Telegram Web Link
Расмий ахборот

Жорий йилнинг 4 июль куни соат 9:30 ларда Андижон шаҳрида яшовчи 1977 й.т. фуқаро Д.А. турмуш ўртоғи 1982 й.т. М.Д. билан Андижон шаҳри Ўрикзор маҳалласида келиб чиққан жанжал оқибатида аёлни бўйин қисмига хўжалик пичоғи билан уриб жарохат етказиб, воқеа жойидан яширинган.

Олган тан жароҳати оқибатида жабрланувчи воқеа жойида вафот этган.

Мазкур холат юзасидан Андижон шаҳар прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 97-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, гумонланувчи А.Д.ни ушлаш бўйича тезкор-қидирув чоралари кўрилган.

Олиб борилган тадбирлар жараёнида гумонланувчи А.Д. Андижон вилояти Олтинкўл тумани, Кўмакай маҳалласи ҳудудида тунги хизматга жалб қилинган ходимлар томонидан аниқланиб, қўлга олинган.

Хозирда гумонланувчи процессуал тартибда қамоққа олинган бўлиб, тергов-суриштирув ҳаракатлари давом этмоқда.

Website
| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI 215-MODDA. 

DAVLAT RAMZLARIGA HURMATSIZLIK QILISH
———
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ЖИНОЯТ КОДЕКСИ 215-МОДДА. 

ДАВЛАТ РАМЗЛАРИГА ҲУРМАТСИЗЛИК ҚИЛИШ

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ma'rifat_soati

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli” mavzusida bo‘lib o‘tdi
———
Андижон вилояти ИИБ аппарати шахсий таркиби учун навбатдаги “Маънавият ва маърифат” дарси “Давлат герби – мустақиллик тимсоли” мавзусида бўлиб ўтди

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_boʻling

Pora olish - 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi!
———
Пора олиш - 15 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 6-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab Andijon viloyati IIB binosida Boshqarma boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning viloyatimiz aholisi uchun navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.

Manzil: Andijon shahar A.Navoiy shox ko‘chasi 26-uy
———
Фуқароларнинг қонуний ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш, ҳафта давомида кундалик меҳнат фаолият билан банд бўлган аҳолига қулайлик яратиш мақсадида жорий йилнинг 6 июль куни соат 10:00 дан бошлаб Андижон вилояти ИИБ биносида Бошқарма бошлиғи полковник Санжар Джабаровнинг вилоятимиз аҳолиси учун навбатдаги шахсий қабули ўтказилади.

Манзил: Андижон шаҳар А.Навоий шох кўчаси 26-уй

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov boshchiligida tungi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

Onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan yo‘riqnomada shahar-tuman IIBlaridan tungi xizmatga jalb qilingan shaxsiy tarkibga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda jamoat tartibini saqlashda hamkorlikda amalga oshiriladigan profilaktik ishlar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Хususan, tungi vaqtlarda fuqarolarning bemaqsad yonida va avtomashinasida tig‘li jismlarni olib yurish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash maqsadida kuchaytirilgan reyd tadbirlarini jadallashtirish, har bir qonun buzulish holatiga murosasiz munosabatda bo‘lish tushuntirilib, xizmat olib borishga kirishildi.

Hozirda Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida  jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlikka_chaqiramiz!

Farzandlaringizni taqiqlangan va ochiq suv havzalarida choʻmilishiga yo'l qo'ymang!
———
Фарзандларингизни тақиқланган ва очиқ сув ҳавзаларида чўмилишига йўл қўйманг!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
#shaxsiy_qabul

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
—————
Xalq dardini tinglash, odamlar muammosiga yechim topish, aholi bilan yaqindan muloqot o‘rnatish bugungi kunda har bir rahbar oldidagi eng dolzarb va eng ustuvor vazifadir.

Ayni shu maqsadda bugun 6-iyun kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, ko‘rib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Shaxsiy qabulda yurtdoshlarimizning har bir murojaati yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
2025/07/07 00:47:37
Back to Top
HTML Embed Code: