Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda qanday omillar korrupsiyaga yo‘l ochyapti? 

Imtiyozli kreditlar ajratilishida tamagirlik, talon-torojlikning oldini olish bo‘yicha qanday yo‘l tutilmoqda? 

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari yetarli samara beryaptimi?  

Bandlikni taʼminlashda ochiqlik va shaffoflik qay darajada taʼminlanmoqda? 

Respublika idoralararo ishchi guruhning olis va chekka hududlarda korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalardagi o‘rganishlari davom etmoqda. Bu galgi manzil Xorazm viloyatining Urganch tumani.  


O‘rganish tafsilotlari rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Xorazm viloyatida korrupsiya holati muhokama qilindi

Ayni paytda Xorazm viloyatida bo‘lib turgan Respublika idoralararo ishchi guruhi Urganch va Hazorasp tumanlarida korrupsiya darajasi yuqori bo'lgan sog‘liqni saqlash, bandlik, maktabgacha va maktab taʼlimi, kadastr-qurilish sohalarida 10 dan ortiq obyektda o‘rganishlar o‘tkazdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida o‘rganishlarning dastlabki yakunlari hamda hududiy kengashning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.


Taʼkidlanganidek, o‘rganish davomida yuqoridagi sohalarda korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida ishlar samarali tashkil etilmaganligi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida “inson omili” hamon saqlanib qolayotganligi  qayd etildi. Ishchi guruhning amaliy ko‘magida ayrim muammo va kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

— Davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi har oyda bir marta tanlab olingan soha bo‘yicha korrupsiyaviy omillarni o‘rganish va takliflar berishi lozimligi bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Hududiy kengash viloyatdagi dastlabki o‘rganishlarini aynan sog‘liqni saqlash, bandlik va taʼlim sohalaridan boshlashi maqsadga muvofiq, deb hisoblayman,— dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov.


Yig‘ilishda korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish, noqonuniy davlat xaridlariga chek qo'yish, davlat idoralari faoliyati ochiqligini taʼminlash kabi muhim yo‘nalishlarda sustkashlikka yo'l qo'yilayotgani ta'kidlandi.

O‘rganish yakunlaridan kelib chiqib, hududiy Kengashning yangilangan yillik ish rejasi hamda
Hazorasp tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish
bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.


Viloyatdagi o‘rganish ishlari hafta yakuniga qadar davom ettiriladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Surxondaryo mahallalarida kambag‘allik darajasini kamaytirish holati o‘rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga muvofiq, kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromadli mehnat bilan band qilish borasida belgilab berilgan vazifalarning Qumqo‘rg‘on (“Toyfang”), Uzun (“Saxovat”), Oltinsoy (“Barkamol avlod”) tumanlarida ijro etilish holatini o‘rgandi.

Ayni jarayonda tuman mahallalaridagi kambag‘al oilalar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning turmush shart-sharoitini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilayotgan choralar bilan tanishildi.

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mas‘ullar tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilinib, har bir oilani ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, daromadini oshirish, ehtiyojmand insonlarning xohishi va imkoniyatini ro‘yobga chiqarishda "Mahalla yettiligi", mahalla bankiri va boshqa ijrochilar bilan o‘zaro hamkorlikni taʼminlash yuzasidan tavsiyalar berildi.


O‘rganish mobaynida mahallalar hududida tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
“O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi bo'yicha natija va rejalar muhokama qilindi

Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi bo'yicha kengash yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda loyiha doirasida o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi rejalar muhokama qilindi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya loyihasi ishlab chiqildi. Korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish bo‘yicha tayyorlangan qonun loyihasi Markaziy Osiyoda ushbu yo‘nalishdagi dastlabki tashabbuslardan biri bo‘ldi.


“Shaffof shaharlar” va “Halol munitsipalitetlar” metodologiyasi Mirzo Ulug‘bek, Vobkent tumanlari hamda Jizzax shahrida sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, NNTlarning eng samarali 8 ta tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yig'ilishda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlardan kelib chiqib, loyiha doirasidagi yangi tashabbus va takliflar muhokama qilindi.


Unga ko'ra, endilikda “Gender va korrupsiya”, “Korrupsiya xavfini kamaytirishda surishtiruv jurnalistikasining o‘rni” mavzularida tadqiqotlar o‘tkazish hamda mahalliy yaxlitlik tizimini baholash (LISA) jarayonini amalga oshirish ko'zda tutilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalardagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalardagi o‘rganishlar Farg‘ona viloyatida ham olib borilmoqda.

Xususan, Respublika idoralararo ishchi guruhining Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida o‘tkazilgan o‘rganishlarida pullik va bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, ular to‘g‘risidagi axborotlardan jamoatchilikning xabardorligini oshirish bilan bog‘liq jarayonlarda qator kamchiliklar aniqlandi.


Farg‘ona shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan aholini bandligini taʼminlash, ochiq tanlovlar o‘tkazish, shahardagi barcha tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etilishini taʼminlash ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilmagan.

Xalq bankining viloyat filiali faoliyatida esa elektron navbatlar tashkil qilish, imtiyozli kreditlar ajratish, sohani raqamlashtirish bilan bog‘liq jarayonlarda ayrim sustkashliklar aniqlandi.

Kadastr, qurilish, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, bandlik, bank tizimidagi o‘rganishlar
Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari, Uchko‘prik, Oltiariq tumanlari
da ham o‘tkazildi.


Mazkur sohalarda aholi duch kelayotgan boshqa muammo va to‘siqlar xususida fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilinib, sohaga masʼul rahbarlar bilan birga muhokama qilindi va ularni tezkor bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/09 21:55:34
Back to Top
HTML Embed Code: