Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si doirasidagi dastlabki ishlar muhokama qilindi

Avval xabar berganimizdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruh hududiy ishchi guruhlar faoliyatini hamda har bir belgilangan vazifaning sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish tadbirlarini davom ettirmoqda.

Xususan, Ishchi guruh rahbarlari - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida Namangan viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha dastlabki ishlar muhokamasi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda "Yo‘l xarita"da korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarida korrupsiya omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Muhokamalarda viloyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish, kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shuningdek, Dasturda maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, elektr va gazdan foydalanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:

▫️tumandagi 49 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom ovqatlantirish tizimini to‘liq autsorsing asosida tashkil qilish;

▫️maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Ota-onalar kengashi” yoki “Jamoatchilik kuzatuv guruhi”ni tashkil etish, bunda ular autsorsing xizmati sifatini baholash, shikoyat yoki takliflarni yig‘ish, hisobotlar yuritilishini monitoring qilishni amalga oshiradi;

▫️tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va xodimlarning davomatini nazorat qiluvchi “Face-ID” qurilmalarini o‘rnatish va davomat haqida ota-onalarga “SMS” xabar berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

▫️tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalardagi hamshira va vrach lavozimlariga 0,25, 0,5 va 0,75 shtat birliklari asosida ishga qabul qilish amaliyotiga chek qo‘yish;

▫️tug‘uruq bo‘limlarida “suyunchi puli” va “kuzatish marosimi”ni to‘liq taqiqlashga qaratilgan normativ-tashkiliy choralar ko‘rish, muassasada zarur ogohlantiruv maʼlumotlarini joylashtirish;

▫️tibbiyot muassasalaridagi mavjud dori vositalari ro‘yxati va bo‘sh koykalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yagona tibbiyot axborot tizimi orqali ko‘rib borish imkoniyatini yaratish;

▫️elektr va gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlarini qog‘oz shaklidagi dalolatnomalarda rasmiylashtirishdan to‘liq voz kechish va noqonuniy ulanish holatlarini “E-dalolatnoma” axborot tizimiga to‘liq o‘tkazish choralarini ko‘rish;

▫️“Raqamli bozor” dasturini joriy etish orqali:

– bir martalik yig‘imlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni inson omilisiz, shu jumladan onlayn “QR” kod bilan tasdiqlanadigan to‘lash tizimini barcha savdo nuqtalarida joriy etish;

▫️har bir mahallada “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi loyihalar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida tashabbuskor guruhlarni shakllantirish.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/05 07:09:08
Back to Top
HTML Embed Code: