Telegram Web Link
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Prezident qaroriga muvofiq, davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazish belgilangan.

Agentlik tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlanib, “e-anticor.uz” elektron platformasida baholashni amalga oshirish uchun yangi modul yaratildi.

Joriy yil davlat tashkilotlari faoliyatidagi 5 mingdan ortiq funksiyada korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi shakllantirildi.


Korrupsiyaviy xavflar qanchalik to‘g‘ri va xolis baholanganligi haqida sizning ham fikringiz, takliflaringiz muhim.

🗓Mulohazalaringizni ushbu
havola
orqali
16-aprel
sanasiga qadar yuborishingiz mumkin.


📌Maʼlumot o‘rnida: Agentlik va jamoatchilik takliflari asosida har bir davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi shakllantirilib, birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dasturdan o‘rin olgan choralar yil yakuniga qadar amalga oshiriladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#brifing
Ertaga, 8-aprel kuni AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi Prezident topshiriqlari ijrosi hamda 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash natijalari

Boshlanish vaqti: 10:00
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#brifing
AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing boshlandi.
Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi Prezident topshiriqlari ijrosi hamda 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash natijalari


Brifingni Agentlik va АOKАning Facebook tarmogʼidagi rasmiy sahifasida jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat organi va tashkilotlarining 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha 102 ta davlat tashkilotining (jumladan, 13 tasi ilk marotaba, 89 tasi esa takroran) 2024-yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, davlat tashkilotlari faoliyating samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

▫️41 tasi “yaxshi” (81-100 ball);
▫️53 tasi “qoniqarli” (55-80 ball);
▫️8 tasi “qoniqarsiz” (55 balldan past).

Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 73,8 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 4,9 ballga (95 ta davlat tashkiloti tomonidan o‘rtacha 68,9 ball), 2022-yilga nisbatan esa 14,3 ballga (62 ta davlat tashkiloti tomonidan 59,5 ball) oshgan.

Shuningdek, ijobiy natijani qayd etgan davlat tashkilotlarida o‘tgan davr mobaynida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan.


2023-yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan 13 ta davlat tashkiloti faoliyatida o‘sish kuzatildi.

Xabar to’ldirildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#reyting
O'tgan yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan va bu yilgi faoliyatida o‘sish kuzatilgan davlat tashkilotlari:

▫️Yoshlar ishlari agentligi – 85 ball (2023- yilda – 10 ball);
▫️“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ – 83 ball (28 ball);
▫️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 82 ball (50 ball);
▫️Madaniy meros agentligi – 82 ball (22 ball) ;
▫️Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – 78 ball (5 ball);
▫️Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi – 72 ball  (18 ball) bilan ijobiy natijaga erishdi.

Shuningdek, “O‘zbekko‘mir” AJ  (48 ball) o‘tgan yili ijobiy natija (2023 yilda – 60 ball) qayd etgan bo‘lsa, joriy yil “qoniqarsiz” toifadan joy oldi.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyati 9 ball bilan (2023-yilda – 16 ball) ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” deb baholandi.

Eng yuqori natija “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (96 ball), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (95 ball), Markaziy bank (94 ball), Soliq qo‘mitasi, (92 ball), “O‘zbekneftgaz” va “Uzbekistan Airports” AJlari (92 ball), Raqamli texnologiyalar va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari (91 ball) tomonidan qayd etildi.

Batafsil
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov davlatimiz rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Namangan viloyatida o‘ziga biriktirilgan mahallalar faoliyati, kambag‘allikni qisqartirish ishlari hamda hududda infratuzilmani rivojlantirish holatini o'rgandi.

Dastlab mahalla yettiligining faoliyati, yoshlar daftari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ichki yo'llarning ta'mirlanishi, elektr tarmoqarini tortish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan suhbat tashkil qilinib, ularning taklif va murojaatlari, muammolari tinglandi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Namangan viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida ochiqlikni ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Davlatimiz rahbarining bir qator farmon va qarorlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar yuklatilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishmoqda.

Ma’lumot uchun: Loyiha doirasida Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarining 21 ta tumanida qurilish ishlarini olib borish belgilangan. Loyihaning umumiy qiymati —183,6 mln AQSh dollari.

Loyiha doirasida viloyatning 5 ta (Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Pop, Chust va Mingbuloq) tumanidagi 132 ta mahallaga 66,4 mln dollar ajratilgan bo‘lib, joriy yil 1-aprel holatiga 32,23 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilgan.


Birinchi bosqichda 80 ta mahallada jami 177 ta subloyiha tanlab olingan.

Loyihani amalga oshirish davomida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida har bir mahalladan faol fuqarolar guruhlari shakllantirilib, mazkur fuqarolar subloyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida ishtirok etishi ta’minlanmoqda.


Ishchi guruh nazorat tadbirlari davomida Chust tumanidagi "Buloqboshi" hamda Pop tumanining "Eski to‘da" va "Obihayot" mahallalarida qurilayotgan sport inshootlari bilan tanishdi.

Mas’ullarga loyiha doirasida belgilangan ishlarni muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Loyihani amalga oshirish davomida mablag‘larning maqsadli sarflanishi va bu jarayonlarda ochiqlikning ta’minlanishi bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/09 21:56:51
Back to Top
HTML Embed Code: