Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish bo'yicha maxsus davlat idorasidir.


Agentlikning asosiy vazifa va vakolatlari haqida batafsil videoda tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
“Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Ishchi guruh rahbarlari tomonidan korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan kadastr, taʼlim, bandlik, energetika hamda davlat xaridlari sohalarida korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni samarali va to‘g‘ri tashkil etish lozimligi taʼkidlandi.


Agentlik direktori Respublikada shu vaqtga qadar o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi xususida to‘xtalib, xususan, ko‘rilayotgan choralarga qaramay, hamon saqlanib qolayotgan ayrim kamchiliklarga mutasaddi rahbarlar, masʼul ijrochilar eʼtiborini qaratdi.

O‘rganishlarimizda Respublika miqyosida jami
18 nafar boshqaruv xodimi
21 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik va rahbarlik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi. Yoki Xo‘jayli, Shumanay, Taxiatosh, Beruniy tumanlari va Nukus shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytida ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish darajasi, afsuski, shu kecha-kunduzda ham qoniqarsiz ahvolda,

dedi Akmal Burxanov.

Masʼullarga bu kabi salbiy holatlarni tezkor bartaraf etish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar bilan cheklanib qolmasdan yangi tashabbuslarni ilgari surish, masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish lozimligi alohida qayd etildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil e-anticor.uz elektron platformasi orqali “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatiga oid jami 42 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.

Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 15 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 12 tasida “o‘rta”, 15 tasida “past” darajada.

Jumladan:

- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish;

- muammoli aktivlar va garov ta’minoti bilan ishlash;

- korporativ kredit amaliyotlarini muvofiqlashtirish;

- xaridlarni olib borish;

- start-up loyihalarini sherikchilik asosida moliyalashtirish kabi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori” deb baholandi.

Hozirda bank tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.


Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.

Infografikada bu haqdagi ma'lumotlar batafsil aks etgan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Shu kunlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida Transparensy International tashkilotining 2024-yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 28 ball bilan 126-o‘rinni egallagani haqida noto‘g‘ri maʼlumot tarqatilmoqda.

Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Joriy yilning 11-fevral kuni eʼlon qilingan mazkur Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 32 ball bilan 121-o‘rinni egalladi, o‘tgan 2023-yilga nisbatan egallangan o‘rnimiz o‘zgarishsiz qolgan, lekin so‘nggi yetti yilga solishtirganda 37 pog‘ona yuqorilagan.

Indeksda mamlakatimiz ko‘rsatkichlari Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida ijobiy tomonga o‘zgargan 5 ta (Gruziya, Moldova, Ukraina, Kosovo) davlatdan biri bo‘lgani alohida taʼkidlandi.


Masalan, so‘nggi besh yillik ko‘rsatkichi +7 ball hamda o‘n yillikda +13 ballni tashkil etgan holda yaxshi natijalarni qayd etib kelmoqda.

Shuningdek, Indeksda past baholangan va o‘zgarishsiz qolgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning reyting manbalari bilan aloqalar o‘rnatish, “Transparency International” tashkilotining tavsiyalari asosida O'zbekistonning Indeksdagi pozitsiyasini yanada yaxshilash yuzasidan muntazam ravishda ish olib borilmoqda.

Xususan, bu borada alohida “yo‘l xaritasi” qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda.

Jumladan, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun, “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.


Hozirgi vaqtda davlat xizmatchilarini “Halollik tekshiruvidan o‘tkazish”(public integrity), korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilishning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.

Yuqoridagilarga ko‘ra, OAV vakillarini O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi imijiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi tasdiqlanmagan va rasmiy manbalarga tayanilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka, axborotni to‘g‘ri talqin qilish va uni jamoatchilikka xolis yetkazishga chaqiramiz.

Shu bilan birga, Agentlik o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni ishonchli, xolis va haqqoniy yoritib borishda soha vakillari bilan hamkorlikka doim tayyor va ochiq ekanligini bildiramiz.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
В эти дни в СМИ распространяется ложная информация о том, что Узбекистан занял 126 место из 180 стран в Индексе восприятия коррупции Transparency International за 2024 год с результатом 28 баллов.

В этой связи Агентство по противодействию коррупции сообщает следующее:

По результатам данного Рейтинга, опубликованного 11 февраля 2025 года, Узбекистан занял 121 место из 180 стран с результатом 32 балла, и место не изменилось с 2023 года, но за последние семь лет страна поднялась на 37 позиций.
 
В Индексе особо отмечено, что наша страна вошла в число 5 стран (Грузия, Молдова, Украина, Косово), чьи показатели в регионе Восточной Европы и Центральной Азии изменились в положительную сторону.

 
Так, например, показатель Узбекистана за последние пять лет составил +7 баллов, а за последние десять лет +13 баллов, что свидетельствует о положительной динамике.

Также ведётся регулярная работа по установлению контактов с рейтинговыми источниками международных организаций по показателям, которые получили низкие оценки и остаются неизменными в Индексе, и дальнейшему улучшению позиций Узбекистана в Индексе на основе рекомендаций Transparency International.
 
В этой связи принята отдельная «Дорожная карта» и обеспечивается её реализация.

В частности, приняты закон «О конфликте интересов» и Постановление Президента Республики Узбекистан «О мерах по внедрению системы непрерывного повышения знаний населения и государственных служащих в сфере противодействия коррупции».

 
В настоящее время принимаются меры по проведению проверки государственных служащих на добропорядочность (public integrity), совершенствованию деятельности подразделений внутреннего антикоррупционного контроля, дальнейшему укреплению правовых основ защиты осведомителей.
 
В свете вышеизложенного призываем представителей СМИ не распространять неподтвержденную и необоснованную информацию, негативно влияющую на международный имидж Узбекистана, правильно интерпретировать информацию и беспристрастно представлять её общественности.
 
В то же время, заявляем, что Агентство по противодействию коррупции всегда открыто и готово к сотрудничеству с представителями отрасли в обеспечении достоверного, беспристрастного и правдивого освещения проводимой работы по приоритетным направлениям своей деятельности.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga oid eng muhim yangiliklar, ishonchli va tezkor xabarlar bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishing!

📱 Telegram
www.tg-me.com/antikor_uzb
www.tg-me.com/SherzodSaparov

📱 Facebook

📱 Instagram

📱 Youtube

📱 X (Twitter)

Agentlikning Facebook va Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

Ishonchli manbalardan axborotni oling!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish masʼul xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri va Quva tumanida “Zamonaviy yechimlar orqali korrupsiya va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, aholi orasida ularga qarshi murosasiz muhitni yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha kompleks dastur” ijrosi o‘rganilib, masʼullarga amaliy hamda uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Dastur ijrosi bo‘yicha har ikkala hudud uchun respublika darajasidagi manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, viloyat hamda tuman darajasidagi tizimlarda ishlovchi malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda alohida ishchi guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar ular tomonidan kundalik nazoratga olingan va muvofiqlashtirib borilmoqda.

Ishchi guruhlar mazkur hududlardagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, ushbu illatga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, Dasturdagi har bir soha va yo‘nalish doirasidagi tadbirlar ijrosini masʼullar ishtirokida muhokama qilmoqda.

Jumladan, Quva tumanidagi 61 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasasi, buyum va dehqon bozorlari faoliyati misolida raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, masʼullarga ayni yo‘nalishdagi tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘rganish tadbirlari davom etmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil e-anticor.uz elektron platformasi orqali “Biznesni rivojlantirish banki”ning faoliyatiga oid jami 20 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.

Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 5 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 15 tasida “o‘rta”darajada.

Jumladan:

kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish;

lizing berish;

qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarz berish;

qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;

hujjatlar yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish kabi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori” deb baholandi.

Hozirda bank tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.


Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish ishlarining holati tanqidiy muhokama qilindi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida o‘tkazilgan sayyor majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umed Mavlyanov Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida "Korrupsiyasiz soha" loyihasining ijro etilishi yuzasidan axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, loyiha doirasida mablag‘larni maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan masofaviy tarzda monitoring va nazoratni olib borish bo‘yicha vazirlikning Situatsion markazi tashkil etildi.

Respublikada bemorlarning yagona maʼlumotlar bazasini yaratish maqsadida “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”, “Elektron tibbiy karta”, “Laboratoriya”, “Emlash (vaksinatsiya)”, “Elektron retsept" va “Homilador ayollar hisobi” kabi modullarni o‘zida jamlagan Yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED) ishlab chiqildi.

Mazkur axborot tizimiga ayni vaqtda 3 841 ta tibbiyot muassasasi ulangan, u orqali o‘tgan yil dekabr oyidan 28 millionga yaqin aholining elektron tibbiy kartasi shakllantirildi.

Majlisda shu kabi ijobiy ishlar bilan bir qatorda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, davlat xaridlarini amalga oshirish, ochiqlikni taʼminlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi ayrim muammoli holatlar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, bemorlar davolanishi uchun mo‘ljallangan jami o‘rin (joy) soni haqida onlayn maʼlumot beruvchi elektron platformani ishga tushirish, moliyaviy qarorlarni qabul qilishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, tizimdagi rahbar xodimlarning malaka attestatsiyalari tashkil etilishida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini joriy etish, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va lavozimlar reyestrini ishlab chiqish lozimligi yuzasidan takliflar bildirildi.

Shu va boshqa masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarning hisoboti tinglanib, ular zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/12 12:47:37
Back to Top
HTML Embed Code: