Telegram Web Link
Президент Шавкат Мирзиёев маҳаллаларда жиноятчиликни жиловлаш ва қонун устуворлигини таъминлаш чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам предотвращения преступлений в махаллях и обеспечению верховенства закона.

#Mirziyoyev #taqdimot #ichkiishlar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Andijon viloyatida IIV ishchi guruhi tomonidan sayyor o‘quv yig‘inlari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 5-iyul kungi tegishli farmoyishiga asosan ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshoker hamda jangovar o‘qotar quroldan foydalanish va ularni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha sayyor o‘quv yig‘inlarini tashkil etish yuzasidan ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, ishchi guruh rahbari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash departamenti Jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining apparat xodimlari hamda mustaqil boshqarma va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Hozirda ishchi guruh tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlar uchun video-kontent olish maqsadida yo‘l harakati qoidalarini buzgan hamda mayda bezorilik sodir etgan bir guruh shaxslarga nisbatan sud tomonidan jazo tayinlandi
———
Ижтимоий тармоқлар учун видео-контент олиш мақсадида йўл ҳаракати қоидаларини бузган ҳамда майда безорилик содир этган бир гуруҳ шахсларга нисбатан суд томонидан жазо тайинланди

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Shahrixon tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
———
Joriy yilning 8-iyul kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov Shahrixon tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan masalalarini yaqindan o‘rgandi. 

Tadbirda viloyat IIB mas’ul xodimlari, tuman hokimligi hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga qaratildi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan qator muammoli masalalar, jumladan, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari olish, turli ijtimoiy yordamlardan foydalanish va boshqa dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning har bir murojaati tinglanib, muammolarni viloyat va tuman mas’ullari tegishli tartibda hal etish choralarini ko‘rdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning huquqiy ongini oshirish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi. Viloyat IIB tomonidan bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
2025/07/09 16:36:04
Back to Top
HTML Embed Code: