Telegram Web Link
Kizimdan 🌷🫶🏻
Yoshim o’tgan sari haqiqiy baxtning va baxtlilarning chindan ham faqatgina Jannatda ekanligiga amin bo’layabman.

Biz insonlar doim orzular qilamiz. Qaysidir orzuimizga erishganimizda, baxtli va hotirjam bo’lamiz deb o’ylaymiz.

Aslida unday emas… Dunyodagi barcha ne’matlar bizga vaqtinchalik hursandchilik beradi. Haqiqiy baxt esa vaqtinchalik bo’lmaydi, abadiy bo’ladi.

Shunday onalar bor, qancha qiyinchilik bilan farzand dunyoga keltiradi, farzand bu dunyodagi eng go’zal ne’matlardan biri bo’lgani sabab, u ona farzandiga har qaraganida o’zini dunyodagi eng baxtli insondek his qiladi. Ammo bir oz vaqt o’tib, farzandi hayotdan ko’z yumadi. Shu vaqt u qanday ahvolga tushadi?


Yoki aytaylik, bir ayol turmush quradi, qisqa yoki uzoq muddat judayam jufti bilan baxtli onlar yashaydi, sevadi, seviladi… Va u ham oradan vaqt o’tib juftidan ayriladi… Birgina ayriliq sabab, dunyodagi eng baxtli insondan, eng baxtsiz insonga aylanadi.

Shu haqiqatdan ham bilsak bo’ladiki, dunyo foniy, undagi ne’matlar ham foniy
Biz haqiqiy baxtning lazzatini faqatgina Jannatda ta’tib ko’ramiz.

Dunyo hattoki bir hayot ham emas aslida. Kichik bir panjara va har birimiz shu panjaradan qarab-qarab o’tamiz holos.

Ba’zan judayam quvonib ketaman Jannatdagi baxtni, ne’matlarni o’ylab. Tasavvur qilay desam, tasavvurim cheklangan. Robbimni ko’raman, Rasulim sallallahu alayhi va sallamni ko’raman, dunyoda ayrilib qolgan yaqinlarimga abadiy xolda erishaman deyman… deymanu, uyalib ham qolaman.

Shu baxtga yarasha qani nimam bor? Sabrim? Shukrim? Iymonim? Ibodatim shundoq ham Robbimning marhamatiga sazovor qilolmaydi meni, nimam borki, shu abadiy ne’matga yetkaza oladi meni deyman…
Aytaymi nima?

Muhabbat

Allahga bo’lgan muhabbat…

Vallohi, agar Robbimizga bo’lgan muhabbatimiz haqiqiy bo’lsagina, Uning marhamatiga erisha olamiz.

Allahning marhamatiga erishgan insongina Jannat ahlidan bo’la oladi. Unga haqiqiy muhabbat bilan bog’lanmagan, Uning birgina go’zal ismini eshitib ham qalbi larzaga kelmaydigan inson, Uning marhamatiga ham erisha olmaydi.


Chunki Allah joy olgan qalb, eng go’zal qalbdir…


Xatolar qiladi, gunohlarga botadi, yaqinlashadi, uzoqlashadi… Ammo baribir Robbisiga qaytadi.

Shu sababdan ham bizning eng afzal, eng go’zal orzuimiz Robbimizning muhabbati bo’lsa, biz haqiqiy baxtli insonga, haqiqiy baxtning sohibiga aylanamiz…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kizlaar, hayitlik oldilarmi? Kim nima oldi? Men qurug’ini ham xo’lini ham olmadim… lekin umid uzmadim haliyam kutib o’tiribman
Xayrli kech devochki…

Bugun kunlardan cheesecake. Bu safar o’zi ham shu cheesecake’dek shirin bir qizga qilaman. Kimga qilayotganimni ohirida aytaman


🤍🍓
Magnitga borgandik, qarasam master klass uchun qidirib topolmayotgan hamma narsam bor ekan.

Yagodalardan tashqari shu yerdan olmoqchiman hamma narsani🫶🏻
Shuni atigi 5 daqiqada tayyorladim. Qo’l o’rganib ketgandan keyin ancha oson bo’larkan. O’quvchilarimni ham shunaqa usta qilib qo’yaman yaqinda… 🫶🏻🫐
Qisqichbaqa burjidanman…

Borgan joyimizda shunaqa krablar sotisharkan. Shuni turmush o’rtog’imga ko’rsatib o’zimni ta’riflab berdim:

«Ko’rdizmi, hotiniz ham huddi shunaqa, tashqi tomoni qattiq qobiq, ichi esa yumshoqqina…»

Harakterim rostan shunaqa, tashqaridan qaraganda judayam jiddiy va qattiq ko’rinaman. Aslida esa samimiy va judayam mexribon insonman. Afsuski bu tarafimni hamma ham ko’rolmaydi. Chunki odamlar hozirda faqatgina zohirda bo’lganga qarab fikr yuritadi, ichki dunyo bilan hech kimni ishi yo’q.

Inson shunday qobiliyatli mahluqotki, o’zini har qanday xolatda ko’rsata oladi. Kulish oson, yaxshi gapirish oson, o’zini yaxshi insondek ko’rsatish ham juda oson
Ammo qalbini, ichki dunyosini boshqacha ko’rsatolmaydi.

Shu sababdan ham insonlarni tashqi ko’rinishiga va gap-so’ziga qarab baho bermayman, aldanmayman ham


🫶🏻
2025/07/05 21:40:40
Back to Top
HTML Embed Code: