Telegram Web Link
27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан Андижон вилояти ИИБда тадбир бўлиб ўтди

27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан Андижон вилояти ИИБ раҳбарияти томонидан бир гуруҳ оммавий ахборот воситалари вакиллари ҳамда соҳа фидоийлари муносиб тақдирланди.

Тадбир давомида сўзга чиққанлар сўз эркинлиги, ахборот тарқатиш ва жамоатчиликни хабардор қилишда ОАВнинг ўрни беқиёс эканлигини таъкидлаб, ҳуқуқ-тартибот органлари билан оммавий ахборот воситалари ўртасидаги ҳамкорлик тобора мустаҳкамланаётганини алоҳида қайд этдилар.

Таъкидлаш жоизки, вилоятда ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, жамоат тартибини таъминлаш, аҳолининг ҳуқуқий онги ва маданиятини ошириш каби муҳим йўналишларда олиб борилаётган ишлар оммавий ахборот воситалари орқали кенг ёритиб борилмоқда.

Тадбир якунида Андижон вилояти ИИБ раҳбарияти томонидан фуқароларни холис ва тезкор ахборот билан таъминлашда фаоллик кўрсатаётган бир гуруҳ журналист ва ОАВ ходимлари бошқарма бошлиғининг ташаккурномалари ҳамда эсдалик совғалари билан тақдирланди.

Бундай эътибор ва эътироф касб фидоийларини янада илҳомлантириб, самарали фаолиятларини давом эттиришга руҳлантириши шубҳасиз.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati IIBda “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda bir guruh soha xodimlari taqdirlandilar
———
Андижон вилояти ИИБда “27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни” муносабати билан бўлиб ўтган тадбирда бир гуруҳ соҳа ходимлари тақдирландилар

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 29-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab Andijon viloyati IIB binosida boshqarma boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning viloyatimiz aholisi uchun navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.

Manzil: Andijon shahar A.Navoiy shox ko‘chasi 26-uy
———
Фуқароларнинг қонуний ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш, ҳафта давомида кундалик меҳнат фаолият билан банд бўлган аҳолига қулайлик яратиш мақсадида жорий йилнинг 29 июн куни соат 10:00 дан бошлаб Андижон вилояти ИИБ биносида бошқарма бошлиғи полковник Санжар Джабаровнинг вилоятимиз аҳолиси учун навбатдаги шахсий қабули ўтказилади.

Манзил: Андижон шаҳар А.Навоий шох кўчаси 26-уй

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi.

Jamoat yetakchisi Andijon shahrida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan U.A. o‘z atrofiga 12 nafar shaxslarni yig‘ib, jamoat tashkil etgan xolda shahridagi turli choyxonalarda tuplanib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga  qo‘shilishni niyat qilishgan. Shuningdek, o‘zaro “Baytulmol” ko‘rinishida pul mablag‘lari yig‘ib, uz tarafdorlariga berib kelishganligi ma’lum bo‘ldi.

Jamoat a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv tegov harakatlari davomida turli diniy ekstremistik adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida tashkil etildi
———
Андижон вилояти ИИБ аппарати шахсий таркиби учун навбатдаги “Маънавият ва маърифат” дарси “Янги Ўзбекистон бунёдкорлари” мавзусида ташкил этилди

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Andijon viloyati IIB boshlig‘ining ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning mavjud muammolarini tinglash va hal etish maqsadidagi sayyor qabuli o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov rahbarligida ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning mavjud muammo va takliflarini o‘rganish, shuningdek, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Har bir murojaat boshqarma boshlig‘i tomonidan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Bunday sayyor qabullar kelgusida ham tizimli ravishda o‘tkazilishi belgilangan.

Website
| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Asaka tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan huquqiy-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi mas’ullari tomonidan Asaka tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida huquqiy-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga qaratilgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati, qonun ustuvorligi, fuqarolik burchi va mas’uliyati haqida tushunchalar berildi. Shu bilan birga, bugungi kunda yoshlar orasida ko‘p kuzatilayotgan giyohvandlik va psixotrop moddalarga qaram bo‘lishlikning ayanchli oqibatlari hayotiy misollar yordamida yetkazildi.

Mazkur tadbir yoshlarda Vatanga sadoqat, millat va xalq manfaatlariga xizmat qilish, qonuniylik va tartib-intizomga rioya etish kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
2025/07/10 15:48:41
Back to Top
HTML Embed Code: