Telegram Web Link
Juda qiyin ish ekan oshxona mebeli joylash… Ertaga in shaa Allah bitarkan, o’zim ham bilmayman hali qanaqa ko’rinishda bo’lishini. Qiziqib ketganimdan orada chiqib qarab turibman.

Uy ovqatini rossa sog’indim, hozircha tashqaridan buyurtma qilib yeb turibmiz…

Mebel tezroq tayyor bo’lsa qizlik uyimga ketaman. Yaqinda 1 oy bo’ladi bormaganimga. Har 15 kunda 2-3 kunga yotgani borardik qizim bilan. Bu safar ko’chish ishlari bilan bo’lib borolmadim
💔
18👍5👏3🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozir qizlik uyimdaman, bilinayotgandir? Qizim bilan ishim yo’q chunki onam borlar… Har kelganimda yig’lasa yoki qorni ochsa huddi meni bolam emas onamni bollaridek tutaman o’zimni… Hammada shunaqami?
😁255🍓2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Onamni yaqinda Xitoyga yuboramiz, ko’chirib kelsalar kerak. Har kelishimda nimadirlar olib qo’ygan bo’ladilar. Uyda nima qidirsangiz hamma narsa topiladi.

Ukamga ham shunaqa o’yinchoq olgan ekanlar. Sifati ancha yaxshi ekan va arzon. Bolani uzoq vaqt chalg’itish va matorikasi uchun yaxshi narsa ekan. Ajringa ham yoqib qoldi, qizimni qo’lida hunari borakan bilmabman…
🤣13😁94🍓2
Bugun yotoqxona uchun gilam ko’rgani bordik… Naqshli och rangda gilam xohlagandim lekin bizni xonaga o’lchami to’g’ri kelmas ekan… Boshqacharoq stilda oldik bu safar.

Sotuvchi bir gap aytdi:

“Bizda ko’pincha bir yilda bir marotaba kiriladigan mehmonxonaga qimmat, sifatli gilam qo’yib, har kuni kiriladigan yotoqxonaga arzon va oddiysini qo’yishadi, o’zi teskarisi bo’lishi kerak…” dedi.

Men ham shu fikrdaman… lekin yosh bolam borligi uchun majburan o’rtachasini oldik, na arzon, na qimmat…

Eron gilamlariga ishqim ketdi… ❤️
20👍6🔥4🍓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona bo’lganimdan so’ng har narsani uddalay oladiganchalik o’zimni kuchli his qilishni va ilk marotaba o’limdan qo’rqishni o’rgandim…
25🥰8💔6🔥3👏1🍓1
Qizimni uxlatdim, ishlarimni tugatdim…

Uy ishlari bilan ovvora bo’lib anchadan beri to’yib ibodat qila olmayotgandim. Bu go’zal kechani ham o’tkazib yuborishni xohlamadim.

Ba’zan, o’tkinchi orzu-havaslarga berilib, ular bilan ovvora bo’lib, haqiqiy lazzatdan uzoqlashib qolamiz.


Holbuki baxt ham huzur-halovat ham Allahga qanchalik yaqinlashsak, bizni o’zi topib keladi…
32👍5🕊5🍓2
Ovqat pishirish men uchun san’at…

Har bir ovqatimga shunga yarasha ihlos va mehr qo’shaman. Bu ayniqsa chiroyli, shinam va toza oshxonada bo’lsa, yanada yoqimli bo’lsa kerak…

Ertalab turmush o’rtog’imni ishga kuzatganimdan buyon mana endi ishlarim tugadi. Majburiyatdan emas, tozalik va tartib o’zimga yoqadi. Ayniqsa perfektsionistligim uchun bir soatlik ish besh soatga cho’ziladi.

Chiroyli nonushta tayyorladim, oshxonani tozalab, tartiblab qo’ydim, xonamizda ham ish ko’p edi, uni ham tugatdim. Oyijon hovlini supurib tozaladilar, holajon esa ovqat qilib berdilar.
21🔥8👍7😁3🍓2🐳1
Eng ohirgi ishlarni ham tugatdim. Oshxonamizda hali duxovka qo’yilmagan. Shunaqa bo’lib bo’lib qo’yaman endi. Lekin juda chiroyli chiqqan… 🏡❤️
🥰148🍓6🔥3😍2🐳1
Assalamu alaykum hammaga hayrli kun

Kecha qizimni krovatini o’zim yasadim. Agar adasini qilib berishlarini kutsak Ajrin yana 1 hafta yerda yotgan bo’lardi. Chunki ishdan charchab kechroq keladilar.

Shu sabab o’zim yasab qo’yaqoldim. Juda charchabman kecha, adasini kiyimlarini yuvib, dazmollagunimcha soat ikki bo’ldi. Hufton o’qib, boshimni yostiqqa qo’yguncha uch
Orada bomdod payti ham uyg’ondik, shu bilan nechida turdim deb o’ylaysiz?
20🍓2
21👍6😍5🍓3
Juftimiz bilan o’rtamizdagi munosabatlar, yaqinlik, hurmat, rahm-shafqat va mehr-oqibat nafaqat bu qisqa dunyoda, balki abadiy hayotda ham eng go’zal xolda davom etishi uchun niyat qilishimiz kerak. Shunda oramizdagi hurmat, mehr va sadoqat samimiy bo'ladi.

Allah’ga, ohiratga va boshqa iymon asoslariga bo’lgan haqiqiy iymon bu baxtni ta'minlab beradi.

Haqiqiy iymon hukmron bo'lmagan oilada hamma narsa vaqtinchalik va manfaatga asoslangan bo’ladi. Oilaning baxti samimiy sevgi, bir-biriga bo’lgan ishonch, sadoqat, hurmat va mehr bilan davom etadi.


Bularning asosiy manbai esa kuchli iymondir.
20🍓6🥰2
Sevishimiz, sevilishimiz, baxtimiz, huzurimiz, tinchligimiz, hattoki jinsiy munosabatlarimiz ham aslida rizq hisoblanadi.

Va biz bularni faqatgina go’zallik, chiroyli kiyimlar, boshni aylantirib qo’yadigan iforlar yoki o’rgangan taktikalarimiz bilan emas, avvalambor Robbimizga bo’lgan iymon va duolarimiz bilan barokatli qilamiz.

Ba'zi nikohlardan ko'p o'tmay, juftlar tortishishni, bir-birlarini ayblashni va o’zgartirishni boshlaydilar. Agar samimiy niyat, suhbatlashish va bir-birini tushunish bilan bu zararli jarayonning oldi olinmasa, juftlar o‘rtasida hissiy yorilishlar boshlanadi va ma’lum vaqtdan so‘ng ular bir-biridan uzoqlashib, sevgi rishtalari zaiflashadi.

Juftingiz bilan munosabatlarni tiklash uchun yana qadam - avvalgi muammolarni unutish, kechirish va o'zingizni yaxshi bilib olishdir.

Chunki siz o'zingizni bilmasdan, qayerda xato qilganingizni tushunmasdan va juftingizdan nima xohlayotganingizni aniq bilmasdan turib, u bilan munosabatlarni osonlikcha tiklay olmaysiz.
22🔥2🥰2
Bu uyda faqat men va erim achiq choy ichamiz. Ayniqsa men, turk choyiga o’rganib qolganim uchun har doim achiq ichaman☕️🤍
27👍5🍓3🌚1
2025/07/09 13:29:52
Back to Top
HTML Embed Code: