Telegram Web Link
Joriy yilning 12-iyul kuni IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sharof O‘ralov boshchiligida Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB JXX Probatsiya bo‘limi nazorati ostida turgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad probatsiya nazoratidagi shaxslar  tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan takroriy jinoyatlarni barvaqt oldini olish, ularni qiynab kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, jinoyat sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Ularning har birini muammolari o‘rganilib, bandligini ta’minlash va ijtimoiy hayotga moslashtirish yuzasidan tegishli ijtimoiy-profilaktik tadbirlar belgilab olindi.

Ushbu turdagi uchrashuvlar viloyatning har bir shahar va tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 202 prim 2-modda
. YOLG‘ON AXBOROT TARQATISH
———
Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси 202 прим 2-модда.
ЁЛҒОН АХБОРОТ ТАРҚАТИШ

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Andijon viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
—————
Fuqarolarning murojaatlarini bevosita o‘rganish, muammolarini tinglash va hal etish maqsadida bugun 13-iyul kuni Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy asosda hal etish choralari ko‘rildi.

Ayrim masalalar shu yerning o‘zida hal etildi, boshqalari esa tegishli mutasaddilarga yuborilib, muddati va ijrosi belgilab olindi.

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bu kabi shaxsiy qabullarni muntazam o‘tkazish orqali xalq bilan muloqotni yanada samarali yo‘lga qo‘yish, murojaatlar ortida turgan inson taqdiriga befarq bo‘lmaslikni o‘z oldiga vazifa qilib olgan.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
2025/07/14 13:02:01
Back to Top
HTML Embed Code: