Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida korrupsiyaning oldini olish ishlarining holati tanqidiy muhokama qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida o'tkazilgan sayyor majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida "korrupsiyasiz soha" loyihasining ijro etilishi yuzasidan axborot berdi.
Taʼkidlanganidek, loyiha doirasida elektron shaklda ko‘rsatiladigan 10 dan ortiq davlat xizmati joriy etilib, 8 turdagi hujjat va maʼlumotni aholidan talab qilinishi to‘liq bekor qilindi.
220 nafar xodimda manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Majlisda shu kabi ijobiy ishlar bilan bir qatorda, ayrim muammoli holatlar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, davlat xaridlari va byudjet mablag‘laridan foydalanish sohasidagi qonunbuzilishi holatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish, raqamlashtirish orqali taʼlim muassasalarida ishga qabul qilish jarayonida korrupsion omillarni bartaraf etish, autsors xizmatini butun respublika bo‘ylab to‘liq tashkil qilish lozimligi bildirildi.
Shu va boshqa masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarning hisoboti tinglanib, ular zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.

Navoiy viloyatida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari Milliy kengash yig‘ilishida tanqidiy ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining bugun Navoiy viloyati Konimex tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida viloyatda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.
Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 14-19 aprel kunlari viloyatning Qiziltepa, Konimex, Xatirchi tumanlari, Zarafshon va Navoiy shaharlarida sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi, kadastr-qurilish sohalarida 30 ga yaqin obyektda o‘tkazilgan o‘rganishlarda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida jiddiy kamchiliklar aniqlandi.
Majlisda Akmal Burxanov ushbu o‘rganish yakunlari bo‘yicha axborot berdi.
— dedi Akmal Burxanov.
O‘rganish davomida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ygan viloyatning 15 nafar davlat xizmatchisiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini belgilash, ijro intizomini oshirish va tegishli rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.
Qayd etilgan masalalar yuzasidan sohalarga masʼul bo‘lgan rahbarlarning tushuntirishlari eshitildi.
Muhokama yakuni bo‘yicha masʼullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining bugun Navoiy viloyati Konimex tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida viloyatda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2023-yilda 211 nafar shaxs tomonidan 145 ta, 2024-yilda esa 350 nafar shaxs tomonidan 263 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilib, bu turdagi jinoyatlar soni 81,4 foizga oshgan.
Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 14-19 aprel kunlari viloyatning Qiziltepa, Konimex, Xatirchi tumanlari, Zarafshon va Navoiy shaharlarida sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi, kadastr-qurilish sohalarida 30 ga yaqin obyektda o‘tkazilgan o‘rganishlarda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida jiddiy kamchiliklar aniqlandi.
Majlisda Akmal Burxanov ushbu o‘rganish yakunlari bo‘yicha axborot berdi.
Afsuski, ayrim
“Ishonch telefonlari”
nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi. Davlat tomonidan bepul tarqatiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida aholi yetarlicha xabardor emas. Maktabgacha va maktab taʼlim yo‘nalishida
korrupsiyaviy holatlar
asosan ishga qabul qilish, dars soatlarini taqsimlash, xususiy maktabgacha taʼlim muassasasini ochishga yordam berish jarayonlarida yuzaga kelmoqda. Imtiyozli kreditlar ajratish, qurilish sohasida yer ajratish, ko‘p qavatli turar-joy majmualari qurishga ruxsat berish, shuningdek, qurilish obyektlarini qabul qilish jarayonida ham
tamagirlik
holatlari uchramoqda
,
— dedi Akmal Burxanov.
O‘rganish davomida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ygan viloyatning 15 nafar davlat xizmatchisiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini belgilash, ijro intizomini oshirish va tegishli rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.
Qayd etilgan masalalar yuzasidan sohalarga masʼul bo‘lgan rahbarlarning tushuntirishlari eshitildi.
Majlisda
Konimex tumanini tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish
ga oid alohida amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Muhokama yakuni bo‘yicha masʼullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar tanlovi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik tashabbuslari: raqamli texnologiyalar, media, xalqchil qonunchilik va korrupsiyaning gender jihatlari" nomli loyiha tashabbuslari tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovga fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yo‘nalishlardagi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Korrupsiyaga qarshi jurnalistika va OAV — surishtiruv va tahliliy jurnalistikani, aholini korrupsiya masalalari bo‘yicha xabardor qilish, mediasavodxonlikni rivojlantirish va ustuvor sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarini yoritish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
- Raqamli va texnologik yechimlar — korrupsiyaviy amaliyotlarni aniqlash, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni raqamli yechimlar asosida bartaraf etish;
- Qonun ijodkorligi va korrupsiyaga qarshi ekspertizada ishtirok etish — NNT va faol fuqarolarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, monitoring qilish va jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazishga jalb qilish;
- Inklyuzivlik va ehtiyojmand guruhlar — yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan aholi qatlamlarining ehtiyojlariga yo‘naltirilgan tashabbuslarni ishlab chiqish va ularni korrupsiyaga qarshi kurashishga keng jalb qilish hamda jamoatchilik nazoratida ishtirok etishlariga sharoit yaratish;
- Korrupsiyaning gender jihatlari — korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning gender jihatlarini o‘rganishga qaratilgan, xotin-qizlarni zamonaviy korrupsiyaga qarshi amaliyotlarga jalb qiluvchi va xotin-qizlarning korrupsiyaga qarshi kurashish drayverlaridan biri sifatidagi rolini kuchaytiruvchi tashabbuslar.
⏳Hujjatlar 2025-yilning 25-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
👉Tanlov shartlari haqida batafsil ma‘lumot bu yerda.
Eslatma: Talabgorlar ariza topshirishdan oldin grant tartib-qoidalari bilan tanishish, tanlov hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, shuningdek, huquqiy va moliyaviy savodxonlikni oshirishga oid axborot onlayn-sessiyalarda ishtirok etishi shart.
Onlayn sessiyalar sanasi va vaqti:
▫️2025-yil 11-iyun kuni soat 10:00 da;
▫️2025-yil 18-iyun kuni soat 10:00 da.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 7000 AQSH dollarigacha.
⏳Hujjatlar 2025-yilning 25-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
👉Tanlov shartlari haqida batafsil ma‘lumot bu yerda.
Eslatma: Talabgorlar ariza topshirishdan oldin grant tartib-qoidalari bilan tanishish, tanlov hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, shuningdek, huquqiy va moliyaviy savodxonlikni oshirishga oid axborot onlayn-sessiyalarda ishtirok etishi shart.
Onlayn sessiyalar sanasi va vaqti:
▫️2025-yil 11-iyun kuni soat 10:00 da;
▫️2025-yil 18-iyun kuni soat 10:00 da.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh Samarqand viloyatida o‘rganish o‘tkazdi
Samarqand viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida viloyatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tasdiqlangan “Yo‘l xarita” asosida sog‘liqni saqlash, taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarini raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish, ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga samarali joriy etish borasida masʼullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
— dedi Akmal Burxanov.
Yig‘ilishda “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Samarqand viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida viloyatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tasdiqlangan “Yo‘l xarita” asosida sog‘liqni saqlash, taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarini raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish, ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga samarali joriy etish borasida masʼullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Joriy yilning aprel oyida viloyatda o‘rganish o‘tkazildi. Aprel oyida viloyatdagi 20 nafar davlat xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, monitoring jarayonida 52 nafar davlat xizmatchisi hali ham tadbirkorlik subyektida ulushga ega ekanligi maʼlum bo‘lmoqda. Shuning uchun masʼullardan “Yo‘l xarita”dagi har bir vazifaga jiddiy eʼtibor qaratish, targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, xodimlarni o‘qitish, ochiqlikni taʼminlash kabi doimiy ishlar bilan cheklanmasdan yangi tashabbuslarni ilgari surish, yanada masʼuliyatli bo‘lish talab etilmoqda,