Bugungi kunimizdan 🫶🏻
Zooparkka bordik, ichida yangi joy ochilibti, shunaqa har xil qushlar bor ekan va bemalol qo’lga olish ham mumkin… Ko’k rangdagisi ozgina asablari joyidamasdek ko’rindi qiliqlaridan. Yelkamga chiqib qulog’im tagida rossa baqirdi.

Hech kim bilan musobaqada emasman…
Kimnidir pastga tortish, ustun bo’lish, e’tibor yoki maqtov qozonish kabi bir dardim yo’q.
Aslida meni musobaqam faqat o’zim bilan:
Boshqa bir insonga na bir nafratim, na bir talabim, na bir yomon niyatim bor. Shunchaki, xatolarimni tuzatishga, gunohlardan uzoqlashishga, Robbim bilan munosabatimni go’zal qilishga, o’zimni rivojlantirishga, kechagidan ko’ra yaxshiroq inson bo’lishga, hayotimda bir yo’l chizishga, qo’limdan keladigan ishlar bilan band bo’lishga harakat qilayabman.
Yagona raqibim, kechagi men.
Ishoning, boshqalar meni qiziqtirmaydi, men ham boshqalarni qiziqtirmay jimgina yashab o’tishni, hech kim menga tegmasligini, boshimni og’ritmasligini xohlayman.
Chunki men, faqatgina Robbimni rozi qilish uchungina dunyoga kelganman. Barcha harakatim va o’zim bilan bo’lgan musobaqam ham aynan shu uchun…

Ko’chalarni supurib, suv sepib keldik.
Har doim nima ish qilsam qizim yonimda bo’ladi, qarashga odam yo’q chunki.
Bu safar kolyaskasida o’tirdi, shunisi qulayroq ekan. Har safar yo’lga yugurib ketardi, shu bahona ishimni ham tez tugatib oldim.

Urishqoq, joyida gapni yopishtiradigan odamlarga rossa havasim keladi. Aynan shunday insonlar qadr va hurmat ko’radi chunki. Qancha harakat qilsam ham shuni hech uddalolmadim. Aslida tabiatan judayam vijdonli insonman. Aynan vijdonga borib taqaladi bu, yomonlik qilolmaslik, boshqa bir insonni o’zidan o’zi yoki arzimagan sababdan kamsitib, haqorat qilolmaslik.
Pichoq suyakka taqalib, portlamagunimcha osonlikcha bunday ish qilolmayman. Ko’pincha ichimga yutib, sukutni tanlayman.
Janjal qilish, haqoratlar yog’dirish, kesatuv gaplar gapirishni emas.
Eng qizig’i esa, shunday bo’lsam ham baribir bu odamlarga yoqmaydi.
Baribir yomonman, nima qilish kerak o’zi?

Muvaffaqiyatli ayol.
Ishonchli, ongli, shukur va duo qiladigan, faqatgina foydali narsalar o’rganadigan va o’rgatadigan ayol, muvaffaqiyatli ayoldir. Haromlarga qarshi e’tiborli bo’lgan xolda, o’zini va oilasini ulardan himoya qila oladigan ayol muvaffaqiyatli ayoldir.
Qul haqqi, qo’shni haqqi va erining haqqiga rioya qiladigan, vaqtini behudaga sarflamaydigan ayol muvaffaqiyatli ayoldir.
Uning har bir oni ibodat, hizmat va shariy faoliyatlar bilan to’ladir. Ozodadir, mehnatkashdir va sabrlidir. Hashamat va isrofi yo’qdir. Shkafiga kiyadiganidan, dasturhoniga yeydiganidan ortiqchasini qo’ymaydi.
Serial, musiqa, g’iybat va birovlarning hayotlaridagi yangiliklar uning uyidan joy olmaydi. Uyida farzandlariga o’qituvchi, eriga esa o’quvchidir. Muvaffaqiyatli ayol ibodatlarini kechiktirmaydi, buyuk ihlos va mehr bilan ado qiladi. Qur’on oyatlari bilan uyini fayz va barokatga to’ldiradi.
Erining ishdan kelishini chiroyli, toza kiyimlar va tabassum bilan kutib oladi. G’am-tashvishini unuttiradi, rohatlantiradi. Shirin so’zi, ta’sirli nigohi va latofati bilan uni o’ziga yanada bog’lab oladi.
Erining sirlarini birovlarga aytmaydi, molini behudaga sarflamaydi. Muvaffaqiyatli ayol go’yoki erishish qiyin bo’lgan qal’a kabidir. Boshqa ayollardan ajralib turadi. Bozorlarda, ko’chalarda, do’konlarda o’zini ko’rsatmaydi. Chunki o’zini qadrli deb biladi.
Kim bilan qayerda va qanday muomala qilishni juda yaxshi biladi. Qalbi yumshoq va tili shirindir. Insonlarni tanqid qilmaydi, ayblarni berkitadi. Vaqti kelganida raxmat aytishni ham uzr so’rashni ham biladi.
Osiyodan sabrni, Maryamdan iffatni, Hadichadan vafoni, Aishadan esa sadoqatni oladi. G’iybat qilmaydi, g’iybat eshitmaydi, g’iybat qilinayotgan joyda esa bir soniya ham o’tirmaydi.
G’azab va asabiylikdan uzoq turadi. Shunday vaqtlarda esa sukut qilishni biladi. Keraksiz tortishuvlarga aslo kirmaydi. Aqllidir, aqlidan foydalanishda ustadir. Qo’li ochiqdir, Allah yo’lida sarflashda ziqnalik qilmaydi.
Robbim barchamizga shunday soliha ayol bo’lishni nasib etsin…

Insonlarni ularga yaxshilik qilgan sari tanishni boshlaysiz.
Ayniqsa eng yaqinim deganlaringizchalik hech kim sizni hayron qoldirmaydi.
Shunday vaziyatlarga tushib qolasizki, go’yo endi hech bir insonga ishonolmaydiganchalik his qilasiz. Ishoning, tajriba yosh o’tgan sari orttirilmaydi. Insonlarga ishonib, ularga yaqinlashgan sari orttiriladi.
Ahmoq o’rniga qo’yilasiz, foydalanilasiz, turtilasiz, orqadan itarilasiz…
Bir qarabsizki, endi siz avvalgi siz emassiz. Yosh, boshingizga qaramasdan, ajdarhoga aylanasiz.

Bugungi kunga ozgina kayfiyatsiz boshladim…
Sababi, darsimiz bekor qilindi. Faqatgina harajatni qoplaydiganchalik odam qo’shilgandi, o’zimga foyda qolmasa ham baribir qilaman dedim.
Bugun esa bir qizimiz qatnasholmasliklarini aytgandan keyin bekor qilishga majbur bo’ldim.
Shu payt turmush o’rtog’im bilan nonushta qilayotgandik, yig’laganimni ko’rib rossa nasihat qildilar ohiri. Boshidan xohlamagandilar o’zi.
“Ayol kishini asosiy vazifasi bu onalik. Shundoq ham onalik qiyin mas’uliyat, huddiki erkak kishi oilasini ta’minlashidek. Sen esa, shu qiyin vazifani qilayotganing yetmagandek, erkak kishi qiladigan vazifani ham o’zingga yuklanmoqchisan. Umuman keragi yo’q, haqiqiy investitsiya bu bola… Sen qizim bilan shug’ullan, Oldinlari hamma narsani tekinga o’rgatarding, judayam qiziqayotgan bo’lsang, tekinga o’rgat…” dedilar.

Bu uchun ancha harakat qildim. Lekin nimadir ishni qilmasligim kerak bo’lsa Robbim doim bir belgi beradi.
Qancha harakat qilsam ham o’xshamaydi. Agar men pul uchun qilganimda, qilolgan bo’lardim. Ammo o’rganishni istaganlar uchun yordam berish edi niyatim. Allah ham niyatimga ko’ra berdi. Demak, shunisi hayrli ekan.
Kuzatib turilar, sekin-sekin o’rgatib boraman…

Erkak kishini miyyasida asosan ikki narsa yashaydi…
Pul topish va jinsiy ehtiyoj.
Bu ikki narsa doim uning miyyasida aylanadi. Ular ayollar kabi yig’lab, do’stiga dardini doston qilib yengil bo’lolmaydi. Shu sabab u ichidan parchalanadi.
Bu ikkisi uning miyyasida aylanish bilan qolmaydi, bir-biriga bog’liq ham bo’ladi. Ulardan biri yaxshi va joyida bo’lsa ikkinchisiga ham ta’sir qiladi.
Ayolning iliq quchog’i, unga yoqimli yaqinlik yashata olishi, shirin so’zlari erkakning ruhiy dorisidir aslida. Sifatli yaqinlik - unga tinchlik, kuch, motivatsiya va o’ziga bo’lgan ishonch beradi.
Juftingizni tushunishni, undan uyalmasdan, tortinmasdan, haqiqiy mashuqalardek hissiyotlar yashatishni istasangiz DESIRE ayollar klubimizga yoziling.
Bu yerda siz o’ylagandek yoqimsiz, ortiqcha mavzular emas balki ikki juftni bir-biriga yaqin qilib, ularning muhabbatini ziyoda qiladigan mavzular mavjud.
taplink.cc/desirekurs ❤️📨