Telegram Web Link
Bu orzuim turmush qurganimdan keyin ham o’zgarmadi, duolarimda juda ko’p marotaba o’z uyim bo’lishini so’radim. Balki hali vaqti emas, balki Robbim kechiktirgan sari go’zallashtirmoqdadur… Ammo albatta bir hikmat bor buni bilaman.

Yaqin orada biz yangi uy oldik…
Katta, shinam juda chiroyli yangi qurilgan hovli. Hali hech kim yashamagan…

Men oilada katta kelinman, to’yimizdan bir yil o’tib uyimizga yana kelin kelgan. Ishonasizmi biz 3 xonalik uyda ikkita ovsin yashaganmiz. Uyga sig’ish tomonlama muammo bo’lmagan. Erkaklar kechgacha ishlashadi, uyda ikki kelin va bir qaynona yashaymiz. Opa-singillar urishganidek ora-orada urishib qolgan paytlarimiz bo’lgan lekin katta janjallarimiz bo’lmagan va bir-birimizdan nimanidir berkitib, ajratib yashamaganmiz
25👍6🔥3
Ketma-ket farzandli bo’ldik, birinchi Maryam tug’ildi ketidan bir yarim oy o’tib meni qizim Ajrin dunyoga keldi…

Uyimiz uch xona bo’lsa ham shaxarni qoq eng qimmat markazlardan birida joylashgan. Kichik ammo joylashuvi yaxshi. Biz endi-endi, farzandlarimiz katta bo’lib qolgani uchun uyga sig’may qoldik… Va hozirgi uyimizni ham sotib yangi uy oldik…

Niyatimizda alohida uy olish bor edi ammo shu nasib qilgan ekan
21🔥5👍3
Men bu uyni 5 oy avval instagramda ko’rib qolgandim va menga juda yoqqandi. Uy katta, 6 xonadan iborat, darvozadan kirgandan so’ng chap va o’ng qo’lda ikkita eshik keladi. Bu degani uy ikki oilaga mo’ljallangan…

O’ng tarafdan meni uyimga kiriladi, u yerda yotoqxona, hammom va mexmonxonasi bor. Bu men uchun juda qulay… Uyni o’rtasida oshxona joylashgan, bu degani ikki tomondan ham oshxonaga o’tsa bo’ladi…
19🔥4👍1🤗1
Qaynonam ovsinim va qaynim bilan birga yashaydilar. Ular tarafda esa 4 ta xona va orqa xovli ham bor va hammani o’zini yuvinish xonasi bo’ladi.

Bizda o’zi erkaklar ishdan kech kelishadi, bir uyda yashasak ham nomahram hisoblanganimiz uchun munosabatlarimizga judayam e’tibor qaratamiz. Shu vaqtgacha qaynimga salomdan tashqari bir gap gapirganimni eslolmayman… Shunday bo’lsa da baribir yanada qulay va erkin bo’lishni xohlardim.
19🔥5👍3
Bir necha oy avval bir tush ko’rdim. Katta bir hovlini oldidan o’tib ketayotganimda, o’sha hovlini tashqaridagi oynasini oldida bir odam turgandi. Shu odamni oldiga bordim va qarasam narvonga chiqib uyni tomidan uzum terayotgandi. U odam menga qaramadi lekin uyni oynasidan yuzini ko’rib qoldim…

Qarasam, Abdullah domla… Kulib turgandilar va uzumlarni terib menga uzatib “Temurjon, Robbim sizga ham mana shunday uyda ahli oilangiz bilan yashashni nasib etsin…” deb duo qildilar. Hayodanmi bilmayman, yuzimga qaramadilar.

Aytgancha, turmush o’rtog’imni ismlari Temur…

Uyni ham eslab qoldim, juda chiroyli uy edi. Ertasiga tushimni turmush o’rtog’imga ham aytib berdim
16😍14👍7🔥4
Oradan bir oz vaqt o’tdi va turmush o’rtog’im menga bir uy ko’rsatdilar. Lekin sal boshqachoraq rasmga olingani uchun uyni tanimadim.

“Shu menga juda yoqdi, bizga mos uy ekan. Lekin aniq qayerda joylashganini bilolmayabman…” dedilar.

Bir necha kun o’tib men avval ko’rib yoqtirgan uyni takroran ko’rib qoldim va turmush o’rtog’imga ko’rsatdim. Ular esa shu payt;

“Bu men senga ko’rsatgan uyku…” dedilar. Hayron bo’ldim va uyni ko’rib chiqdik. Turmush o’rtog’im rasmini, men esa to’liq videosini topgandim. Uy bizga yanada yoqib qoldi. Keyin esa uydagilar bilan ham maslahatlashdik lekin uy egasi “Hech qancha tushurmayman narxini, bekorga ovora bo’lib kelib yurmang…” dedi… Uy esa bizga bir oz qimmatlik qilayotgandi. Ammo na men va na turmush o’rtog’im parvo qilmadik, chunki judayam tavakkalchi insonmiz. Va agar nasibimizda bor bo’lsa albatta Allah yetkazishiga ishonamiz
❤‍🔥168🔥5🌚3👍1
Hullas bizdan tashqari hamma qarshi, men va turmush o’rtog’im “uy egasi o’zi qaytib qiladi va narxni tushiradi…” dedik. Qolganlar esa ishonishmadi. Bunday hodisalar boshimdan ko’p o’tgani uchun imkonsiz bir ishda ham tavakkal qilaman va Allahga to’liq ishonaman.

“Aniq bu uy bizniki bo’ladi…” dedim.

Bir necha kun o’tib, har ehtimolga qarshi biz boshqa uy qarab yurgan paytimiz uy egasi o’zi qo’ng’iroq qilib narxni tushurishini aytdi… ammo ko’p emas, baribir bizni qo’limizdagi mablag’ga to’g’ri kelmayotgandi, chunki turmush o’rtog’im qo’shimchasiga yangi mashina ham olishlari kerak edi.
🔥1410👍4🐳1
Orada uyni ko’rgani borib keldik, judayam chiroyli, shinam uy ekan hayotda ham.

Shu payt, tashqarisida turib bir narsani sezib qoldim…

Bu uy, men tushimda ko’rgan uy edi. Uyning bir xonasining oynasi tashqariga qaragan, tushimda esa Abdullah domla huddi shu oynani oldida turib duo qilgandilar…

Subhanallah… Shu payt yanada amin bo’ldimki, bu uy bizni uyimiz. Robbimga hamd aytdim, butunlay alohida uyimiz bo’lmasa ham, biz uchun alohida sharoitli uy nasib qilgani uchun.

Shu vaqtgacha, hayotimda nimaki yuz bergan bo’lsa barchasiga Robbim mo’jiza ham qo’shib bergan va men har doim nimaki bo’lishidan qat’iy nazar Unga to’liq ishondim, ishonganim uchun esa hech qachon afsuslanmadim.

Uyga keladigan bo’lsak, uyni olishimiz ozgina qiyin bo’ldi ammo bir necha kun avval biz uyni oldik. Robbim nasib etdi. Hafta ohiriga esa biiznillah yangi uyimizga ketamiz.
43😍4🔥2🥰2🐳1
22👍5🔥5
Esdalik bo’lib qolishi uchun rasmga oldim, turmush o’rtog’im ko’rib kulgandilar o’sha payt. “Uyni olganimizdan keyin gullarim bilan bo’lishaman…” degandim.

Hozirda keng tarqalgan so’zni men ham aytib qo’yay…

Niyat qilishdan aslo toxtamang. Amallar, niyatlarga bog’liq va har bir nasib, vaqtiga asirdir. Balki Robbim har narsani siz xohlagandek qilib bermas ammo siz uchun hayrlisini berishi aniq.

Eng muhimi, nasibingiz, dunyoni bir chetida bo’lsa ham, siz unga erishishni imkonsiz deb bilsangiz ham agar Allah nasib qilgan bo’lsa, mutlaqo erishasiz. Ammo erishayotgan vaqtingizda, sabringiz va Allahga bo’lgan ishonch va tavakkulingiz bilan sinalasiz
48👍7🕊5🥰4🔥3
Niyatlarni yozib qo’yishni qandaydir bir hikmati bormi?

Yozda, keyingi ramazonni yangi uyimizda kutib olishimizni niyat qilib yozib qo’ygan ekanman, mana 4 yil deganda ertaga yangi uyimizga ko’chayabmiz. Qizimga homiladorligimda ham tug’ish sanamni yanvarni o’rtalariga bergandi.

Ammo men 22.12.22 sanasida tug’ilishini rossa xohlab telefonimni zametkasiga shu sanani yozib qo’ygandim o’zimcha. Og’riqlarim ancha oldindan boshlanib, shifokorlar ham hali tug’maysan degan vaqtda huddi shu niyat qilgan sanamda qizimni tabiiy dard bilan dunyoga keltirdim.

Ishonasizmi o’sha payt shifokorlarga rossa yalinganman, bugun tug’ib qo’yaman, nimadir qililar degandim… 21.12.22 sanasida kuchli dard boshlangan, shunda ham hayolimda o’sha sanada tug’ish aylanayotgandi. Ulgurmasam kerak deb o’yladim, chunki dardim kuchli bo’lgandi. Keyin esa, soat 12 dan o’tib 02:10 da qizimni niyat qilgan sanamda dunyoga keltirdim…
38❤‍🔥6👍5🔥51
Hozirgi kunda eng katta orzularimdan biri, shu qizni oldiga qo’ygan ovqatimni ohirigacha yeb qo’yishi va boshini yostiqqa qo’yishi bilan uxlab qolishi…

Sutdan chiqargan bo’lsam ham kechasi juda ko’p marotaba yig’lab uyg’onadi, ovqatni tanlab, onda-sonda yeydi… lekin miyya juda zo’r ishlaydi.

Ertaga ko’chishimiz kerak, shkaflarni hammasini bo’shatib qo’ygandim kiyimlarni olib ajrattim, tahladim. Bu qiz bo’lsa, o’zini kiyimlarini olib, yana shkafiga joylab qo’yibti…
🥰33😁2713❤‍🔥2👍1
Biz keldik… 🌸
😍5120👍2🕊2🔥1🍓1🦄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlik paytim 2 yilda bir ko’chib turardik, uy o’zgartirib. Lekin bunchalik qiynalganimni eslolmayman. Turmush o’rtog’im baraka topsinlar, Ajrinni onamga berib turay desam yo’q deb o’zimga qoldirdilar, pishib ketarmushman shunaqa qiynalib-qiynalib. Rostan ham kecha rossa pishdik qizim bilan… Uni dadasidan o’tgan qaysar harakteri tutib qoldi, meni esa asabim… Bolalarni injiqligi o’zi shunaqa payt tutib qolishi kerak-ku.

Shuncha pishganim yetmaganiga, kechasi Ajrin istmaladi. Bir payt uyg’onsam badani qaynoq, o’lchab ham o’tirmasdan dori berdim, qo’limni o’zi termometr bo’lib ketgan. Shamollamagan, lekin nega istmasi ko’tarilganini bilolmadim… Kunduzi urishib-urishib, istmalaganida rahmim kelib, charchog’im ham bilinmay o’tirdim…
25💔4👍2🍓2
Biz tarafda qor… Havo judayam sovuq.

Bugun Ajrinni lorga olib bordik, tomog’i qizarmagan, shamollamagan lekin istma baland. Shunaqa virus aylanib yurgan ekan hozirda, eshtiyot bo’lilar. Uyga qaytganimizdan keyin, kechgi payt istmasi 39.5 ga ko’tarildi, ikki yuzi pomidor.

Ko’p dori berishni yomon ko’raman, shunga tez yordam chaqirdik ohiri. Ukol qildirmoqchi edim lekin hali umuman olmagani uchun, o’rniga huddi shuni svechasini qo’yadigan bo’ldik. Alhamdulillah hozir yaxshi, istmasi tushgan, men esa tepasida uhlolmay o’tiribman, chunki birinchi marotaba bunchalik baland istmada bo’lishi…
😱107👍3🍓2🔥1
Bu qiz har qanday vaziyatda faqat adasini deydiya.

Uyqusirasa ham ada, istmalasa ham faqat ada dedi… men faqat hizmatli ishlarda kerakman. Xonani eshigi yopilib qolib ocholmagan, shu payt ham “adaa adaaa” deb adasini chaqirdi, lekin borib men ochdim
🫠
😁266🔥2👍1🍓1
Bu turmush o’rtog’imni yaqin do’stlaridan hadya bo’ldi💌

Huddi shunaqa stilda rossa xohlardim, hali oshxona mebel tayyor emas, tayyor bo’lishi bilan bitgan xolatini ham ko’rsataman.
🔥2514🕊3😁2🍓2👍1
2025/07/10 12:22:56
Back to Top
HTML Embed Code: