Telegram Web Link
Bo‘ston tumanining chekka hududlarida «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, yurtboshimiz tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash, ular uchun ta’lim muassasalarida fan, til, musiqa va tasviriy san’at to‘garaklari, badiiy va ijodiy kechalar, teatr va kino tomoshalari hamda turli musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Ushbu tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘ston tumanidagi 28 ta maktablarning sport maydon va zallari, kutubxona hamda informatika xonalari yoshlar uchun ochilib, "Yozni maktab bilan" loyihasi o‘tkazilmoqda.

Bugungi kun holatiga ko‘ra maktablarda tashkil etilayotgan fan va til to‘garaklari, sport va san’at musobaqalari, teatr va kino tomoshalari, musiqiy kechalar va sayohatlarga tumandagi jami 7 mingdan ortiq yoshlar jalb etildi.

(Fotolavhalarda: Bo‘ston tumanining olis Gulshan, Obod, Do‘stlik va Mustaqillik hududlaridagi maktablar faoliyati)

Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muhim #ulashing

2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi
@mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishingiz mumkin.

@hilola_umarova
🟢 Андижон вилоятида энг яхши фаолият олиб бораётган туман(шаҳар) Мактабгача ва мактаб таълими бўлими раҳбарини танлаймиз

🟣 Ўқув йили сўнгида Vodiy1.uz Андижон вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси билан ҳамкорликда анъанавий сўровнома ўтказади.

🟣Ўқувчиларимиз ўртасида фаолияти юқори баҳоланиб, ғолиб бўлган Мактабгача ва мактаб таълими бўлими раҳбари Vodiy1.uzнинг “Энг фаол Мактабгача ва мактаб таълими бўлими раҳбари” статуэткаси ва махсус совғаси билан тақдирланади.

‼️ Овоз бериш 22 июнь соат 19:00да якунланади

Овоз бериш бу жойда
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Прием в 1-й класс на 2025–2026 учебный год начнется с 20 июня

В соответствии с установленным регламентом, процесс приема в 1-й класс проходит в два этапа:

1-й этап: с 20 июня по 31 июля — в пределах микрорайона;
2-й этап: с 1 по 15 августа — из других микрорайонов.

Прием в 1-й класс осуществляется в электронном виде через портал государственных услуг в ряде районов (городов).

В этом случае, начиная с 20 июня, родители могут зарегистрироваться и подать заявление через электронную платформу my.maktab.uz.
Уважаемые родители, ознакомьтесь с видеоруководством, в котором показано, как определить, к какой школе прикреплен ваш ребенок через платформу my.maktab.uz.

В районах, где электронные государственные услуги не доступны, дети, зачисленные в 1-й класс, вносятся в электронную систему Министерства через портал adm.maktab.uz ответственными сотрудниками школ.

Напоминание!


Согласно Закону «Об образовании», в школу принимаются дети в том году, когда им исполняется 7 лет.
Таким образом, в текущем году в 1-й класс принимаются дети, родившиеся не позднее 31 декабря 2018 года.

Дополнительную информацию о процессе электронного приема можно получить:
по телефону Call-центра Министерства 71-203-07-04, 71-203-04-03 или через официальный Telegram-кана
л @Mymaktab_uz

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chorlov
#Andijon
#Turon

"TURON" TEATR MAKTABI RESPUBLIKA KO'RIK-TANLOVI FINALCHILARI, ANDIJON VILOYATI ASAKA TUMANI "TURON MASH'ALI" JAMOASI RESPUBLIKA BOSQICHIGA TAYYOR

Andijon viloyat MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
“Долзарб 90 кун” доирасида туман ҳокими 5-умумтаълим мактаби ўқувчилари билан учрашди

Қўрғонтепа туманида “Долзарб 90 кун” дастури доирасида амалга оширилаётган ишларнинг бир қисми сифатида туман ҳокими 5-умумтаълим мактабида таълим олаётган ўқувчи ёшлар билан очиқ мулоқот ўтказди.

Учрашув давомида туман раҳбари ёшларни қизиқтирган саволларга атрофлича жавоб берди, ўз тажрибалари билан ўртоқлашди. У ўз нутқида ёшликда олинган билим ва кўникмалар келажакда муваффақият калити эканини таъкидлар экан, 8-синфданоқ нафақат таълим олиш, балки муҳим касбни эгаллашга ҳам жиддий эътибор қаратиш зарурлигини алоҳида қайд этди.

Бундай учрашувлар ёшларнинг билим олишга бўлган қизиқишини ошириш, келажакда ўз ўрнини топган фуқаро бўлиб етишишида муҳим омил сифатида хизмат қилади.

Қўрғонтепа туман ҳокимлиги матбуот хизмати

Саҳифа: telegram

YouTube | Facebook | Instagram
KOREYA TA'LIM TAJRIBALARI: O‘QITUVCHIMIZ JANUBIY KOREYADA MALAKA OSHIRDI 🎓

📆Janubiy Koreyaning Seul shahar taʼlim departamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan KLIC Training Program doirasida 2025-yil 20–30-may kunlari malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

📍Unda maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Xilola Umarova tashabbusi bilan har bir hududdan 2024-yil bahorgi attestatsiyada o'z hududida eng yuqori ballga ega 14 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchisi hamda 1 nafar koordinator – jami 15 nafar mutaxassis ishtirok etishi tashkillandi.

💪Mazkur qatorga Andijon viloyati, Asaka tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali informatika fani oʻqituvchisi Xaitov Sohibjon Shohobiddin o‘g‘lining ham kirgani alohida qayd etildi.

📈Amaliy mashg‘ulotlar davomida koreyalik mutaxassislar oʻqituvchilarga raqamli taʼlim, sunʼiy intellekt va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni oʻquv jarayonlariga tatbiq etish boʻyicha treninglar oʻtkazdi. Loyiha doirasida xalqaro tajriba almashish va taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsad qilingan.

🪬Shu bilan birgalikda o‘qituvchilarga interaktiv doskalar, robot-assistentlar va boshqa zamonaviy vositalarni darslarda samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy darslar tashkil etildi.

🔥Xaitov Sohibjon bu kabi xalqaro hamkorlik loyihalarida qatnashish o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirishga, dars jarayonlarini yanada interfaol va samarali tashkil etishga xizmat qilishini taʼkidladi. Ustoz Koreyadan qaytgach, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va sun’iy intellekt ishlanmalari bo‘yicha o‘rgangan tajribalarini o‘z shogirdlari va hamkasblariga tatbiq etish ustida ishlashini maʼlum qildi. Xaitov Sohibjonning fikricha, bu kabi loyihalar taʼlim sifatini tubdan oshirish, o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini yaxshilashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

YouTube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

MARHAMAT TUMANIDAGI CHEKKA HUDUDLARDAGI MAKTABLARDA HAM YOZGI MAVSUM UCHUN "DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA "YOZNI MAKTAB BILAN" LOYIHASI
ASOSIDA SPORT MUSOBAQALARI VA KOʻNGILOCHAR TADBIRLAR TASHKIL ETILMOQDA

(Marhamat tumanidagi umumta'lim maktablarida tashkil etilgan tadbirlar "Andijon" teleradiokanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kunlik

Andijon viloyatidagi maktablarda ham "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari ko'tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda.


Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/12 04:27:34
Back to Top
HTML Embed Code: