Telegram Web Link
Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh Samarqand viloyatida o‘rganish o‘tkazdi

Samarqand viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida viloyatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tasdiqlangan “Yo‘l xarita” asosida sog‘liqni saqlash, taʼlim, bandlik, energetika, kadastr sohalarini raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish, ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga samarali joriy etish borasida masʼullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

Joriy yilning aprel oyida viloyatda o‘rganish o‘tkazildi. Aprel oyida viloyatdagi 20 nafar davlat xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, monitoring jarayonida 52 nafar davlat xizmatchisi hali ham tadbirkorlik subyektida ulushga ega ekanligi maʼlum bo‘lmoqda. Shuning uchun masʼullardan “Yo‘l xarita”dagi har bir vazifaga jiddiy eʼtibor qaratish, targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, xodimlarni o‘qitish, ochiqlikni taʼminlash kabi doimiy ishlar bilan cheklanmasdan yangi tashabbuslarni ilgari surish, yanada masʼuliyatli bo‘lish talab etilmoqda,

— dedi Akmal Burxanov.

Yig‘ilishda “Yo‘l xarita”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi barchangizni ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va shukronalik ayyomi — muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy muborak etadi.

Yurtimizda tinchlik, xonadonlarimizda xotirjamlik, hayotimizda farovonlik barqaror bo‘lsin!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashishda jurnalistik surishtiruvning o'rniga oid trening o‘tkazildi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Boltiq OAVni rivojlantirish markazi va Riga oliy huquqshunoslik maktabi hamkorligida jurnalist va blogerlar, matbuot kotiblari hamda jurnalistika yo'nalishidagi talabalar uchun maxsus trening o‘tkazildi.

Surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha xabardorlik va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mazkur treningda ishtirokchilar xalqaro va mahalliy ekspertlardan jurnalistik surishtiruv asoslari, OAV va internet orqali korrupsiyaning oldini olish va halollikni shakllantirishda o‘ziga xos mexanizmlar bo‘yicha amaliy bilim va tavsiyalar oldi.

Jumladan, korrupsiyaga oid materiallar tayyorlashda maʼlumotlar to‘plash, ulardan foydalanish, tahlil qilish va jamoatchilikka taqdim etishda qonunchilik talablari va kasb etikasiga rioya etish borasida xorijiy amaliyot va tajriba taqdimot qilindi.


Shuningdek, jurnalistik surishtiruv olib borishda soha vakillari uchun mavjud huquqiy kafolat va himoya, korrupsiyaga oid jurnalistik materiallarni tayyorlashda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

Bu borada faktlarni to‘g‘ri tahlil va talqin qilish, obyektivlik va shaffoflikni taʼminlash turli keyslar, amaliy mashg‘ulotlar misolida ko‘rib chiqildi.

Ma'lumot o'rnida:
Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi va Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv” loyihasi doirasida tashkil etildi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jurnalist va blogerlarning o'rni

Tafsilotlar "Hudud" informatsion dasturida.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashishga NNTlarni keng jalb etishga qaratilgan trening o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Boltiq OAVni rivojlantirish markazi va Riga oliy huquqshunoslik maktabi hamkorligidagi navbatdagi trening bugun nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun o‘tkazildi.

Treningda korrupsiyaga qarshi kurashishda NNTlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning imkoniyatlaridan yanada keng foydalanish, NNTlarning davlat tashkilotlari bilan hamkorligi, bu borada milliy va xorijiy tajribaga oid taqdimotlar qilindi.


Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi usul va vositalar, NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga oid ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Mansabdor shaxslar tomonidan jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaatga asosan o‘tkazilgan o‘rganishda “Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi” AJning sobiq mansabdor shaxslari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, soxta hujjatlar tayyorlash orqali jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021–2022 yillarda AJ tomonidan "O‘zsanoatqurilish bank” ATB To‘kimachilik BXMdan "aylanma mablag‘larini to‘ldirish" maqsadida jami 30,5 mlrd so‘m kredit olingan.

Kredit ta’minoti sifatida AJga tegishli umumiy maydoni 150.134 kv.m. bo‘lgan ma’muriy va ishlab chiqarish bino-inshootlari 50 mlrd so‘mga baholanib, garovga taqdim etilgan.

Mansabdor shaxslar oldindan o‘zaro til biriktirib, ushbu kredit mablag‘larini olish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida belgilangan tartibda jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolarining roziligini olmasdan rasmiy hujjatlarga yolg‘on va soxta ma’lumotlar kiritib, bankga taqdim etib kelgan.


Shuningdek, kredit mablag‘lari ular tomonidan samarasiz ishlatilishi tufayli AJ va bank tizimiga jami 19,6 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.

Qayd etilgan holatlar bo‘yicha AJning va boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/12 21:33:45
Back to Top
HTML Embed Code: