G‘ijduvon tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga oid chora-tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ishtirokida G‘ijduvonda tumanni korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Chora-tadbirlar rejasi” muhokamasi bo‘lib o'tdi.
Agentlik tomonidan viloyat korrupsiyaga qarshi hududiy kengashi hamda tuman mutasaddilari bilan birgalikda ishlab chiqilgan mazkur Rejada:
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, kadastr va qurilish sohalarida korrupsiya omillarini bartaraf etish;
2. Maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini joriy etish;
3. Tumanda korrupsiya darajasi yuqori bo'lgan sohaga mas'ul rahbarlarni rotatsiya qilish choralarini ko'rish hamda barcha darajadagi xodimlarni ochiq tanlov asosida vacancy.argos.uz elektron platformasi orqali ishga qabul qilish amaliyotini joriy qilish;
4. Talaba va o‘quvchilardan iborat “Yoshlar - korrupsiyaga qarshi” nomli klubni tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi loyiha” va boshqa tanlovlarni o'tkazish;
5. Tumandagi mahalliy ijro etuvchi idoralar rahbarlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qilingan ishlar to'g'risida axborot berib borish amaliyotini yo'lga qo'yish;
6. Aholi o'rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish maqsadida tumanda keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot kampaniyasini amalga oshirish kabi tadbirlar o‘rin olgan.
Mas‘ullarga Rejadagi topshiriqlar ijrosini o'z vaqtida va samarali ta‘minlash, bu borada masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida korrupsiyaning oldini olish ishlarining holati tanqidiy muhokama qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida o'tkazilgan sayyor majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida "korrupsiyasiz soha" loyihasining ijro etilishi yuzasidan axborot berdi.
Taʼkidlanganidek, loyiha doirasida elektron shaklda ko‘rsatiladigan 10 dan ortiq davlat xizmati joriy etilib, 8 turdagi hujjat va maʼlumotni aholidan talab qilinishi to‘liq bekor qilindi.
220 nafar xodimda manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Majlisda shu kabi ijobiy ishlar bilan bir qatorda, ayrim muammoli holatlar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, davlat xaridlari va byudjet mablag‘laridan foydalanish sohasidagi qonunbuzilishi holatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish, raqamlashtirish orqali taʼlim muassasalarida ishga qabul qilish jarayonida korrupsion omillarni bartaraf etish, autsors xizmatini butun respublika bo‘ylab to‘liq tashkil qilish lozimligi bildirildi.
Shu va boshqa masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarning hisoboti tinglanib, ular zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.