Telegram Web Link
Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish o‘tkazdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev boshchiligidagi Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida Amudaryo va Xo‘jayli tumanlarida amalga oshirilayotgan dastlabki ishlarni o‘rgandi.

Xususan, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasida fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratish, bepul va pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, tibbiy jihozlar va dori vositalari bilan taʼminlash sifatini oshirish, ishga qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash kabi yo‘nalishlarda ko‘rilayotgan choralar masʼullar bilan birga muhokama qilindi.

Har ikki tumandagi bozor va savdo komplekslari faoliyatini raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish chog‘ida bir martalik yig‘imlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni inson omilisiz amalga oshirish, avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish masalalarida tavsiyalar berildi.

Mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda esa imtiyozli kredit mablag‘lari va subsidiyalarni ajratishda shaffoflikni ta‘minlash, aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni joyida bartaraf etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Ishchi guruh tomonidan Xo‘jayli tumanida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan holatlar, byurokratik to‘siqlarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularga oqilona yechim topishga qaratilgan mexanizmlarni samarali joriy etish borasida ham masʼullarga taklif va tavsiyalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 12:50:02
Back to Top
HTML Embed Code: