Telegram Web Link
Yurtboshimiz tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" doirasida o‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash, ular uchun ta’lim muassasalarida fan, til, musiqa va tasviriy san’at to‘garaklari turli sport musobaqalarini tashkil etish va hududlardagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtirishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Ushbu tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 19-iyun kuni Andijon viloyati Prokuraturasi tomonidan ta'tildagi oʻquvchi-yoshlar uchun "Hayvonot bogʻi"ga sayohat tashkil etildi.

Mazkur tadbir avvalida Andijon viloyati Prokurori oʻrinbosari Oʻ.Utayev tomonidan mana shunday tadbirlar oʻquvchi-yoshlar yozgi ta'til davrini maroqli va foydali oʻtkazishlarini ta'minlash maqsadida tashkil etilayotganligi alohida ta'kidlandi.

Oʻquvchi-yoshlarda bogʻdagi 300 dan ortiq hayvonlar namoyishi oʻzgacha taassurot qoldirdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ASAKA TUMANIDAGI MAKTABLARDA TUMAN HOKIMI KUBOGI UCHUN TASHKIL ETILAYOTGAN FUTBOL MUSOBAQALARI FUTBOL-SHOULARIGA AYLANMOQDA

(Videolavhalarda: Asaka tumani 59-umumta'lim maktabida oʻzgacha ruhda tashkil etilgan sport tadbiri)

Telegram | Facebook | Web sayt
#Dolzarb_90_kunlik

"DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA BOʻSTON TUMANI MAKTAB OʻQUVCHILARINING VILOYATIMIZNING DIQQATGA SAZOVOR JOYLARIGA SAYOHATLARI TASHKIL ETILDI

(Fotolavhalarda: Boʻston tumanidagi umumta'lim maktablari oʻquvchilarini sayohatlari)

Boʻston tumani MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

ANDIJON SHAHRIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA YOZGI MAVSUM UCHUN "DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI VA TURLI YOʻNALISHLARDAGI TOʻGARAKLAR FAOLIYATI TASHKIL ETILMOQDA

(Andijon shahridagi 7-umumta'lim maktabida tashkil etilgan tadbirlar "Andijon" teleradiokanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Men uchun farzandlarimizning samimiy va beg‘ubor his-tuyg‘ularini hamda chaqnab turgan ko‘zlarini ko‘rishdan ko‘ra kuchliroq ilhomlantiruvchi narsa yo‘q.

Kecha Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida aynan shunday, ilhombaxsh kun bo‘ldi — respublikamizning iqtidorli yoshlariga bag‘ishlagan haqiqiy iste’dod bayrami tashkil etildi.

Har bir lahza o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etdi. “Turon” teatr ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining taqdirlanishi, “Iqtidor” tanlovi finalchilari — maktab ansambllarining yorqin chiqishlari yurtimizda naqadar ijodiy salohiyatli va umidli avlod yetishib chiqayotganini ko‘rsatdi.

Qobiliyatini, yuqori darajadagi mahoratini namoyon etgan barcha jamoalarni chin yurakdan tabriklayman!

Ushbu tadbir oldidan Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.



Для меня нет ничего более вдохновляющего, чем видеть искренние эмоции и горящие глаза наших детей.

Вчера в комплексе «Вечный город» Самарканда был именно такой день — день настоящего праздника таланта, который мы посвятили нашей одарённой молодёжи республики.

Каждый момент был наполнен особым смыслом. Награждение победителей театрального конкурса «Турон» и блестящие выступления школьных ансамблей-финалистов конкурса «Иктидор» показали, какое творческое и яркое поколение у нас подрастает.

От всего сердца поздравляю команды, продемонстрировавшие высочайший уровень мастерства!

Перед началом мероприятия состоялась передача служебных автомобилей руководителям региональных управлений Министерства дошкольного образования.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XO'JAOBOD TUMANIDAGI MAKTABLARDA «DOLZARB 90 KUNLIK» TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

(Videolavhalarda: Xo'jaobod tumanining Chimbuloq, Garaguri va Navbahor hududlaridagi maktablar faoliyati)

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
2025/07/09 00:49:18
Back to Top
HTML Embed Code: