Telegram Web Link
“Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xakaton” g‘oliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, Agentlik tomonidan IT-Park, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni” tashkil etilgan edi.

2-may kuni start berilgan xakaton bugun oʻz nihoyasiga yetdi. 3 kun mobaynida 150 ga yaqin yosh dasturchilar o‘zaro bellashdi.

Final bosqichida jamoalarning loyihalari yuzasidan taqdimot va dasturiy mahsulotlari ekspertlar tomonidan baholandi.

Xakaton shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar tomonidan ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda quyidagi yo‘nalishlarda oid yechimlar ishlab chiqildi:

- davlat xaridlari, sport,qurilish, moliya va sug‘urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;

- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;

- ochiq ma’lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakaton yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar gʻolib deb topildi:

1-o‘rin “Uzinfocom” (Davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish);

2-o‘rin “Equilibrium” (ML algoritmlari orqali davlat xaridlari va boshqa auksionlarda korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash tizimi);

3-o‘rin “Austrum team” (“Xaj” va “Umra” ziyorat tadbirlarini tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish).


Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘olib jamoa joriy yilning sentabr oyida Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni (“Coding4Integrity”)da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun "Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasidir” mavzusi uchun davlat granti tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda Respublikaning 14 ta hududidagi fuqarolik jamiyati institutlari ushbu mavzuga qaratilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori 200 000 000 so‘mgacha.


Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Shuningdek, Jamoat fondining hududiy bo’linmalari tomonidan e’lon qilingan grant tanlovlarida ham korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi kiritilgan.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan
grant miqdori — 150 000 000 so‘mgacha
.


Arizalarni qabul qilish muddati — 30-may (soat 18:00 gacha).
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati bo'yicha o'rganish o'tkazildi

Qarshi shahri, Chiroqchi, Ko‘kdala, Yakkabog‘, G‘uzor tumanlarida sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, qurilish, kadastr va maktabgacha taʼlim sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida bir necha muhim masala o‘z yechimini kutmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umed Mavlyanov boshchiligidagi Ishchi guruhning Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlari natijasi shundan dalolat bermoqda.

O‘rganishlarda yuqorida qayd etilgan korrupsiya xavfi yuqori sohalardagi 65 ta hududiy bo‘linma va mahallalar faoliyati qamrab olindi.


Ular tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ayrim ishlar samarali tashkil etilmaganligi, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida “inson omili” hamon saqlanib qolayotganligini ko‘rsatdi.

Shu bois
davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalardan
kelib chiqib, ushbu hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha masʼullar bilan zarur vazifalar belgilab olindi.


Ushbu vazifalar sohalarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish, byurokratik tartiblarni bekor qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, aholining korrupsiyaga qarshi murosasizligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzani ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonuni loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda.

Mazkur Qonun loyihasi bilan Milliy maʼruzani Oliy Majlis palatalariga taqdim etish muddati har yili 1 aprelgacha etib belgilanmoqda.

🗓Jamoatchilik muhokamasi 3 kundan so'ng yakunlanadi.


Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruza Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili tayyorlanadi.

Maqsad — O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan huquqiy, tashkiliy-amaliy hamda institutsional islohotlar natijalari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish.

Milliy Maʼruza
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis palatalari
tomonidan ko‘rib chiqiladi.


Agentlik tomonidan tayyorlangan Milliy maʼruzalar matni bilan bu yerda to‘liq tanishish mumkin.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Тиббий суғуртани жорий қилиш сурункали сурилиб келаётгани кескин танқид қилинди. Тошкент шаҳрида ўтган йили, Қорақалпоғистон, Навоий, Самарқанд, Фарғона, Сурхондарё ва Хоразмда бу йили ушбу тизим ишга тушиши керак эди. Суғурта жамғармаси фақат тайёр пулни тақсимловчига айланиб қолгани кўрсатиб ўтилди.

Белгиланган ислоҳотларимиз қанчалик тўғри бўлмасин, тизим рақамлашмаса, кутилган натижага эриша олмаймиз”,

- деди Президент.

Лекин мутасаддилар тизимни тўлиқ рақамлаштириш у ерда турсин, оддий “электрон рецепт”ни ҳам ишга тушира олмагани танқид қилинди. “Электрон поликлиника”, “Электрон шифохона”ни жорий этишда ҳам жиддий оқсоқликлар бор.

“Вазирлик раҳбарлари дунёқарашини ўзгартириб, фидойи бўлмаса, масъулиятни ҳис қилиб, сўровни кучайтирмаса, ислоҳотлар маҳаллагача етиб бормайди”,

- деди давлатимиз раҳбари.

Шу боис, йўл қўйилган камчилик ва хатолар учун соғлиқни сақлаш вазирининг ўринбосарлари Д.Султанов, Ф.Шарипов лавозимидан озод этилди, вазир ўринбосари О.Омонов 6 ойда рақамлаштиришда ўзгариш қилмаса, ишдан олиниши ҳақида огоҳлантирилди.

Facebook|Instagram|X
Ногиронликни белгилашда ВКК – врачлик-маслаҳат комиссиялари деган коррупцион тизимдан тўлиқ воз кечилиши белгиланди. Эндиликда ногиронлик оилавий шифокор расмийлаштирган ҳужжат асосида тиббий-ижтимоий экспертиза комиссияси томонидан белгиланади.

Мутасаддиларга бу тизимни 1 июндан Тошкент шаҳри ва Навоийда, 1 сентябргача қолган ҳудудларда тўлиқ жорий қилиш топширилди.

Шу билан бирга, касалликларни барвақт аниқлаш ва асоратларини камайтириш бўйича ҳам янги маҳаллабай тизим бўлади.

Масалан, Иштихондаги поликлиникага ва маҳаллаларга вилоятдаги кардиология, эндокринология ва она-бола марказлари, марказий шифохона врачлари бириктирилади. Улар маҳаллаларда юриб, аҳолини тўлиқ диагностикадан ўтказади, бириктирилган оилавий шифокорларга касалликларни эрта аниқлаш ва даволашни жойида ўргатади, даволаш ва диагностика бўйича янгича ёндашувларни поликлиникада жорий қилади.

Самарқанд тиббиёт университети профессор-ўқитувчилари, магистратура битирувчилари илмий ишларини шу ерга келиб ёзади.

Йил якунида натижа бўлса, маҳаллага бириктирилган ушбу мутахассислар ойлигининг 2 карра миқдорида мукофотланади.

Facebook|Instagram|X
Тиббиётни ривожлантириш бўйича йиғилишда айтилган катта ташаббусларнинг ижроси жойларда, энг аввало, бирламчи бўғинда сўзсиз таъминланиши шартлиги қайд этилди.

Ҳар бир вазир, ҳоким, депутат ва сенатор жойлардаги шароитни ўз кўзи билан кўрса, қолаверса, ўзи ва оила аъзолари ўз ҳудудидаги оилавий поликлиникага чиқиб, ҳудудий шифохонасида даволанса, бу ислоҳотларнинг тезроқ пастга тушишига хизмат қилиши алоҳида таъкидланди.

Мутасадди раҳбарларга дори-дармон ишлаб чиқариш, олиб келиш, рецептли дориларни дорихонада сотиш, бу жараёнларни рақамлаштириш, тиббиёт тизимида маблағларни тўғри ишлатиш, рақамлаштириш ва суғуртани жорий этиш, коррупцияни йўқотиш, содда қилиб айтганда, одамларни рози қилиш бўйича ислоҳотлар ижроси устидан тўлиқ назорат ўрнатиш топширилди.

Ҳар бир поликлиника, шифохона, марказда одамларни тиббиётдан рози қилиш, қатъий интизом ўрнатиш ва маданият олиб кириш, бунинг ижросини мунтазам муҳокама қилиб, раҳбарларнинг жавобгарлигини кўриб чиқиш учун масъуллар белгиланди.

Йиғилиш давомида соҳа ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари ва қўйилган вазифалар ижросини ташкил этиш бўйича режалари тингланди.

Facebook|Instagram|X
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi muhtaram faxriylarimizni, ko‘p millatli xalqimizni — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Vatanga sodiq, xalqqa sadoqatli bo‘lib yashash, tinchlik-osoyishtalikni asrash va qadrlash, jasoratli bobolarimizni ulug‘lash va ularga munosib davomchi bo‘lish saodati barchamizga nasib etishini tilaymiz!


———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, bandlikni taʼminlashda qanday omillar korrupsiyaga yo‘l ochyapti?

Korrupsiyaga qarshi kurashishda rahbar-xodimlar zimmasidagi masʼuliyat va javobgarlikka mos tarzda ish ko‘ra olyaptimi?


Bu kabi muhim masalalar Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatining Angren shahri, Yangiyo‘l, Ohangaron va Zangiota tumanlarida olib borilgan o‘rganishlarda eʼtibor markazida bo‘ldi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/12 14:27:11
Back to Top
HTML Embed Code: