▫️Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri Prezident farmon va qarorlarida belgilangan xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha Agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashdir.

Shu maqsadda ushbu manzilda “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar holati va qabul qilingan hujjatlarning ochiqligi taʼminlanganligi bilan tanishildi.

Umumiy qiymati 99,6 mln AQSH dollarni tashkil etuvchi mazkur loyiha davlat rahbarining 2021-yildagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Loyiha asosida Nukus, Taxiatosh, Amudaryo, To‘rtko‘l, Ellikqalʼa va Beruniy tumanlaridagi 46 ta MFYda ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ko‘zda tutilgan.

Aniqlanishicha, hozirga qadar mahallalarning bosh reja loyihalari ishlab chiqildi, 232 ta birlamchi va dolzarb subloyihalar aniqlab olindi. Ijtimoiy soha va mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari yuzasidan Davlat ekspertiza xulosalari olingan.

Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar Ellikqalʼa tumani misolida oʻrganildi.

Tadbirda loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash yuzasidan mas’ullarga tegishli koʻrsatmalar berilib, bu kabi nazorat ishlari izchil davom ettirilishi alohida qayd etildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish bo'yicha tanlov eʼlon qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi buyurtmasiga asosan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov eʼlon qilindi.

Tanlovda NNTlar korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga NNTlarni kengroq jalb etish bo'yicha (kamida 14 ta hududni qamrab olgan holda 12 ta) turkum seminar va amaliy tadbirlar tashkil etishga qaratilgan loyihalar bilan ishtirok etishi mumkin.

Davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag' 400 mln so‘m

🗓Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar joriy yilning 2-may kuniga qadar qabul qilinadi.

📌Tanlov shartlari va ariza namunalari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓15-19-aprel kunlari)

Jamoatchilik muhokamasi:

▫️17-aprel

📌“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

NNTlar uchun tanlov:

▫️19-aprel

📌Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish bo'yicha tanlov eʼlon qilindi.

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

🔎Qoraqalpog'iston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi:

🔹Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishildi

🔹Agentlik direktorining qoraqalpoq yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Komplayens-nazorat:

📌
O‘z faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni amalga oshirmagan 12 ta davlat tashkilotiga qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

📌 Maktabgacha va maktab talimi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmalari faoliyati o‘rganildi.

▫️18-aprel

📌Buxoro viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️18-aprel

📌Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirayotgan NNT rahbarlari bilan uchrashdi.

▫️18-19-aprel

📌#Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi doirasida Nukusda yoshlar uchun trening tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️16-aprel

📌BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

▫️17-aprel

📌Agentlik va INLning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda aksilkorrupsiya loyihalarini ishga tushirish muhokamasiga oid uchrashuv o‘tkazildi.

▫️18-aprel

📌Agentlik va Yevropa Kengashi, BMT GJB o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasini muhokama qilish bo‘yicha (onlayn) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▫️18-aprel

📌Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida ishlab chiqilgan “O‘zbekistonda boshqaruvni takomillashtirish” loyihasi taqdimot qilindi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 69 ta (shundan 65 tasi jismoniy shaxslardan, 4 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 55 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2024-yilning 1 choragida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari

Mazkur davrda jami 1 073 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 1038 tasi ko'rib chiqilishi taʼminlandi, qolgan 35 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 10 ta so‘rovnoma yuborildi, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 6 ta taqdimnoma kiritildi.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

———————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Agentlik direktorining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va xodimlari tomonidan doimiy ravishda fuqarolarni qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, bugun Agentlik direktori Akmal Burxanovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Respublikaning turli hududlaridan kelgan fuqarolar asosan sud qarorlaridan, shuningdek, turli vazirlik-idoralarda murojaatlarining to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilmayotganligidan norozilik bildirdi.

Qabulda murojaatlarning yechimi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

O‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
———————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qanday murojaat yo‘llash mumkin?

Batafsil mazkur videorolikda.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓22-27-aprel kunlari)

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 4 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 4 ta so‘rovnoma yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️23-aprel

📌Korrupsiyaga
moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Ochiq tanlov:

▫️23-aprel va
26-aprel

📌Transport vazirligi hamda Kinematografiya agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari;

Energetika vazirligi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi lavozimlariga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️25-27-aprel

📌“Yuksalish” harakati Search Uzbekistan tashkiloti bilan hamkorlikda AQSH Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi moliyaviy ko‘magida #Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati yoshlari uchun treninglar tashkil etildi.

▫️27-aprel

📌Toshkent viloyati Ohangaron shahrida joylashgan 9-son maxsus harbiy maktabda “Halollik posbonlari: korrupsiyaga qarshi taʼlim va harbiy vatanparvarlik orqali yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Xorij tajribasini o‘rganish:

▫️22-26-aprel

📌Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Latviya davlatining sohadagi vakolatli idoralari faoliyati, shuningdek, Finlyandiya aksilkorrupsiya siyosati bilan tanishish va idoralararo Memorandumni imzolash maqsadida xizmat safari bilan mazkur davlatlarda bo'ldi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 64 ta (shundan 62 tasi jismoniy shaxslardan, 2 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 49 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

📌Agentlik direktori Akmal Burxanovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
O'zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishga oid yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga eʼlon qilindi.

Korrupsiya haqida xabar berganlarga nimalar kafolatlanadi? Batafsil 👉 videoda
___________________________

На портале regulation.gov.uz идет обсуждение проекта закона о защите граждан, сообщивших о случаях коррупции.

Как гарантии будут у заявителей? Ответ 👉 в видео.

YUKSALISH HARAKATI
O‘zbekiston va Finlyandiya korrupsiyaga qarshi kurashishda keng qamrovli hamkorlikni mustahkamlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Finlyandiya Respublikasi Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur anglashuv Memorandumi ikki idora o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Xususan, Memorandum doirasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik quyidagi shakl va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:

davlat xizmatchilari va jamoatchilik vakillarini korrupsiyaga qarshi o‘qitish, shu jumladan trening, seminar va anjumanlar tashkil etish;

stajirovkalar, ekspert almashinuvini yo'lga qo'yish;

o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar almashish va ishlab chiqishda hamkorlik qilish;

moliyaviy (texnik) ko‘mak jalb etgan holda hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qo‘shma tadqiqot va o‘rganishlar olib borish va boshqalar.

Maʼlumot uchun: Qonun ustuvorligi markazining asosiy maqsadi mamlakatlarga qonun ustuvorligini mustahkamlash, qonunchilik ishlarini soddalashtirish va qonun ustuvorligi institutlarining funksional imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam berish uchun tavsiya berish, o‘qitish, baholash va boshqa zarur yordam ko‘rsatishdan iborat.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Kadastr agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi tahlil qilindi

Sohaga oid 9 ta xizmat turi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilmoqda.

Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritgan.

Sohadagi korrupsiyaviy jinoyatlarning aksariyati xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik qilish, mansab soxtakorligi va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish yo‘nalishlarida sodir etilmoqda.

Firibgarlik yo‘li bilan pora berishga dalolat qilish va pora berish jinoyatini sodir etgan 127 nafar shaxsning 33 nafari muqaddam shu kabi jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) bo‘limlarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq holatlarda korrupsiyaviy jinoyatlar 29 foizni tashkil qiladi.

O‘rganish va tahlillar natijalari bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tizimda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma yuborildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2024/05/01 01:11:00
Back to Top
HTML Embed Code: