Telegram Web Link
IHTTning Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-raund monitoringi asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarda O‘zbekistonda kelgusida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan:

- korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralarning mustaqilligi va samaradorligini oshirish;

- sudya va prokurorlarni tayinlash va hisobdorlik jarayonlarini oshkora qilish;

- xabar beruvchilarning himoyasi mexanizmlarini kuchaytirish;

- mol-mulk va manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish tizimini takomillashtirish;

- davlat xaridlari va xususiy sektorda halollikni oshirish;

- korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash.

Tadbir doirasida har bir yo‘nalish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlar o‘rtasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, IHTTning tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” taqdimot qilindi va uni samarali amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si doirasidagi dastlabki ishlar o’rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruh hududiy ishchi guruhlar faoliyatini hamda har bir belgilangan vazifaning sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish tadbirlarini davom ettirmoqda.

Xususan, Ishchi guruh rahbarlari— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev Buxoro viloyatida “Yo‘l xaritasi” doirasidagi dastlabki ishlar bilan tanishdi.

Ishchi guruh Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozorida savdo va avtoturargohlarni raqamlashtirish va yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish orqali korrupsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’sullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek Ishchi guruh viloyat ichki ishlar boshqarmasining Situatsion-tahliliy markazida bo‘ldi.

Markaz ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini axborot texnologiyalari asosida boshqarishga ixtisoslashgan bo‘lib qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatlashgan tarzda yig‘iladi va qayta ishlanadi.

Ishchi guruh tomonidan bu yerda barcha huquq-tartibot idoralari va shoshilinch xizmatlar ma’lumotlarini integratsiya qilish orqali viloyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

O’rganish ishlari davom etmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
G‘ijduvon tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga oid chora-tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ishtirokida G‘ijduvonda tumanni korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Chora-tadbirlar rejasi” muhokamasi bo‘lib o'tdi.

Agentlik tomonidan viloyat korrupsiyaga qarshi hududiy kengashi hamda tuman mutasaddilari bilan birgalikda ishlab chiqilgan mazkur Rejada:

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, kadastr va qurilish sohalarida korrupsiya omillarini bartaraf etish;

2. Maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini joriy etish;

3. Tumanda korrupsiya darajasi yuqori bo'lgan sohaga mas'ul rahbarlarni rotatsiya qilish choralarini ko'rish hamda barcha darajadagi xodimlarni ochiq tanlov asosida vacancy.argos.uz elektron platformasi orqali ishga qabul qilish amaliyotini joriy qilish;

4. Talaba va o‘quvchilardan iborat “Yoshlar - korrupsiyaga qarshi” nomli klubni tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi loyiha” va boshqa tanlovlarni o'tkazish;

5. Tumandagi mahalliy ijro etuvchi idoralar rahbarlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qilingan ishlar to'g'risida axborot berib borish amaliyotini yo'lga qo'yish;

6. Aholi o'rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish maqsadida tumanda keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot kampaniyasini amalga oshirish kabi tadbirlar o‘rin olgan.

Mas‘ullarga Rejadagi topshiriqlar ijrosini o'z vaqtida va samarali ta‘minlash, bu borada masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/04 21:14:37
Back to Top
HTML Embed Code: