Telegram Web Link
Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish ishlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh To‘rtko‘l tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirishga oid chora-tadbirlar rejasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisida berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq taʼminlash bo‘yicha masʼullarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Ishchi guruh dastlab Chora-tadbirlar rejasida sog‘liqni saqlash, taʼlim, bandlik, qurilish, kadastr va boshqa korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish borasida belgilab olingan aniq vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan dastlabki ishlar bilan tanishdi.

Ayni jarayonda dehqon va buyum bozorini raqamlashtirish, avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish, mahallarda imtiyozli kreditlar haqida aholining xabardorligini oshirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi, ayrim muammo va kamchiliklar joyida hal etildi.

Mas'ullar bilan Chora-tadbirlar rejasidan o'rin olgan har bir vazifaga jiddiy mas'uliyat bilan yondashish, korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda korrupsiyaviy omillarga chek qo‘yish, raqamlashtirish jarayonlarini kuchaytirish, byurokratik tartiblarni bekor qilish jarayonlarini birgalikda to'g’ri tashkil etish masalalari muhokama qilib olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish o‘tkazdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev boshchiligidagi Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida Amudaryo va Xo‘jayli tumanlarida amalga oshirilayotgan dastlabki ishlarni o‘rgandi.

Xususan, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasida fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratish, bepul va pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, tibbiy jihozlar va dori vositalari bilan taʼminlash sifatini oshirish, ishga qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash kabi yo‘nalishlarda ko‘rilayotgan choralar masʼullar bilan birga muhokama qilindi.

Har ikki tumandagi bozor va savdo komplekslari faoliyatini raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish chog‘ida bir martalik yig‘imlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni inson omilisiz amalga oshirish, avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish masalalarida tavsiyalar berildi.

Mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda esa imtiyozli kredit mablag‘lari va subsidiyalarni ajratishda shaffoflikni ta‘minlash, aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni joyida bartaraf etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Ishchi guruh tomonidan Xo‘jayli tumanida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan holatlar, byurokratik to‘siqlarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularga oqilona yechim topishga qaratilgan mexanizmlarni samarali joriy etish borasida ham masʼullarga taklif va tavsiyalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 03:05:28
Back to Top
HTML Embed Code: