Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ota_onalar_shoshiling

Bolalarni dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Namangan viloyati  boshqarmasiga qarashli sog‘lomlashtirish oromgohlari farzandlaringizni kutmoqda!

Yo‘llanma xarid qilish uchun
quydagi silkaga kiring!

👇👇👇👇👇
Oromgohlar.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan_Flowers_Fest_2025

НАМАНГАНДА ГУЛЛАР БАЙРАМИ! ЭНГ КАТТА ФЕСТИВАЛГА ТАЙЁР ТУРИНГ!

25 май соат 10:00 да Наманган шаҳри кўчалари бўйлаб ранг-баранг гуллар билан безатилган автомобиллар паради бўлиб ўтади.

Ўтказиб юборманг!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Ҳамма ишда бўлгани каби Интернетдан фойдаланишда ҳам "Олтин ўрталик"ка зарурат сезилмоқда.

Жамоатчилик муҳокамасига тақдим этилган “Онлайн-платформа ва веб-сайтлар фойдаланувчиларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси буни қанчалар таъминлай олади?

📹 Батафсил видеолавҳада.

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺Россия Федерациясининг “РУСАЛ Комплектация” корхонаси Красноярск вилоятида жойлашган Алюминни қайта ишлаш заводига фуқароларни ишга таклиф этади.

Танлов 2025 йил 23 май (жума) куни соат 09:30 да бошланади

◾️иш тури:
* Оддий ишчи

💵 Ойлик маоши 66-95 минг Россия рубли

◾️Талаблар:
- РФга кириш таъқиқ бўлмаган;
- рус тилида эркин мулоқот қила олиш;
- муқаддам судланмаган;
- жисмонан соғлом
- 18 - 45 ёш;

◾️Корхона ҳисобидан:
1. Авиа чипта
2. Патент ҳаражатлари
3. Ётоқхона ва махсус ишчи кийим
4. Озиқ-овқат ишлаш учун рухсатнома расмийлаштиргунга қадар).

Ишлаш истагида бўлган фуқаролар биометрик ва хорижга чиқиш паспортлари билан келишлари сўралади

☎️ +998692279727

📍Манзил: Наманган ш., Нодира 3-уй (Мўлжал: "Сардоба бозори" атрофи, собиқ "Зангори экран" корхонаси ёнида)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Hurmatli ota-onalar, o‘qituvchilar va fuqarolar!

🗓 2025-yil 24-may kuni soat 08:00 dan 10:00 gacha yurtimizdagi 10 mingdan ortiq maktabda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkaziladi. Ushbu bayram bolalarimiz hayotidagi eng esda qolarli onlardan biri bo‘lishi bilan birga, biz kattalarning ham ogohligini talab qiladi.

👮‍♂️ Tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun 27 mingdan ortiq Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari safarbar etiladi. Shuningdek, yirik xiyobonlarda 5 mingdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar va harbiylar tartibni saqlaydi.

🚍 Tirbandliklarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolarga jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

Farzandlaringizni quyidagi holatlardan qat’iy tiyib turishingizni so‘raymiz:

🚫 Istirohat bog‘larida yarim tungacha yurish;
🚫 Spirtli ichimliklar, tamaki yoki boshqa taqiqlangan mahsulotlar iste’moli;
🚫 Guruh-guruh bo‘lib kortejda yurish, avtomashina, skuter va samokat boshqarish;
🚫 Anhor, kanal va suv havzalarida suzish;
🚫 Yonlarida tig‘li, sanchuvchi, kesuvchi yoki hayot uchun xavfli buyumlar olib yurish.

🎓 Ushbu kun — nafaqat bitiruvchilarning xotirasida qoladigan bayram, balki ota-onalarning mas’uliyatini namoyon etadigan kun bo‘lishi kerak.

🛡 Farzandlarimiz xavfsizligi — hammamizning umumiy burchimiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bola‌larni har qanday zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kirdi: Oʻzbekistonda keng qamrovli axborot kampaniyasi boshlanmoqda

2025-yil 15-maydan boshlab Oʻzbekistonda “Bola‌larni har qanday zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kirdi. Bu — mamlakat tarixida ilk bor bolalarga nisbatan zoʻravonlik turlarini tizimli tarzda belgilab bergan va aniq javob choralari hamda javobgarlik mexanizmlarini joriy etgan hujjatdir.


Axborot kampaniyasini boshlash tashabbuskori — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva boʻldi.

Qonunni amalga oshirish doirasida 26-may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Majburiyatdan harakatga: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha strategiya va milliy istiqbollar” nomli milliy konferensiya oʻtkaziladi. Unda bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha 10 yillik strategiya va Harakatlar rejasi taqdim etiladi. Tadbirda BMT, UNICEF, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etadi.

Kampaniyaning asosiy voqealaridan biri — 27-may kuni soat 12:00 da City Mall’da (Cinematics, 3-qavat) boʻlib oʻtadigan “Haqqim bor” nomli qisqa metrajli film premyerasi boʻladi. Filmda ruhiy bosim, jismoniy va jinsiy zoʻravonlik turlarini boshdan kechirgan bolalarning real hayotiy hikoyalari aks etgan. Filmning asosiy maqsadi — uzoq vaqt davomida eshitilmagan bolalarga ovoz berishdir.

Premyeradan soʻng mehmonlar zoʻravonlikni boshdan kechirgan bolalar tomonidan chizilgan rasmlar koʻrgazmasini tomosha qilishlari mumkin boʻladi. “Haqqim bor” nomli ekspozitsiya City Mall’ning birinchi qavatida joylashadi va bu mavzudagi ochiq muloqotning bir qismiga aylanadi.

Biz jamiyatning har bir a’zosi anglab yetishini istaymiz: bolalarga nisbatan zoʻravonlik — bu taqiqlangan mavzu emas, balki unga qarshi kurashishimiz kerak boʻlgan haqiqatdir. Va endilikda qonun asosida har bir bolaning sha’niga tajovuz qilgan shaxs jazoga tortiladi.


Jimlik — endi norma emas.
Beparvolik — endi tanlov emas.
Bu qonun — bolalar oʻzini xavfsiz his qiladigan jamiyat sari muhim qadam.

📝
telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror” darajadan “ijobiy” darajaga yaxshiladi.

Bunday baho jahon moliya hamjamiyatining O‘zbekistonda Prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi hamda tanlangan yo‘l to‘g‘riligini ko‘rsatadi.

Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uchun yanada jozibador bo‘ldi, bu esa iqtisodiy o‘sishga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida men har qanday natijani nafaqat saqlab qolish, balki yanada yaxshilash zarur ekanini chuqur his qilaman. Shu ma’noda, barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi va kompleks yondashuvini talab qiladigan katta ishlar hali oldinda.


Международное агентство S&P Global Ratings улучшило прогноз суверенного кредитного рейтинга Узбекистана с уровня «устойчивый» до «позитивный».

Такая оценка свидетельствует о растущем доверии мирового финансового сообщества к реформам, проводимым в Узбекистане под руководством Президента, и подтверждает правильность избранного курса.

Благодаря усилиям главы государства страна стала более привлекательной для иностранных инвесторов, что содействует экономическому росту и напрямую влияет на повышение качества жизни граждан.

Как руководитель рабочей группы по повышению суверенного кредитного рейтинга страны я отдаю себе отчёт, что любое достижение нужно не только удерживать, но и улучшать. Поэтому впереди большая работа, требующая комплексного подхода и взаимодействия всех заинтересованных сторон.
Кимлар қачон ва қандай қон таҳлиллари топшириши керак?

Қон – инсон организмидаги энг муҳим суюқ тўқима бўлиб, унинг асосий қисмини кичик қон таначалари ташкил этади.


Айнан ушбу элементларнинг сони, шакли ва функциясига кўра, танадаги турли яллиғланишлар, анемия, онкологик касалликлар, иммун тизими ва тромбоз каби патологик ўзгаришлар ҳақида барвақт маълумот олиш мумкин.

—  Қон таҳлиллари топшириш – ҳар бир инсон учун ўз саломатлигини баҳолаш ва назорат қилишда муҳим жараён ҳисобланади, — дейди Тошкент шаҳар тиббий маслаҳат диагностика маркази директори, тиббиёт фанлари доктори, профессор Орифжон Арипов.

— Жумладан, бундай текширув усуллари юқумли ва сурункали касалликлар, инфекциялар (масалан, вируслар ёки бактериялар), диабет, гепатит ҳамда ОИВ каби хавфли хасталикларни эрта босқичда аниқлаш имконини беради.

Буйрак, жигар, юрак ва қалқонсимон без каби аъзолар фаолиятини текшириш, темир, B12, D каби витамин ҳамда бошқа муҳим моддалар миқдорини билиш ҳам айнан ушбу таҳлиллар ёрдамида қулай амалга оширилади. Қолаверса, бундай текширувлар орқали қон босими, қанд миқдори ва холестеринни назорат қилиш, юрак-қон томир касалликлари хавфини эрта аниқлаш ҳамда уларнинг олдини олиш мумкин.

Шунингдек, лаборатор қон таҳлиллари дори воситалари самарадорлигини баҳолаш ва уларнинг организмга таъсирини кузатишда ҳам жуда муҳим.

Шу боис шифокор кўрсатмаси билан бирламчи тиббиёт муассасалари орқали қон таҳлиллари топшириш зарур. Бунда Соғлиқни сақлаш вазирлигининг даволаш протоколлари асосидаги лаборатор текширувлар тавсия этилади.

Жумладан:

Соғлом инсонлар (профилактика мақсадида):

📂 Йилда 1 марта қуйидаги асосий қон текширувларидан ўтиши керак:

▪️умумий қон таҳлили (УҚТ – умумий қон таҳлили);
▪️ қон биохимияси (жигар, буйрак, қанд, холестерин ва ҳ.к.);
▪️ қонда қанд миқдори (глюкоза);
▪️холестерин ва липид профили;
▪️ қонда темир миқдори ва гемоглобин;
▪️ Д ва B12 витамини (агар симптомлар бўлса).

Сурункали касаллиги бор инсонлар (масалан, диабет, гипертония, юрак хасталиклари):

Йилда 2 – 4 марта ёки шифокор тавсиясига кўра, қон таҳлиллари топшириши лозим.

Ҳомиладор аёллар:

Ҳомиладорлик даврида таҳлиллар шифокор тавсияси билан ҳар 3 ойда камида 1 марта, баъзан ҳар ойда топширилади.

Ёши катта инсонлар (50 ёшдан юқори):

Йилда 1–2 марта тўлиқ лаборатор текширувлардан ўтиши керак. Сабаби инсоннинг ёши улғайгани сари хавф омиллари ҳам ортиб боради.

Алоҳида симптомлар пайдо бўлса:

Қуйидаги ҳолатларда дарҳол қон таҳлиллари топшириш тавсия этилади:

▪️ чарчоқ, кўнгил айниши, тўсатдан озиб кетиш;
▪️тери оқариши ёки сарғайиши;
▪️ иштаҳа йўқолиши;
▪️ ҳарорат кўтарилиши;
▪️ нотекис юрак уриши ёки нафас қисиши.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
🍑 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda o'rik mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic  #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv habga "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va UNICEFning ijrochi direktori Ketrin Meri Rassel tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markazning rivojlanish strategiyasi, metodologik yondashuvi hamda O‘zbekistonda inklyuzivlikni ilgari surish bo‘yicha tashabbuslari — jumladan, inklyuziv ta’lim, bandlik va qulay muhit yaratish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Samimiy va do‘stona muhitda Ziroat Mirziyoyeva va Ketrin Meri Rassel Markaz o‘quvchilari bilan muloqot qilishdi, UPSHIFT dasturi doirasidagi yoshlar tashabbuslari bilan tanishdilar hamda o‘quvchilar tayyorlagan teatr sahnasidan yorqin taassurotlar oldilar.

UNICEFning ijrochi direktori barcha yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirishdagi hissasi uchun Markaz jamoasiga minnatdorlik bildirdi.



Международный инклюзивный хаб при Национальном агентстве социальной защиты посетили Председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева и Исполнительный директор ЮНИСЕФ Кэтрин Мэри Рассел.

В ходе визита гости ознакомились со стратегией развития Хаба, его методологическим подходом, инициативам по продвижению инклюзивного Узбекистана, в том числе инклюзивному образованию, трудоустройству и доступной среде.

В тёплой атмосфере Зироат Мирзиёева и Кэтрин Мэри Рассел пообщались со студентами Хаба, познакомились с молодёжными инициативами в рамках программы UPSHIFT и получили яркие впечатления от театральной постановки, подготовленной участниками творческих курсов.

Исполнительный директор ЮНИСЕФ отметила важность создания равных возможностей для всех молодых людей и выразила признательность команде Хаба за развитие инклюзивных практик.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Telegram to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir. https://www.tg-me.com/NAMTRKLIVE?livestream
2025/10/25 14:14:04
Back to Top
HTML Embed Code: