis va tezkor yetkazilishi, odamlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida katta hissangiz bor. Islohotlar va jamoatchilikni qiziqtirgan masala-muammolarning yoritilishida o‘zgacha, professional yondashuvingiz bilan ajralib turasiz.

Nazarimda, xuddi yaqinda paydo bo‘lgan Telekanal edi, vaholanki, mana, oradan 10 yil o‘tibdi. Telekanal 100 yoshga to‘lganda ham, o‘z auditoriyasini yo‘qotmasin.

_

Поздравляю большой творческий коллектив телеканала «Uzreport TV» во главе с Равшаном Джураевым и Гульнозой Хусановой с 10-летним юбилеем. Вы внесли огромный вклад в укрепление свободы слова, беспристрастное и оперативное предоставление новостей, удовлетворение потребности людей в информации.

Вы отличаетесь особым профессиональным подходом к вопросам и проблемам, представляющим общественный интерес.
Кажется, совсем недавно было открытие  телеканала, а прошло уже целых 10 лет. Желаю, чтобы своё 100-летие канал встретил не потеряв, и  даже увеличив, свою зрительскую аудиторию.
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
⚡️Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyadagi turnir g‘olibiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster taybrekda Peter Svidler hamda Arjun Erigaisini mag‘lub etdi.

Batafsil — https://daryo.uz/gnCWS78s

👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Aziz vatandoshlar, sizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman!

Bugun biz mislsiz jasorati va chidamliligi bilan boshqalarga namuna bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasi oldida ta’zim qilamiz.

-

Дорогие соотечественники,  поздравляю вас с Днём памяти и почестей!

Сегодня мы склоняем головы перед теми, чей подвиг остаётся образцом беспримерного мужества и стойкости.
Bugun nodavlat telekanallar vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘ldi. Unda so‘z erkinligi, milliy kontent va bolalar uchun sifatli media mahsulotlarni yaratish masalalarini muhokama qildik. Shu o‘rinda Prezidentimizning matbuot va so‘z erkinligi borasidagi pozitsiyalari juda qat’iyligi, ochiqlik siyosatisiz taraqqiyotga erishish qiyinligi yana bir bor ta’kidlandi.

Albatta, muammolar ko‘p. Matbuot erkinligi yuzasidan reytinglarimizda o‘zgarish bor. Lekin biz bugun erkin matbuotni huquqiy maydonga olib chiqmas ekanmiz, muammolar sudlarda hal bo‘lishiga erishmas ekanmiz, taraqqiyot o‘rniga xaos paydo bo‘lishi, jurnalist yoki blogerman deb turli noqonuniy harakatlar, shantaj, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘yilishi natijasida jabr ko‘rgan fuqarolar soni ortib ketishiga sababchi bo‘lamiz. Afsuski, bunday holatlar bo‘ldi. Reyting tuzilishida shu kabi hodisalar ham ta’sir qildi deb o‘ylayman.

Rivojlanish hech qachon silliq bo‘lmaydi. O‘yin qoidasi aniq-ravshan va hamma uchun teng bo‘lsagina, rivojlanish bo‘ladi. So‘z erkinligi – bu barchaning huquqi. Matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan shaxslarning ham. Shu muvozanatni ushlash muhim. Demak, ortga yo‘l yo‘q – bu aniq. Faqat oldinga. Oldinga – huquq, me’yor va qonun doirasida, oldinga.

Hali yana ko‘p muammolar bo‘lishi mumkin va bu tabiiy. Lekin bu muammolar biz boshlagan islohotlarga soya solmasligi kerak. Chunki bugungi davrda matbuot – nafaqat ko‘zgu, balki mudofa, xavfsizlik masala darajasidagi institutdir.
2024/06/12 12:02:23
Back to Top
HTML Embed Code: