Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Andijon maktablarida "Dolzarb 90 kun": Taʼlim, ijod va sogʻlom turmush targʻibotiga qaratilgan tadbirlar
#18jun

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

ANDIJON SHAHRIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA YOZGI MAVSUM UCHUN "DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA ANDIJON SHAHAR HOKIMI KUBOGI UCHUN FUTBOL MUSOBAQALARINI TASHKIL ETILMOQDA

(Andijon shahridagi 35-IDUMda tashkil etilgan tadbirlar "Andijon" teleradiokanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Xo'jaobod tumanidagi maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, yurtboshimiz tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash, ular uchun ta’lim muassasalarida fan, til, musiqa va tasviriy san’at to‘garaklari, badiiy va ijodiy kechalar, teatr va kino tomoshalari hamda turli musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Ushbu tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida Xo'jaobod tumanidagi 34 ta maktablarning sport maydon va zallari, kutubxona hamda informatika xonalari yoshlar uchun ochilib, "Yozni maktab bilan" loyihasi o‘tkazilmoqda.

Maktablarda tashkil etilayotgan fan va til to‘garaklari, sport va san’at musobaqalari, teatr va kino tomoshalari, musiqiy kechalar va sayohatlarga tumandagi jami 12 ming nafardan ortiq yoshlar jalb etildi.

(Fotolavhalarda: Xo'jaobod tumanining Chimbuloq, Garaguri va Navbahor hududlaridagi maktablar faoliyati)

Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from IT ta'lim Andijon
BOSHQARMA VA IT-PARK HAMKORLIGIDA XALQARO TAJRIBALAR OʻRGANILMOQDA

Xabaringiz bor, yurtimizda yosh avlodni raqamli texnologiyalardan foydalanishlari va dunyo Innovatsion texnologiya bozorlariga raqobatbardosh kadrlar yetishtirib chiqarish maqsadida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Mazkur tashabbuslar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 19-iyun kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda IT Park hamkorligida Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarning informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida "Bir million dasturchi" loyihasining mantiqiy davomi hisoblangan “Coursera” platformasining bepul hamda professional maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olish mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda “Coursera” onlayn platformasiga joylashtirilgan kurslar, Startup loyihalari, xalqaro sertifikatlar olish dolzarbligi va ahamiyati borasida fikrlar yuritilib, savol-javob, bahs va munozaralar natijasida soha rivoji uchun istiqbolli rejalar belgilab olindi.
🐦 Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etuvchi “President Tech Award” tanlovining uzoq kutilgan mavsumi yaqinlashmoqda. Tanlov yana ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: asosiy va maxsus toifalar.

🌲Bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish hamda jamiyatga foyda keltiradigan innovatsion IT-yechimlarni taqdim etish imkoniyatingizdir.

🎁 Asosiy toifalar bo‘yicha mukofotlar miqdori o‘zgarishsiz qolmoqda
1. Sun'iy intellektga asoslangan texnologiyalar
2. Micro-SaaS va AdTech sohasidagi texnologik yechimlar
3. Ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar
4. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar
5. Kompyuter va mobil o'yinlar

🔵 1-o‘rin — 100 000 dollar
🔵 2-o‘rin — 50 000 dollar
🔵 3-o‘rin — 30 000 dollar

⭐️ Maxsus toifa(Xakaton) mukofoti: 100 000 dollar

Tanlov taqvimi:

01.05 – 30.06 — Arizalarni qabul qilish
05.07 – 25.07 — Dastlabki tanlov
10.08 – 20.08 — Bootcamp
05.09 – 25.09 — Loyiha online baholash
10.10 – 25.10 — Maxsus yo‘nalish: Hakathon
05.11 – 25.11 — Demo Day
25.11 — Taqdirlash marosimi


Tanlovga tayyorlaning — sizning g‘oyalaringiz texnologiyalar kelajagini belgilab berishi mumkin.

Batafsil: 🌐 awards.gov.uz
🥇Ro'yhatdan o'tish uchun havola

#PresidentTechAward #InnovationChallenge #TechForImpact #UzbekistanTech #ITCompetition
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 20:20:55
Back to Top
HTML Embed Code: