Namangan shahri mahallalarida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida o‘ziga biriktirilgan hududlar — Namangan shahridagi “Ibrat”, “Chinor”, “Chaman” va “Oydinko‘l” mahallalarida navbatdagi o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Qurilish-taʼmirlash ishlari uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali mazkur mahallalarga 20 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 5.3 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.
Shuningdek, 61 ta mikroloyiha foydalanishga topshirilib, 122 ta yangi ish o‘rni yaratildi, 44 nafar fuqaroga 993 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratishi hisobiga yangi tadbirkorlik subyektlari ish faoliyatini boshladi.
O‘rganish mobaynida mahallalardagi fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning muammolarini hal qilish, bandligini taʼminlash, yashash sharoitlarini yaxshilash va farovonligini oshirish bo‘yicha galdagi manzilli choralar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

O‘rganishda mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash yoki ularda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, internet sifatini oshirish, ichki yo‘llarni taʼmirlash va boshqa infratuzilmani yaxshilash maqsadlari uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, rejadagi ishlar qay darajada samarali amalga oshirilayotganligiga eʼtibor qaratildi.
Qurilish-taʼmirlash ishlari uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali mazkur mahallalarga 20 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 5.3 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.
Dastur doirasida 329 ta oilaning bandigini taʼminlash, 74 tasiga subsidiya, 53 tasiga esa imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish hamda 104 nafari xatlov natijasida sharoiti yaxshilanganligi sababli “Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi oilalar soni ayni paytda 384 tani tashkil etib, yil boshiga nisbatan
517 taga yoki 9 foizga kamayishiga erishildi.
Shuningdek, 61 ta mikroloyiha foydalanishga topshirilib, 122 ta yangi ish o‘rni yaratildi, 44 nafar fuqaroga 993 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratishi hisobiga yangi tadbirkorlik subyektlari ish faoliyatini boshladi.
O‘rganish mobaynida mahallalardagi fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning muammolarini hal qilish, bandligini taʼminlash, yashash sharoitlarini yaxshilash va farovonligini oshirish bo‘yicha galdagi manzilli choralar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Bugun Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo'lib o'tadi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirirgan ishlar yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar natijalari muhokama qilinadi.
Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov korrupsiya holati eng ko‘p yuzaga kelayotgan sohalar bo'yicha viloyat miqyosida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari yuzasidan axborot beradi.
Tafsilotlar rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirirgan ishlar yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar natijalari muhokama qilinadi.
Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov korrupsiya holati eng ko‘p yuzaga kelayotgan sohalar bo'yicha viloyat miqyosida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari yuzasidan axborot beradi.
Tafsilotlar rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Milliy kengash Jizzax viloyatida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining bugun Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida viloyatda jinoyatchilik holati va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning asosiy sabablari tanqidiy muhokama qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2024-yil davomida 412 nafar shaxs tomonidan 303 ta, joriy yilning 1-choragida esa 88 nafar shaxs tomonidan 71 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan. Oqibatda 2024-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 86 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Majlisda Akmal Burxanov ushbu o‘rganish yakunlari bo‘yicha axborot berdi.
- dedi A.Burxanov.
Muhokama yakuni bo‘yicha masʼullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining bugun Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida viloyatda jinoyatchilik holati va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning asosiy sabablari tanqidiy muhokama qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2024-yil davomida 412 nafar shaxs tomonidan 303 ta, joriy yilning 1-choragida esa 88 nafar shaxs tomonidan 71 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan. Oqibatda 2024-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 86 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 21-26 aprel kunlari Jizzax shahar, Sharof Rashidov, Baxmal, G‘allaorol va Mirzacho‘l tumanlaridagi korrupsiya holati eng ko‘p yuzaga kelayotgan sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi, kadastr-qurilish sohalarida 60 dan ortiq obyekt hamda mahallada o‘tkazilgan o‘rganishlar ham qator kamchilik va muammolarni yaqqol ochib berdi.
Majlisda Akmal Burxanov ushbu o‘rganish yakunlari bo‘yicha axborot berdi.
Mazkur sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, shuningdek, unga imkon berayotgan shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish ishlari yetarli darajada tashkil etilmaganligining guvohi bo‘ldik, xususan, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida "inson omili" ustuvor bo‘lib qolayotgani, ma'lumotlar ochiqligi taʼminlanmayotgani hamda tashkilotlarning tashkiliy-tashviqot ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi maʼlum bo‘ldi.
- dedi A.Burxanov.
O‘rganishlar mobaynida kambag‘allikni qisqartirish va
bandlik sohasida 7 nafar, kadastr 5 nafar, qurilish 4 nafar, bank va sog‘liqni saqlash sohasida 1 nafar
dan xodim muqaddam
korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan
ligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlandi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan
12 nafar davlat xizmatchisiga nisbatan
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193⁴-moddasi asosida
maʼmuriy bayonnoma
rasmiylashtirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini belgilash, ijro intizomini oshirish va tegishli rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.
Qayd etilgan masalalar yuzasidan sohalarga masʼul bo‘lgan rahbarlar tomonidan tushuntirish berildi.
Majlisda
Sharof Rashidov tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud
”ga aylantirishga oid alohida amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Muhokama yakuni bo‘yicha masʼullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Jizzax viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashishda masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlis yakunida o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, bank sohalaridagi turli darajadagi rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Milliy kengash qarori qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan barcha hududlarda korrupsiya xavfi yuqori sohalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlis yakunida o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, bank sohalaridagi turli darajadagi rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Milliy kengash qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, jami 14 nafar rahbardan 3 nafarini lavozimidan ozod etish, 9 nafariga hayfsan, 2 nafarini rotatsiya qilish choralarini qo‘llash tavsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan barcha hududlarda korrupsiya xavfi yuqori sohalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha har bir hudud kesimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks "Yo‘l xarita"lari tasdiqlanib, masʼuliyatsizlik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan masʼul rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat tashkilotlarining ishonch telefonlari faoliyati o'rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan qayta aloqa tizimlarining samaradorligi darajasi, shuningdek, ishonch telefonlari faoliyatining sifati “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri orqali o’rganib borilmoqda.
Bunday tadbirlar orqali qayta aloqa tizimining samaradorligi darajasi telefon qo‘ng‘iroqlarga o‘z vaqtida javob berilishi, aloqa raqamlari orqali ariza, taklif va shikoyatlar qoldirish imkoniyati yaratilganligi, shuningdek, murojaat etuvchilarga real vaqt rejimida o‘zlari masʼul bo‘lgan sohaga oid tushuntirish va yuridik maslahatlar berish mexanizmi joriy etilganligi baholanadi.
Joriy yil 13-16 may kunlari Agentlik tomonidan 104 ta davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyati masofaviy monitoring tartibida o‘rganildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi ishonch telefonlari esa ishchi holatda emasligi aniqlandi va holat yuzasidan mas’ullar bilan bog‘lanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Qayd etilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha ushbu vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritildi.
Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlaridagi qayta aloqa tizimlarining samaradorligi darajasini o'rganish ishlari davom ettiriladi.

O‘rganishlarda qator vazirlik va idoralar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilingan idoraviy aloqa (ishonch telefonlari) raqamlari orqali bir necha bor bog‘lanishga harakat qilinganda qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi ishonch telefonlari esa ishchi holatda emasligi aniqlandi va holat yuzasidan mas’ullar bilan bog‘lanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.
O’rganish davrida
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Yoshlar ishlari agentligi
ning rasmiy veb-saytda e’lon qilingan idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) raqamlari ishchi holatda emasligi aniqlandi.
Qayd etilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha ushbu vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritildi.
Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlaridagi qayta aloqa tizimlarining samaradorligi darajasini o'rganish ishlari davom ettiriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh Andijon viloyatida o‘rganish o‘tkazdi
Andijon viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida viloyatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ayni masalalar ijrosiga masʼullar — xalq deputatlari Kengashlari raislari, Korrupsiyaga qarshi hududiy kengash raislari va viloyat prokurori tomonidan olib borilayotgan ishlarning dastlabki natijalari muhokama qilindi.
Muhokamalarda viloyatda ochiqlikni taʼminlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirish bo‘yicha ishlar yetarli darajada olib borilmayotganligi qayd etildi.
— dedi Akmal Burxanov.
Yig‘ilish yakunida “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish, kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, Ishchi guruh korrupsiya xavf-xatari yuqori bo‘lgan sohalar kesimida viloyatning Asaka tumani va Andijon shahrida belgilangan obyektlarda korrupsiyaviy omillarni o‘rgandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Andijon viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida viloyatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tasdiqlangan mazkur “Yo‘l xarita”da korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sog‘liqni saqlash, taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarida korrupsiya omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish belgilangan.
Yig‘ilishda ayni masalalar ijrosiga masʼullar — xalq deputatlari Kengashlari raislari, Korrupsiyaga qarshi hududiy kengash raislari va viloyat prokurori tomonidan olib borilayotgan ishlarning dastlabki natijalari muhokama qilindi.
Muhokamalarda viloyatda ochiqlikni taʼminlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirish bo‘yicha ishlar yetarli darajada olib borilmayotganligi qayd etildi.
“Yo‘l xarita” ijrosi doirasida raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish, ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha yangi mexanizmlarni ishlab chiqishimiz, ularni amaliyotga samarali joriy etishimiz talab etiladi. Shu sababli, viloyat prokuraturasi va Respublika ishchi guruhi aʼzolaridan topshiriqlar ijrosini tashkil etishda masʼullarga doimiy uslubiy ko‘mak ko‘rsatib borilishi lozim,
— dedi Akmal Burxanov.
Yig‘ilish yakunida “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish, kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, Ishchi guruh korrupsiya xavf-xatari yuqori bo‘lgan sohalar kesimida viloyatning Asaka tumani va Andijon shahrida belgilangan obyektlarda korrupsiyaviy omillarni o‘rgandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir noto‘g‘ri qaror halollikdan uzoqlashtiradi. Korrupsiya hayotingizni nazorat qilishiga yo‘l qo‘ymang!
Mazkur videorolik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Mening yurtim 5" telekanali, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri bilan hamkorlikda tayyorlangan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!