❌ Dieta shart bo'lmasada, har ehtimolga qarshi qilyapsizmi?
Allergik kasalliklarni davolashda dieta qilish shart bo'lmagan bemorni asossiz tarzda dieta qilishining bir nechta salbiy oqibatlari bo'lishi mumkin:
✅ Oziq-ovqat yetishmovchiligi:
Asossiz cheklovlar muhim vitamin va minerallar (masalan, D vitamini, kaltsiy, temir, oqsil) yetishmovchiligiga olib keladi. Bu, ayniqsa, bolalar va homilador ayollar uchun xavfli.
✅ Immun tizimining zaiflashuvi:
Ba'zi oziq-ovqatlar immun tizimining normal ishlashiga hissa qo‘shadi. Ularni asossiz cheklash organizmni infeksiyalarga nisbatan zaiflashtiradi.
✅ Psixologik ta’sirlar:
Doimiy cheklovlar stress, xavotir, ijtimoiy ajralish va ovqatlanish bilan bog‘liq psixologik muammolarni (masalan, ortoreksiya) keltirib chiqarishi mumkin.
✅ Noto‘g‘ri tashxis va davolash:
Simptomlar boshqa kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri dieta simptomlarni yashirib, asosiy kasallikning o‘z vaqtida aniqlanishini qiyinlashtiradi.
✅ Hayot sifatining pasayishi:
Oziq-ovqat cheklovlari turmush tarzini murakkablashtirib, bemorning ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2
Atopik dermatiti bo'lgan bola ichak florasi bilan atopik dermatiti yo'q sog'lom bolaning ichak florasida qanday farqlar bo'ladi?
✅ Atopik dermatit (AD) – bu surunkali yallig‘lanishli teri kasalligi bo‘lib, immun tizimning noto‘g‘ri javobi va genetik omillar bilan bog‘liq. Tadqiqotlar atopik dermatitli bolalarda ichak mikrobiomasi sog‘lom bolalarnikidan sezilarli farq qilishini ko‘rsatgan.
Quyida asosiy farqlar keltirilgan:
1⃣. Mikrobiomaning xilma-xilligi (diversiteti) kamaygan bo‘ladi:
AD bo‘lgan bolalarda ichak florasi ko‘proq bir jinsli, ya'ni foydali va zararsiz mikroblar turlari kamroq bo‘ladi. Sog‘lom bolalarda esa mikrobiomaning turlari ko‘proq, bu esa immun tizimni muvozanatda ushlab turishga yordam beradi.
2⃣. Foydali bakteriyalar sonining kamayishi:
Bifidobacterium va Lactobacillus kabi foydali bakteriyalar AD bo‘lgan bolalarda kam bo‘ladi. Bu bakteriyalar immun tizimni tinchlantiruvchi, allergik javobni kamaytiruvchi ta'sirga ega.
3⃣. Noto‘g‘ri o‘sadigan yoki zararli bakteriyalar ko‘paygan:
Clostridium difficile, Escherichia coli kabi bakteriyalar AD bo‘lgan bolalarda ko‘proq uchrashi mumkin. Ular yallig‘lanishni kuchaytiruvchi yoki allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atuvchi moddalar ishlab chiqaradi.
4⃣. Qisqa zanjirli yog‘ kislotalari (SCFA) darajasi past bo‘ladi:
SCFA (masalan, butirat) foydali bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladi va ichakning sog‘lomligini ta'minlaydi. AD bo‘lgan bolalarda bu moddalar kamroq bo‘ladi, bu esa ichak to‘sig‘ining buzilishi va allergiyalarga moyillikni oshiradi.
5⃣. Immun tizimi bilan o‘zaro aloqasi:
Ichak mikrobiomasi immunitetni sozlashda muhim rol o‘ynaydi.
❗️Buzilgan mikroflora – allergik kasalliklar (shu jumladan, atopik dermatit) rivojlanishiga zamin yaratadi.
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
Men ichak florasi (mikrobioma)ning sog'lik uchun foydalari judayam katta ekaniga va zamonaviy tibbiyot uni hozircha yetarlicha o'rganmaganiga ishonaman.

👍10❤1
⚡️Sog'lom odam tanasida har kuni rak (saraton) hujayralari paydo bo'ladi!
✅ Tadqiqotlarga ko‘ra, har bir inson tanasida har kuni yuzlab yoki minglab genetik nuqsonlarga ega bo‘lgan hujayralar hosil bo‘ladi, ulardan ba'zilari rakka aylanish potentsialiga ega bo‘ladi.
Nechta rak hujayrasi paydo bo'lishi mumkin?
Aniq raqamni berish qiyin, chunki bu har bir insonning yoshi, DNK tuzilishi, turmush tarzi (masalan, chekish, radiatsiyaga ta’sir qilish) va boshqa omillarga bog‘liq. Ammo ilmiy manbalarda kuniga 1 000 dan 10 000 gacha potentsial rak hujayrasi yuzaga kelishi mumkinligi aytiladi.
Ular qanday yo'q qilinadi?
Immunitet tizimi bu hujayralarni "immun nazorat" orqali aniqlaydi va yo'q qiladi. Bu jarayon quyidagicha ishlaydi:
👉 Rak hujayrasi shakllanishi:
Genetik mutatsiyalar tufayli hujayralar nazoratsiz bo‘linishni boshlaydi.
👉 Immun tizimi aniqlaydi:
T limfotsitlar (ayniqsa, sitotoksik T hujayralar) rakka aylanishi mumkin bo‘lgan hujayrani tanib oladi, chunki u hujayra yuzasida "normal" bo‘lmagan oqsillar (neoantigenlar) paydo bo‘ladi.
👉 Yo‘q qilish:
T hujayralar yoki NK hujayralar (natural killer cells) bu hujayralarni yo‘q qiladi — ularni parchalab yuboradi yoki o‘zini o‘ldiradigan signal yuboradi (apoptoz).
🤔 Nega ba'zida bu tizim ishlamaydi?
Rak hujayralari immunitetdan yashirinish uchun "soxta signallar" yuborishi mumkin. Ba'zida immunitet tizimi yetarlicha kuchli bo‘lmaydi (masalan, yoshi katta odamlarda yoki surunkali kasalliklarda). Rak hujayralari immun tizimini aldab, yallig‘lanishni bostiruvchi muhit yaratishi mumkin.
Shuning uchun ham immunoterapiya — ya’ni immunitetni rak hujayralariga qarshi kuchaytiradigan dorilar — zamonaviy saraton davosining muhim yo‘nalishiga aylangan.

👍18
Isitmasiz quruq yo‘talning sabablari
1. Allergik kasalliklar
Allergik rinit, chang yoki gul changiga allergiya
Bronxial astma (ba’zida faqat yo‘tal shaklida bo‘ladi — “yo‘tal varianti”)
Belgi: kechasi yoki tongda kuchayadigan yo‘tal, nafas olishda xirillash bo‘lishi mumkin.
2. Nafas yo‘llari yallig‘lanishi (yengil shakllari)
Faringit, laringit, traxeit — ba’zida faqat yo‘tal bo‘ladi, isitmasiz.
Belgi: tomoqda qichishish, tirnashish, qirqiladigan yo‘tal.
3. Gastroezofageal reflyuks
Oshqozon kislotasi qizilo‘ngachga chiqib, yo‘talni keltirib chiqaradi.
Belgi: ovqatdan keyin yo‘tal, ko‘krakda achishish, qattiqroq yotganda kuchayadi.
4. Atrof-muhit omillari
Chang, tutun, kimyoviy moddalar (ish joylarida), sigaret chekish — yo‘tal chaqirishi mumkin.
5. Dori vositalari ta’siri
Angiotenzin-ingibitorlar (masalan, enalapril, kaptopril) — qon bosimi uchun ishlatiladigan dorilar yo‘talga sabab bo‘lishi mumkin.
6. Stress yoki psixogen yo‘tal
Asosan bolalar va yosh ayollarda kuzatiladi. Emotsional holat bilan bog‘liq.
7. Surunkali kasalliklar
Interstitsial o‘pka kasalliklari, o‘pka saratoni — boshlanish bosqichlarida isitmasiz bo‘lishi mumkin.

👍9❤3
Tomoq og‘riganda muzqaymoq yeng!
✅ Qachon foydali bo‘lishi mumkin:
👉 Virusli tomoq og‘rig‘ida (masalan, faringitda) muzqaymoq sovituvchi ta’sir qiladi: shish va og‘riqni kamaytiradi, tomoqni biroz tinchlantiradi.
👉 Operatsiyadan so‘ng (masalan, bodomsimon bez olib tashlangach) muzqaymoq qonni to‘xtatish va og‘riqni yengillashtirishda foydali bo‘ladi.
❌ Qachon tavsiya etilmaydi:
👉 Bakterial infeksiyalarda (masalan, angina, streptokokkli tonzillit) sovuq mahsulotlar immunitetni zaiflashtirib, kasallikni og‘irlashtirishi mumkin.
👉 Sovuqqa sezuvchan odamlar uchun muzqaymoq tomoqni battar qitiqlashi yoki yomonlashtirishi mumkin.
Xulosa:
Agar og‘riq kuchli bo‘lsa, harorat yuqori bo‘lmasa va bu virusli holat bo‘lsa — biroz muzqaymoq foyda berishi mumkin. Ammo agar bakterial infeksiya bo‘lsa yoki sovuqdan holatingiz og‘irlashsa, undan voz kechgan ma’qul.

👍12❤3👎1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢10👍3❤1
🎙 36.6 PODCAST
Zamonaviy tibbiyot – xalqona tilda!
Xalqimizning tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida 36.6 PODCAST nomli manfaatli loyiha boshladik. Ilk soni yaqin kunlarda montaj jarayonlari yakunlangach YouTube platformasiga joylanadi.
Duo qilib qo'ying, barokatli bo'lsin!

2👍38👏10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️19 yoshli homilador va uning homilasi anafilaktik allergik reaksiya sabab vafot etgan
Sababchi: To'liq anamnez (ma'lumot) yig'masdan dori vositasini tayinlagan ginekolog shifokor. Sud unga tegishli jazo tayinlagan.
Yana qayta eslaymiz! Hechkim dori allergiyasidan himoyalanmagan. Harkimda bu holat bo'lishi mumkin. Oldin olib yurgan dorilaringiz bilan ham kuzatilishi mumkin. Siz "oddiy doriku" deydigan dorilar ham sabab bo'lishi mumkin. Bu eslatma ham shifokorlarga, ham bemorlarga tegishli!
O'zingizni ehtiyot qiling!
Zarur bo'lmasa dori qabul qilmang!
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
Sababchi: To'liq anamnez (ma'lumot) yig'masdan dori vositasini tayinlagan ginekolog shifokor. Sud unga tegishli jazo tayinlagan.
Yana qayta eslaymiz! Hechkim dori allergiyasidan himoyalanmagan. Harkimda bu holat bo'lishi mumkin. Oldin olib yurgan dorilaringiz bilan ham kuzatilishi mumkin. Siz "oddiy doriku" deydigan dorilar ham sabab bo'lishi mumkin. Bu eslatma ham shifokorlarga, ham bemorlarga tegishli!
O'zingizni ehtiyot qiling!
Zarur bo'lmasa dori qabul qilmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15😱4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👏5👍2🥰1
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yosh bolali ota-onalar ko'rishi shart!
Agar ushbu ma'lumotlarni avvalroq bilganingizda farzandingiz immunitetini ideal ishlaydigan qilishingiz mumkin edi!
Xo'sh, u qanday jarayonlar? Uni bilish nega muhim? Isitma immunitetga aloqadormi?
📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍8❤3
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isitma – organizmning himoya reaksiyasi
Tanamiz shu darajada mukammal ishlaydiki, o'zidan o'zi tana haroratimiz ko'tarilmaydi. Tanada qandaydir himoyaviy o'zgarishlar ketayotganining belgisi bu.
📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
Tanamiz shu darajada mukammal ishlaydiki, o'zidan o'zi tana haroratimiz ko'tarilmaydi. Tanada qandaydir himoyaviy o'zgarishlar ketayotganining belgisi bu.
📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanamiz ideal yaratilgan!
Organizmimiz kasallik vaqti ataylab issiqlikni ko'taradi. Chunki, ko'plab mikroblar issiqlikda yashay olmaydi.

👍12❤2
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Immunitet qachon kuchli bo'ladi?
Immun tizimi yaxshi ishlashi uchun u doimiy jang qilib turishi lozim. Bir yilda 6-10 martalab kasal bo'lish bu normal holat, aslida.
📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
Immun tizimi yaxshi ishlashi uchun u doimiy jang qilib turishi lozim. Bir yilda 6-10 martalab kasal bo'lish bu normal holat, aslida.
📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Forwarded from 36.6 PODCAST
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi mehmonimiz psixiatriya va nevrologiya sohalari mutaxassisi, psixonevrolog shifokor – Azizbek Eraliyev.
📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/3FfSGGg_zuc
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤4😁1
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
41°C dan yuqori isitma juda xavfli!
Tanamizdagi oqsillar "pishib" qoladi!
📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
Tanamizdagi oqsillar "pishib" qoladi!
📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 https://youtu.be/06or4qxZiZQ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Allergiya – bu immun tizimining noto'g'ri ishlashi natijasida rivojlandigan kasallik. Allergiyaning turli shakllariga chalingan bemorlar soni, ayniqsa oxirgi 10-15 yilda dunyo bo'yicha keskin ortib bormoqda.
Podcast davomida biz allergiya o'zi nima ekanligi, qanday qilib paydo bo'lish sabablari, profilaktikasi, zamonaviy tekshiruv va davolash usullari haqida gaplashdik.
Suhbatimiz ko'plab ilmiy ma'lumotlarga va hayotiy qiziqarli keyslarga boy bo'lganidan vaqt o'tganini sezmay qolasiz, vaqtingizga achinmaysiz!
📹 To'liq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/0Olqwl9ZVpg?si=Ve2nNJGAMQGijhpw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍7😱1
Forwarded from 36.6 PODCAST
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
—Inson qachon semirishni boshlaydi?
—Ortiqcha vaznni qanday hisoblaymiz?
—Semizlik tibbiy va ijtimoiy muammomi?
—Ozishda eng muhim omil nima?
—Ozdirishi isbotlanmagan usullar qaysilar?
Podcast davomida global muammolardan biri bo'lgan SEMIZLIK haqida zamonaviy tibbiyot nuqtai nazari bilan suhbatlashdik. Mehmon ekspertimiz – Taomlanish ilmi, Ongli ozish kabi loyihalar muallifi Feruz Yigitaliyev.
Agar ozish uchun harakatni boshlashni reja qilayotgan bo'lsangiz, demak ushbu podcastdagi ma'lumotlar aynan siz uchun!
📹 To'liq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/E9CSKxpwT_I?si=TDZbyIGsFptL19HC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3