This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun siyosatshunos Hamid Sodiq tarjima qilgan "Qonunlar ruhi haqida" kitobining eng so'nggi bosqichlaridan biri - musahhihlik ishini boshladik.

Videoni ko'ring va "Jamiyat uyg'onyapti", degan jumlaga o'z munosabatingizni bildiring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhojirlar haqida bitilgan she'rni tinglang. Shu o'rinda 8 yillik abiturient + talabalik davrimdan qilgan xulosamni o'rtoqlashmoqchiman.

Men shu paytga qadar haqiqatda qunt qilib ilm olgan, har qanday vaziyatda ham ortga chekinmay qaysidir sohada ham nazariy, ham amaliy tajriba to'plagan biror kishining aynan qora ishlarda muhojir bo'lganini bilmayman. Xalq ichida diplomlilar ham Peterburgda, Astanada quruvchilik qilyapti, taksi haydayapti degan gap bor. Talabalar juda yaxshi bilishadiki, institutda olingan diplomning hech qanday qiymati yo'q. Hamma gap odam o'zini-o'zi aldamasdan vaqti borida ilm olishida va amaliyotga tezroq kirishishda deb o'ylayman.

Lekin puli ma'lum miqdorda bor odamlargina kursga borganini, puli yo'qlar maktabni bitiriboq qora mehnat orqali kun ko'rishga odatlanganini inkor qilib bo'lmaydi. Bunda shubhasiz birinchi ma'muriyat qilgan iqtisodiy kamchiliklar asosiy sababchi.

Xulosa va 14-19-yoshli vatandoshlarga maslahat shuki, erta yoshdan ilm va amaliyotni parallel olib boring.
Forwarded from iBooK.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤔 "Turkiston, Turkiston" va "Sukut suiqasdi" nima haqida?

😊 Qadrli kitobxonlar, bugun sizlar bilan ushbu 2 ta yaqinda nashrdan chiqqan kitoblar haqida suhbatlashamiz!

Bular qanday kitoblar? Ularni o'qib nimalarni kashf qilamiz? Kimlarga tavsiya etiladi? Kabi savollaringiz bo'lsa, videoni tomosha qiling va bilib oling.

📚 Turkiston, Turkiston:
💰 Kitob narxi: 35.000 so'm
📖 336 bet

📚 Sukut suiqasdi. Stalindan Saddamgacha:
💰 Kitob narxi: 33.000 so'm
📖 288 bet

❗️ Kitoblar ulgurji savdo uchun ham mavjud!

Buyurtma uchun:
📥 | @iBook_Uzbekistan
📞 | +998971891199
📍 | Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from iBooK.uz
🎁 Sovrinli o'yin esingizdami?

😍 Oldin tashkil qilgan yutuqli o'yinimiz ko'pchilik kitobxonlar uchun manzur kelgandi. Biz aynan shunday o'yinni yana bir bor o'tkazishga qaror qildik!

❗️ Shartlar o'sha-o'sha. 100.000 so'mdan oshiq xarid qiling va chekingizga ismingiz hamda raqamingizni yozib qoldiring. Qarabsizki, o'yin ishtirokchisiga aylandingiz!

😎 G'oliblarimiz esa shu Tirilish nashriyotining 60 ta kitoblarini qo'lga kiritadilar!

🎁 Bular aynan qaysi kitoblar ekanligini esa tepadagi rasmlarda ko'rishingiz mumkin!

Sovrinli o'yinimiz 29-aprel sanasigacha davom etadi. G'oliblarni esa o'sha kuni soat 22:00 da jonli efir orqali aniqlaymiz!

Buyurtma uchun:
📥 | @iBook_Uzbekistan
📞 | +998971891199
📍 | Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushxabar!🥳🥳🥳

"Qonunlar ruhi haqida" kitobi Xudo xohlasa 2-maydan boshlab ibook kitob do'konida sotuvda bo'ladi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qonunlar ruhi haqida" kitobi sotuvda!

Kitobdan iqtibos izlash jarayonida shuni xulosa qilish mumkinki, Monteskyening har bir fikri chuqur ahamiyatga ega va ayniqsa bugungi kunda dolzarb. Tarjimaning bu qadar tushunarli va sifatli bo'lgani uchun ustoz Hamid Sodiqqa butun kitobxonlar nomidan tashakkur aytaman.

Ertaga soat 11:00 da ISFIda kitobning ilk taqdimoti bo'lib o'tadi.

Mehmonlar: Kamoliddin Rabbimov va Farhod Tolipov
"1000 kitob" loyihasidan press-klub formatidagi uchrashuv uchun taklifnoma.

Loyiha jamoasini o'z ishini professional amalga oshirayotgan jamoa sifatida bilamiz. Bizning "Tirilish" nashriyoti 2024-yil "1000 kitob" doirasida 5 ta turli xil ilmiy-ommabop kitoblarni tayyorlash mas'uliyatini o'z zimmasiga oldi va bunday imkoniyat uchun loyiha rahbariyatiga tashakkur. 🙂📚
"Fikrlaydigan millat" - chiroylimi, tushunarlimi, jozibadormi, ishonchlimi?
Xullas, eski finalni tugatib, yoz uchun yangi bir loyiha boshlamoqchimiz.
“Fikrlaydigan millat” tanlovi ilk mavsum - yoz bosqichi

1. Bu qanday tanlov?

Nashriyotning vazifalaridan biri kitobxonni ragʻbatlantirish orqali kitob targʻibotini amalga oshirish va yoshlar orasida salmoqli adabiyotlar ahamiyatini yuksaltirish hisoblanadi. Shundan xulosa qilib, “Tirilish” nashriyoti har faslda “Fikrlaydigan millat” tanlovini tashkillashtiradi. Ilk tanlov 2024-yil yoz fasliga toʻgʻri kelib, u shartli ravishda “ilk mavsum - yoz bosqichi” deb nomlanadi.

Tanlovda 60 kun davomida 3 ta kitob mutolaa qilinadi. Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun maxsus bot yaratiladi, uning vazifasi ishtirokchilarning ism-familiyasi, telefon raqamini olish va ularni tartiblab chiqish boʻladi. Botdan roʻyxatdan oʻtmay turib tanlov ishtirokchisi boʻlishning imkoni boʻlmaydi. Roʻyxatdan oʻtish uchun tanlov eʼlonidan boshlab 30 kun vaqt beriladi. Roʻyxatdan oʻtish chegarasi 2000 (raqam o'zgarishi mumkin) tani tashkil qiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun yosh chegarasi mavjud emas.

Tanlov ikki bosqichda tekshiriladi. Avgust oyining 10-kunida test, 17-kunida yozma insho (final) tashkillashtiriladi. Final bosqichida 50 nafar ishtirokchi qatnasha oladi.

1-o'ringa Dubayga yoki Istanbulga dam olish uchun tur paket, 2-o'rin notebook, 3-o'rin smartfon va hokazo.

Bu hali tasdiqlangan xabarlar emas, sizningcha nimani o'zgartirish kerak, qaysi qismi yaxshi o'ylangan va hokazo. Mulohazalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Rahmat!
Amirxon Valijonov | Blog
Xullas, eski finalni tugatib, yoz uchun yangi bir loyiha boshlamoqchimiz. “Fikrlaydigan millat” tanlovi ilk mavsum - yoz bosqichi 1. Bu qanday tanlov? Nashriyotning vazifalaridan biri kitobxonni ragʻbatlantirish orqali kitob targʻibotini amalga oshirish…
Nomidan va maqsadidan bilish mumkinki, bu loyihada asosan siyosiy, ilmiy-ommabop va og'ir vazn bosadigan badiiy adabiyotlar tanlab olinadi. Loyiha rivojlanishi kerakligi va tijoriy bo'lganidan kelib chiqsak, kitoblar homiy nashriyotdan tanlanadi. Yoz mavsumi uchun Monteskyening "Qonunlar ruhi haqida", Oruellning "Ruhoniy qizi", Treysmen va Guriyevning "Manipulyativ diktatorlar" kitobini rejalashtiryapmiz.
2024/05/22 01:03:46
Back to Top
HTML Embed Code: