Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bolalikni asraydigan huquqiy qalqondir!

Bolaning hayotiga, sog‘lig‘iga, jinsiy daxlsizligiga, sha’niga, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan, jismoniy yoki ruhiy azob yetkazayotgan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda asosiy ehtiyojlariga zid bo‘lgan, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda amalga oshiriladigan, qasddan sodir etiladigan harakat (harakatsizlik) bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deb e’tirof etiladi.


Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

-zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinish;
-o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga va tashkilotlarga yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etish;
-tekin huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam, shu jumladan bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) orqali taqdim etiladigan yordam olish;
-himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga murojaat etish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa bu haqda xabardor qilish;
-o‘ziga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik natijasida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi.


Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi. Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Oʻzbekistonda ilk marotaba madaniy va tarixiy merosga oid auksion oʻtkaziladi

Markaziy Osiyoda birinchi marotaba jahon tajribasi asosida xayriya auksioni oʻtkazilishi kutilmoqda. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha mahalliy va xorijiy tadbirkorlar ishtirok etib, oʻz nomi hamda brendini tarixga muhrlashi mumkin boʻladi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan navbatdagi qoʻshma yigʻilishda xayriya auksioni haqida maʼlumot berildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand oilalarga Gaz va elektr energiyasi uchun yil boʻyi kompensatsiya beriladi – arizalar topshirish jarayoni boshlandi

🤝 2025-yil 1-maydan Oʻzbekiston boʻylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya toʻlash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumida emas, har oyda toʻlab beriladi.

Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya ajratish uchun joriy yilning 1-iyundan boshlab arizalar topshirish jarayoni boshlandi.

↗️ Kompensatsiyalar quyidagi toifalarga mansub oilalarga beriladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar hamda “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan hamda mol mulki boʻyicha kam taʼminlangan oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, biroq oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga ajratiladi.


❗️ Eslatma: Ariza topshirgan ehtiyojmand oilalarning kompensatsiyasi oy yakuni boʻyicha hisoblanadi va toʻlab beriladi.

💿 Mahalladagi ijtimoiy xodim, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, yoki 1140 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ TEZKOR SHTAB ISH BOSHLADI

🔝 Xalqaro maydonda vaziyatning jadal oʻzgarishi va ortib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida eksport va import yuklari tashuvlari uzluksizligini taʼminlash, ushbu jarayonda milliy tashuvchilar hamda tadbirkorlarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish maqsadida Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) hamda boshqa daxldor idoralar vakillaridan iborat “tezkor shtab” ish boshladi.

🔝Xalqaro tashuvlar masalalari boʻyicha murojaat va takliflarini qabul qilish uchun Transport vazirligining 1167 qisqa raqamli ishonch telefoni 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazildi.

📱 Shuningdek, Telegram messenjerida @TashuvchigaKo'mak boti ishga tushirildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

Har bir to‘langan soliq – bu barqaror kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ogoh boʻling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

💻Soʻnggi vaqtlarda Internet tarmogʻida Oʻzbekistondagi jamoat arboblari, mashhur bloger va sportchilarning mahalliy OAV larga bergan intervyularini sunʼiy intellekt yordamida ishlovchi dasturlar orqali oʻzgartirgan holda, goʻyoki Oʻzbekistonliklarning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashi mamlakat qonunchiligiga zid emasligini taʼkidlovchi soxta skrinshot va videomateriallar tarqatilishi davom etmoqda.

📌Yana bir bor mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini taʼkidlagan holda, fuqarolardan bunday turdagi yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻrab qolamiz.

⚠️Eslatib oʻtamiz, aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva “Teach For All” noyob harakati asoschisi Vendi Kopp bilan uchrashdi

“Kopp xonim bilan Markaziy Osiyo mintaqamizni muhokama qildik. Ta‘lim va xotin-qizlar huquqlari sohasida erishilgan salmoqli yutuqlarimiz borki, ushbu ijobiy tajriba yurtimizdan tashqarida ham keng yoyilishini istaymiz.

“Teach For Uzbekistan” loyihasi — ta‘lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim qismi bo‘lib, mamlakatimizning olis hududlaridagi minglab bolalar hayotini yaxshilashga hissa qo‘shishiga ishonaman”, deb yozadi Prezident administratsiyasi rahbari.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26-iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiisteʼmol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasi aʼzolari, mutasaddi davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Internet narkoguruh tashkilotchilari xorijda yollangan kuryerlarni Oʻzbekistonga yuborish va ularni narkojinoyatga jalb qilish holatlari kuzatilmoqda. DXX tomonidan oʻtkazilgan faol tadbirlar natijasida 2024-yilda 6 nafar xorijdan kelgan Internet-narkoguruh aʼzolari qoʻlga olingan.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Sizning nomingizga kredit olingan boʻlishi mumkin — siz bundan xatto bexabarsiz!

Firibgarlar qanday qilib sizsiz kredit olyapti?
❗️Bu haqida videoda toʻliq tushuntirish berilgan!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmoni bilan Hasanov Roʻzimboy - “XXI asr” gazetasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha muxbiri “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 27-iyun – soʻz vositasida odamlar dardiga hamdard boʻladigan, haqiqatni izlab, yurtni xolis axborot bilan taʼminlaydigan kasb sohiblari kuni.

👍 Bugun davlat va jamiyat OAVni qoʻllab-quvvatlayapti — qonunlar takomillashmoqda, ochiq axborot siyosati shakllanmoqda, yangi imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda.

👍 Jurnalist – faqat axborot tarqatuvchi emas, balki jamiyatda ong, qarash va faollikni uygʻotuvchi kuch.

👍 Qalamingiz oʻtkir, niyatingiz pok, kasbingizda omad yoʻldoshingiz boʻlsin!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 “Ўзбек журналистикаси антологияси” — сўз қадрини улуғлаган, қаламнинг муқаддаслигини англатувчи нодир тўплам.

Икки жилддан иборат китобда 300 га яқин муаллиф ҳақида маълумот бор.

Ўзбек журналистикаси тарихи ва бугунги куни ҳақидаги муҳим манбани тайёрлашда филология фанлари докторлари Насимхон Раҳмонов, Нурбой Жабборов, Ҳалим Саидов, Назира Тошпўлатова, Беруний Алимов, Акбар Нурматов, Амрулло Каримов ҳамда таниқли соҳа фидойилари Карим Баҳриев, Алижон Сафаров иштирок этди.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚“Таниқли журналистлар мактаби” – Сизга ўзбек миллий матбуоти – оммавий ахборот воситалари дарғаларини, журналистика соҳасида кўп йиллар фидойиларча меҳнат қилган сиймоларни таништириб боради.

Бу – китоб туркуми эмас, бу – ҳақиқий ижод мактаби. Бу – шахслар ҳаёти орқали шаклланган ҳаётий сабоқлар, тарих кўзгусидир.

Асарнинг илк қаҳрамонлари сифатида юртимиз журналистикасида ўчмас из қолдирган икки сиймо танланди: Ирисмат Абдухолиқов ва Маматқул Ҳазратқулов.


Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
2025/07/09 21:13:21
Back to Top
HTML Embed Code: