Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublikaning eng chekka tumanlarida ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, birinchi darajali eng dolzarb muammolarni aniqlash aholi bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalarda olib borilayotgan o‘rganishlarning navbatdagi manzili — Namangan viloyati Uychi tumani.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va respublika ishchi guruhi tomonidan tumanda sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi sohalari, mahallalarda korrupsiyaning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari holati o‘rganilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati o‘rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va respublika idoralararo ishchi guruhi davlat rahbarining topshiriqlari ijrosi doirasida Navoiy shahri va Konimex tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holatini o‘rgandi.

Jumladan, Navoiy shahrining “Chinor” mahallasidagi o‘rganishlarida “Mahalla yettiligi” bilan aholi o‘rtasidagi muloqot, murojaatlarni hal qilish tezkorligi, jinoyatchilikning oldini olish choralari bilan tanishilib, mavjud muammolar yuzasidan taklif va murojaatlari tinglandi.

Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevt xodimlarini malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filiallari faoliyati misolida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, bemorlarni qabul qilish, elektron tizimlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

Taʼlim-tarbiya jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, pedagog xodimlarning mehnat shart-sharoitlari hamda raqamli yechimlarning joriy etilishi holati Navoiy shahridagi 20-, 22-sonli maktablar va 25-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi o‘rganishlarda eʼtibor markazida bo‘ldi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatida esa mehnat bozorida teng imkoniyatlar yaratish, tanlovlarda ochiqlikni taʼminlash va aholining keng qatlamini qamrab olish, fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirilgan dasturlar, aholining ehtiyojmand qatlamiga yordam berish mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.  

Konimex tumanida kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi ishonch muhitini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar hamda jamoatchilik nazoratining samarasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Endigi vazifa — aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib, fuqarolarning kundalik hayotida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdir.

Bu bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan masʼullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 17:05:48
Back to Top
HTML Embed Code: