Telegram Web Link
Forwarded from Andrology_uz 🔞 (Bahrom ISROILOV Abu Idris)
#Xalqaro_anjuman

Assalomu alaykum qadrli obunachilar, shifokorimiz Zarifjon MURODOV xalqaro anjumanda qatnashyotganliklari sababli shifokorimizning qabullari 20-26 may oralig'ida bo'lmaydi.
27-may seshanba soat 08:30dan qabullari boshlanadi.

Barchaga sixat-salomatlik tilaymiz HOSPITAL ZM klinikasi jamoasi

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍2
#фойдали_маълумотлар 🏥

Ширинлик билан нонушта қилиш
Сизда кун давомида ҳолсизлик, ҳаётий қувватнинг етишмаслиги кузатилаётган бўлса, бу нонуштага ширинлик истеъмол қилишингиз билан боғлиқ бўлиши мумкин. Ширинлик танаввул қилганингиздан кейин, организмда инсулин ҳар доимгидан кўпроқ ишлаб чиқарилади бунинг оқибатида эса, ҳолсизлик ва бефарқлик кузатилади. Керагидан ортиқ шакар истеъмоли, қанди диабет ва вазн тўплашга олиб келади.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Testosteron gormonining pastlab ketganlik belgilari.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍3🤣3
#фойдали_маълумотлар 🏥

Jinsiy aloqadan so‘ng darrov uxlab qolaman. Bu kasallik emasmi?

Ayolim bilan jinsiy munosabatdan so‘ng darrov uxlab qolaman. Bu biror dard alomati emasmi?

Jinsiy yaqinlik ya’ni er-xotin duxulidan so‘ng bir pasda uxlab qolish ayrimlar uchun me’yor hisoblansa-da, goho kasallik belgisi ham bo‘lishi mumkin. Me’yoriy holat hisoblanadigan uyquchanlikka quyidagilar ham sabab bo‘ladi:

Erkaklar jinsan faol hisoblanadigan tunning birinchi yarmi bugungi kunga kelib bolalar tomonidan zabt etib ulgurilgan. Zero, Ibn Sino jinsiy munosabatda yo‘qotiladigan quvvat o‘rni to‘la qoplanishi uchun qovushish tunning birinchi yarmida bo‘lsagina tonggacha yana tetiklashib ulgurish mumkinligini ta’kidlagan. Zamonamiz bolalari esa televizor, dars, kompyuter kabilar bahonasida ota-onalar yaqinlashuvi imkonini deyarli yo‘qqa chiqarishmoqda.

“Tirikchilik quli” bo‘lgan aksari erkaklar ruhiy toliqishlar komida qolishgan. Uzzukun, tun yarmiga qadar davom etadigan yugur-yugurlar erkak quvvatining asl kushandasi hisoblanadi. Qolaversa, ayniqsa, qovushish rejalashtirilgan kunlarda ota-bobolar aslo tark etishmagan shifobaxsh kunduzgi uyquning ahamiyati deyarli unut bo‘lib ulgurildi.

Ishdagi zararli ta’sirotlar, oziqlanishdagi qusurli jihatlar ham o‘z salbiy ta’sirotini o‘tkazishi shubhasiz.

Yuqoridagi holatlarda uyquchanlikni keltirib chiqarayotgan sabablar aniqlanib o‘z vaqtida bartaraf etilsa bas, hammasi risoladagidek bo‘ladi.

Goho uyquchanlik “jinsiy ojizlik” belgisi sifatida ham yuzaga chiqishi kuzatiladi. Ammo bu xil “jinsiy ojizlik”da boshqa qator alomatlar ham paydo bo‘ladi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:

Jinsiy mayl ya’ni xohish pasayib erkakning qovushishga befarqroq bo‘lib qolishi kuzatiladi.

Duxul paytida erkak a’zosining junbushga kelishi (taranglashuvi) birmuncha susayadi.

Jinsiy munosabat vaqti o‘ta qisqa muddat davom etadi (ayrimlarda esa aksincha yaqinlik payti keskin uzayib erkakni toliqtiradigan noxush darajaga kelib qoladi).

Maniyning otilib chiqish shiddatkorligi susayadi va lazzat hissi oldingilarga nisbatan yaxshi sezilmaydi.

Jinsiy aloqadan so‘ng keskin uyqu tortadi va erkakning o‘z ayoliga qaragisi ham kelmay qoladi va o‘zini majburlasa-da uzoq vaqt takroriy qovushishga yaramaydi.


Agar bu belgilar sezilsa, tezda mutaxassis shifokorga murojaat etilishi maqsadga muvofiq. Uyquchanlik jinsiy munosabat paytida qonga tushadigan biofaol moddalar – gormonlarning asab-ruhiy tizimdagi taranglashuvni yo‘qotishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍5
#мулоҳаза_учун 📌

Аёлингизга доим вақт ажратинг! Зеро унинг жинсий эҳтиёжини, моддий ва маънавий эхтиёжларини қондирувчи ягона инсон бу сиз! Шундай экан аёлга эътиборни оширинг ва бошқа эътиборлардан ҳимоя қилиб уни бекорчи нарсаларга алишиб қўйманг.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍9
#фойдали_маслаҳатлар 🏥

Баъзи вақтларда ҳаёлда минг ҳил ўйлар бўлади бу ҳаёллардан қутилиш қийин. Шундай бўлсада жинсий алоқа вақтида ортиқча ҳаёлларни ўйламасликка ҳаракат қилинг. Жинсий фаолият вақтида сизни чалғитувчи, телефонни ўчириш, мушук бўлса мушукни чиқариб юбориш, телевизорни ўчириш, ешик ёпиқлигига амин бўлишингиз керак. Шунда сиз жинсий алоқадан бошқа нарсага чалғимайсиз.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍10
#фойдали_маълумотлар 🏥

Ўсмирлардаги айрим муаммолар.

Эҳтилом қандай ҳолларда тез-тез қайталаниши мумкин?

ўсмир ўта бекорчи бўлиб, кучли қўзғатувчи таомларни истеъмол қилса;

ойнаи жаҳондаги бепарда томошаларга ружу қўйган бўлса;

ишқий саргузаштли суҳбатлар, беибо адабиётлардан баҳраманд бўлса;

жинсий аъзоларини қисиб турадиган ички кийимларда, осмонга қараб ухлаш одати бўлса;

гижжа ёки бошқа сабаб боис болалигидан қўллари чотга кетаверса ҳамда ухлаганда мунтазам равишда қўлларини сонлари орасига қўйиб ётса ҳам тез-тез булғаниш рўй бериши мумкин.

Аммо юқоридаги ҳолларда унинг тез-тез рўй бериши ҳам хавотирга асос бўла олмайди.

Қандай ҳолатларга андролог кўриги зарур?

Эҳтилом қуйидагича рўй берган ҳолларда мутахассис шифокор билан маслаҳатлашган маъқул:

булғаниш ҳар куни бир неча маротаба ёки кун ора рўй бераверса;

эҳтилом пайти аниқ-тиниқ туш кўрилмаса, закар таранглашуви рўй бермаган ҳолда булғанилса;

эҳтилом лаззатланиш билан кечмаса ва оғриқли ҳиссиётлар бўлса;

булғанишдан сўнг тетиклашув эмас, аксинча ланжлик пайдо бўлиб, кайфият беихтиёр ёмонлашса, шифокорга мурожаат этилиши мақсадга мувофиқ бўлади.

Эҳтиломдан сўнг ғуслнинг лозимлиги, яъни чўмилиш шартлиги тиббий нуқтаи назардан ҳам тўғри эканлиги шубҳасиздир.



Юқорида асосан тунги поллюция ҳақида фикр юритилди. Аммо ҳаётда кам ҳолларда бўлсада, кундузги, уйғоқ ҳолда, ўнгда рўй берувчи эҳтиломлар ҳам учрайди. Кундузги поллюциянинг адекват ва ноадекват турлари тафовут қилинади. Кундузги адекват поллюция қучиш, бўса олиш каби шаҳвоний қўзғалишлар натижасида рўй беради. Шунингдек, ёшлар кўз ўнгида чўмилиш ҳавзаларида ярим яланғоч аёллар баданларининг кўз-кўз қилиниши ҳам кундузги адекват поллюцияга сабаб бўлиши эҳтимолдан холи эмас.
Кундузги ноадекват поллюция эса шаҳвоний қўзғалиш натижасида эмас, ижобий таъсиротлар (томошада кескин, зўриқиб кулиш) ёки салбий таъсиротлар (кескин қўрқув) натижасида камдан-кам ҳолларда учрайди.
Ёшлар орасида петтинг ҳолати ҳам учрайди. Бу жамоат жойларда, транспортда бировга тирғалиб, ишқаланиб шаҳват чиқазиш ҳолидир. Гоҳо келин-куёвларнинг қовуша олмай, алоқанинг сонлар орасига ишқаланиши билан кифояланишлари ҳам шу ҳолатга киради. Петтингнинг юзаки, чуқур, ўз ёки бошқа жинсга, бир ва иккиёқламали турлари тафовут қилинади.
Юқорида таъкид этилган ҳолларнинг барчасини эҳтилом жараёнининг турли кўринишлари деб тушуниш мумкин. Шу боис, бундай ҳолат беихтиёр рўй берган кишилар бутун вужудларини поклашлари, яъни чўмилишлари мақсадга мувофиқ. Зеро, шаҳват суюқлиги таркибидаги фруктоза каби қатор моддалар касаллик чақирувчи кўплаб микроблар учун севимли озуқа эканлиги тиб илмига маълум ва покланмаслик турли дардлар пайдо бўлишига мойиллик туғдириши шубҳасиздир.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍3
Нонуштага тухум ейиш нимаси билан фойдали?

🥚 Ўзининг фойдали элементлари билан бу маҳсулот очликни бартараф қилиб, узоқ вақт кишини тўқ сақлайди. Тухум оқсилга бой бўлиб, мушак тўқималарининг ривожланишини рағбатлантиради, аммо ёғ тўпланишига олиб келмайди.

🍳 Диетологларнинг таъкидлашича, таркибида тухум бўлган таомлар билан овқатланиш калория танқислиги билан кечганда озишни осонлаштиради. Аммо одатий ҳаёт тарзида тухум озишга ёрдам бермайди.

🧬 Тухум аминокислоталар, минераллар, А, В1, В2, В6, Е витаминлар, калий, кальций ва темир каби фойдали модда ва элементларга бой.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍2
Forwarded from Andrology_uz 🔞 (Bahrom ISROILOV Abu Idris)
#Xalqaro_anjuman

Assalomu alaykum qadrli obunachilar, shifokorimiz Zarifjon MURODOV xalqaro anjumanda qatnashyotganliklari sababli shifokorimizning qabullari 20-26 may oralig'ida bo'lmaydi.
27-may seshanba soat 08:30dan qabullari boshlanadi.

Barchaga sixat-salomatlik tilaymiz HOSPITAL ZM klinikasi jamoasi

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilning ilk kunida, hursandchilik habarini oldik.

9-yillik sinov ortda qoldi, yana bir bemorimiz QIZ FARZANDLI bo'ldilar

"Hospital ZM" klinikasi hamdam rahbarimiz Xalqara toifadagi, Oliy toifali urolog-androlog Zarifjon MURODOV nomidan chin dildan tabriklaymiz.
Ota onasini doim hursand qiladigan olima qizlardan bo'lsinlar, eng ezgu tilaklar bilan "Hospital ZM" klinikasi jamoasi

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👍9👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jinsiy olatning uzunligi nechchi sm boʻlsa norma boʻladi? 13-14sm normami?

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍4
#қисқа_фактлар 📌

Antibiotiklar va jinsiy munosabat

Kasallikka chalinganda antibiotiklar qabul qilishga shoshilmang. Chunki ular asta-sekinlik bilan butun organizmga ta’sir ko‘rsatib, jinsiy qobiliyatni susaytiradi. 6-8 hafta davomida antibiotiklar ichib yurilganda urug‘ sifati va harakatchanligini yomonlashtiradi.

Antidepressantlar, tamaki va alkogol mahsulotlarining zarari ham bundan kam emas. Alkogol avvalo mijoz sustligini keltirib chiqaradi.

Ingliz olimlari o‘tkazgan tajribalarga ko‘ra, bir kun davomida ikki shisha pivo ichgan erkak bepusht sanalar ekan.

Tamaki chekish ham urug‘ sifatiga salbiy ta’sir qilishi isbotlangan. Masalan, kashandalarning urug‘ hujayralari chekmaydigan erkaklarnikiga qaraganda ikki baravar kuchsiz bo‘lishini shifokor va olimlar ko‘p marotaba ta’kidlashgan.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
😢2
#фойдали_маслаҳатлар 🏥

Nega pornografiya ularda bir-biriga bo‘lgan jinsiy mayllikni zaif qiladi?

Shunday qilib, pornografiya tomosha qilish er-xotinning jinsiy xirsini oshirishga xizmat qilishi mumkinligi, lekin bu shahvat aslo bir-birlariga nisbatan emas balki filmdagi qahramonlarga ekani kundak ravshan. Bir tomonda er va boshqa tomondan xotin aslida umuman begona bir inson bilan jinsiy aloqada bo‘ladilar. Bular hali muammoning bir qismigina holos.
Ikkinchi qismi esa – pornografik xayolotga o‘rganib qolishlik. Kuyovga bir nazar soling. Agar u aloqa asnosida kelinning o‘rnida boshqa ayolni tasavvur qilsa, u o‘z xayolotlariga tobora bog‘lanib boradi va kelin unda shahvat uyg‘otmay qo‘yadi. Bundan tashqari uning xayoloti tezda o‘z kuchini yo‘qota boshlaydi. Uning shahvati qayta qo‘zishi uchun unga yana yangi xayolot kerak bo‘ladi bu degani yangi ayollarni xohlashlik. Avvalida boshqa bir ayolni o‘ylashi kifoya qiladi. Biroq bu xayolot juda qisqa vaqt ichida o‘z kuchini yo‘qotadi. Chunki xayol jonli odamning ta’siriga ega emasligi ma’lum fakt. Shuning uchun ham kuyovning xayoloti tez buzila boshlaydi.
Endi bu sho‘rpeshona nafaqat boshqa ayolni tasavvur qilishi kerak, balki boshqa xil ayolning boshqacha jinsiy aloqalarda ekanligini tasavvurida jonlantirishga majbur. Aks holda unda jinsiy shahvat uyg‘onmaydi. U nafaqat jinsiy aloqadan oldin, balki jinsiy aloqa vaqtida ham pornografiya ko‘rishni xohlashi mumkin. Bu yerda faqat xayolotlar bilan ish bitmasligi tayin. Endi u porno-xayolotlarini voqelikka olib o‘tishiga harakat qila boshlaydi.

Pornografiya qanday qilib lazzatni oshirishi mumkin bo‘lgan narsaga putur yetkaza oladi?

Ba’zan er va ayol o‘zlarining jinsiy munosabatlaridan qoniqmasligi oqibatida pornografiyaga murojaat qilishlari hayotda juda ko’p uchraydi. Ular pornografiya tomosha qilish orqali muammolaridan xalos bo’lishni o’ylashadi. Ko‘rganimizdek, pornografiyaday illat er-xotin aloqalaridagi muammolarni yechishlari uchun lozim bo‘lgan va lazzatni oshiruvchi omillarga putur yetkazadi.
Kinodagi jarayonlarni hayotda tadbiq qilishlik orqali lazzatlanishni ortirish mumkin deb o’ylashishadi va ba’zi holatlarda o’z juftlaridan bularni talab qilishadi. Qabul qilmagan juftlar ortasida nizo kelib chiqadi.
Qabul qilsa ham ma’lum vaqtdan keyin bu lazzat ham yetmay qolib, yangi sarguzashtlar ortidan quva boshlashadi.
Jinsiy dilsiyohlik juda ko‘p sabablarning oqibatidir. Ehtimol, er-xotin jufti jinsiy aloqaga egoizm (o’zini o’ylash) ruhida yondashayotgandir va berish o‘rniga faqat olishni xohlayotgandir. Ehtimol, ular pornografiyada ko‘rgan aloqalarni jinsiy hayotda ham kutgan yoki tasavvur qilgandirlar. Ehtimol, ularning biri kasaldir, xafadir yoki qarishdan qo‘rqayotgandir. Biroq aksar hollarda jinsiy dilsiyohlikka sabab ikki tarafning bir-biri ila sog‘lom aloqalar qura olmasligi bo‘lishi mumkin. Masalan, hayotiy tajribasi oz bo‘lganlar mudom janjal va xiyonat qilishlari yoki shunchaki o‘tirib gaplashib olish uchun vaqtlari bo‘lmasligi mumkin.
Hayotda to’g’ri tushunchaga ega bo’lganlar juftlar bunday muammolar domiga tushmaydi, tushishsa ham osonlik bilan yenga oladilar. Pornografiya esa bu muammolarni yecha olmaydi, balki yanada qiyinlashtirib yuboradi.

Har kim jinsiy hayot lazzatini o’zning qonuniy, halol juftidan topishi kerak.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👍9
#фойдали_маълумотлар 🏥

Кўпчилик беморлар спермограмма таҳлили учун спермани уйда олиб келайик дейишади, шу хақида сиз ҳам маълумотга эга бўлиш учун пастдаги линк устига босинг. 👇👇👇👇👇

https://youtu.be/l7toVeIcWvs
👍2
Фил ва ит бир вақтда ҳомиладор бўлишди.
Уч ой ўтиб, ит олти чақалоқ туғди. Ярим йилдан сўнг у яна ҳомиладор бўлди ва тўққиз ойдан кейин яна ўнта чақалоқ туғди. Бу жараён бир неча марта такрорланди.
Ўн саккиз ой ўтгандан сўнг ит филнинг ёнига келиб, сўради:
— Сен аниқ ҳомиладормисан? Биз бир вақтда ҳомиладор бўлгандик. Мен аллақачон уч марта ўнта чақалоқ туғдим, сен эса ҳали ҳам кутяпсан! Нима бўляпти?
Фил хотиржамлик билан жавоб берди:
— Мен сенга тушунишинг керак бўлган муҳим бир нарсани айтаман. Менинг қорнимдаги кучукча эмас, фил. Мен икки йилда фақат бир марта туғаман. Лекин болам туғилганида одамлар ҳайрат билан қарашади. Мен туғадиган бола — қудратли ва муҳташам.
Фил сўзини давом эттирди:
— Умидингни йўқотма. Агар бошқалар тез натижа олаётганини кўрсанг, ҳасад қилма. Агар сенинг натижанг ҳали келмаган бўлса, ранжима. Ўзингга шундай деб эслат: “Менинг вақтим ҳам келади. Ва у вақт келганда, ҳамма ҳайратда қолади".

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👍33👏8
Эркаклар саломатлиги учун нонушта қилиш мухим

☀️ Нонушта инсон учун энг мухим таомланишдир. Шунинг учун нонуштада барча озиқ моддалар, яни оқсиллар, ёғлар ва углеводлар таркибида мувозанатли бўлиши керак.

🍃 Арзон ва соғлом вариантлардан бири - тухум, пишлоқ, тўлиқ донли нон ва сабзавотларнинг комбинацияси ҳиссобланади.

🍃 Қовурилган помидорли омлет айниқса эркаклар учун фойдали бўлади. Бу эса простата безининг фаолиятига ижобий таъсир кўрсатади. Қовурилган помидорда бўлган ликопен туфайли сперма ҳаракатчанлигини оширади.

🍃 Тухум учун ҳар қандай сабзавотли таомлар мос келади: помидор, тузланган карам ва бошқалар.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍5
2025/07/13 01:44:46
Back to Top
HTML Embed Code: