Telegram Web Link
🎤“Albatta, yoshlarning tilini yoshlar tushunadi, ular bir-biridan oʻrnak oladi, bir-biriga motivatsiya beradi.

Shu bois, 9 mingdan ziyod mahallada yoshlar yetakchilarini tayinladik. Ular uch yil davomida koʻp narsani oʻrgandi, yetarli tajriba orttirdi.

Endi, ular maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni oʻrganishi kerak”, - dedi Prezident.


✔️Mahallalarimizda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi ogʻir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming oʻquvchi borligi barchani oʻylantirishi kerakligi qayd etildi.

✔️Shu oʻrinda davlatimiz rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi:

🎤“Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sogʻlom muhit kimga bogʻliq? Avvalo, sizlarga bogʻliq.

Mahallada bitta bolaning notoʻgʻri yoʻlga kirishi ham favqulodda holat boʻlishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar koʻproq qaygʻurishingiz lozim.”

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.

➡️Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar oʻquvchi saralab olinadi va 3 ta yoʻnalishda oʻqitiladi. Kelgusida oʻquv oʻrinlari karrasiga koʻpaytiriladi.

➡️Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.

➡️Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari boʻladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♂️“AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganadi – Prezident

Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha bank-moliya, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va energetikani ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni oʻzida ifoda etadigan sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini eʼlon qildi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni oʻzida uygʻunlashtirib, yoshlarning yangi kreativ gʻoyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning oʻzida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganadi.

💲Banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi

“Taʼlim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu gʻoya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.

Yaqinda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun oʻqish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

Eng avvalo, STEM yoʻnalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Oʻquvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning gʻoyasini startapga aylantirishga 100 milliard soʻm grant ajratiladi – Prezident

Startaplarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. Oʻquvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning gʻoyasini startapga aylantirishga 100 milliard soʻm grant ajratiladi.

Oliygohlar oʻrtasida ham startaplar boʻyicha har yili “Eng yaxshi kreativ gʻoya” tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblarga oliygoh jamgʻarmasidan 300 million soʻmgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan oʻtkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar boʻyicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamgʻarmasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚪️Soʻnggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha boʻlgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

🔝“Biz Yangi Oʻzbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini roʻyobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega oʻgʻil-qizlarimizga tayanamiz.

Shu bois, oʻtgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish boʻyicha muhim farmonni imzoladim.

Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi boʻyicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar oʻqitiladi”, - dedi Prezident.


⚪️Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.

⚪️Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod boʻladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 “Yosh kitobxon” tanlovi respublika bosqichi gʻoliblariga madaniyat va sanʼat oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi

⚫️Yoshlarimizni kitob oʻqishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol oʻynamoqda.

⚫️Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbar Haydarova “Yosh kitobxon” tanlovida gʻolib boʻlib, ota-onasiga Prezident sovrini – avtomobil sovgʻa qildi.

Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga! Rahmat seni katta qilgan ota-onangga!”,
- dedi davlatimiz rahbari.


⚫️Yoshlarni aktyorlik, musiqa, kitobxonlikka qiziqishini oshirish uchun “Turon” teatri, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan” kabi tanlovlar oʻtkazilib, ularda 400 mingga yaqin oʻquvchi ishtirok etdi.

⚫️Endi tanlovlarda gʻolib boʻlgan jamoalar chekka hududlardagi maktablarga muntazam borib, oʻz chiqishlari bilan tengdoshlarini madaniyat va sanʼatga qiziqtiradi. Buning uchun viloyat hokimlari bittadan avtobus olib beradi.

⚫️Respublika tanlovi gʻoliblariga madaniyat va sanʼat oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi.

⚫️“Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari bolalar va musiqa sanʼat maktablarida bepul oʻqitiladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat – Prezident

💬Yosh avlodni turli zararli taʼsirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli maʼlumotlarni yetkazish va targʻib qilish doim eʼtiborimiz markazida boʻlishi zarur”, - dedi Prezident.

Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etilgani, markaz milliy madaniyat, sanʼat, adabiyot, tarix va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga moʻljallangan tarbiyaviy kontentlar yaratish uchun masʼul boʻlishi qayd etildi.

Joriy yildan boshlab mahallalarda oʻtkazilgan “Shijoat va gʻayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targʻib etadigan muhim harakatga aylandi.

💬“Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini koʻz qorachigʻidek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.

Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat”, - dedi Prezidentimiz.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng eʼtirof etilayotgani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.

Buxoro shahri Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.

Shu kunlarda yurtimizda oʻtkazilayotgan Global yoshlar festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafardan ziyod yoshlar, 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Prezident ushbu forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlari uchun samarali hamkorlik va oʻzaro tajriba almashish maydoni boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎤Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi oʻgʻil-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi Oʻzbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin boʻlganini taʼkidladi.

🎤“Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutugʻingiz bu – koʻp millatli butun xalqimizning yutugʻidir.

Azmu shijoatingiz, sogʻlom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir”, - dedi davlatimiz rahbari.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️Davlatimiz rahbari oʻz sohasida ilgʻor, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va gʻoyalarini tingladi.

✔️Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh oʻgʻil-qizlarimiz mukofotlangan edi.

✔️Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:

“Yoshlikda olingan bilim – toshga oʻyilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam boʻlsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham boʻladi.

Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan doʻst bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.

Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sogʻlom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorugʻ boʻladi.

Men butun Oʻzbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi boʻlishini tilayman!

Ishonchim komil, biz koʻp millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulugʻ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi Oʻzbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!”.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining Madaniyat qo'mitasi raisi Polat Bulbuloglu Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon forumidan kutilayotgan natijalar haqida o'z fikrlarini bildirdi:

"O’zbekistonga san’atkor sifatida ham bir necha bor kelganman. Har gal o’zgacha mehmondo’stlikka guvoh bo’laman. Endi esa Ozarbayjon parlamenti a’zosi sifatida yurtingizda bo'lib turganimdan juda xursandman..."


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Bextiyor Aliyev Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumidan kutilayotgan natijalar haqida fikrlarini bildirdi:

"O'ylaymanki parlamentlarimiz o'rtasidagi aloqalarni yanada yaxshilanishi davlatlarimiz va xalqlarimiz orasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlanishiga ham turtki beradi. Xiva ming yillik tarixga ega qadimiy shahar. Va bu yerda bo'lish har bir turkiy xalq vakili uchun katta sharafdir!"


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz Ozarbayjonlik qardoshlar,

“Yangi imkoniyatlar sari: muloqotdan hamkorlikdagi harakatlargacha” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi ishtirokchilari,

Xiva shahriga xush kelibsizlar!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahrida Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi boshlanish arafasida

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahrida Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘z ishini boshladi

“Yangi imkoniyatlar sari: muloqotdan birgalikdagi harakatlarga” mavzusidagi forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi aʼzolari hamda ikki mamlakatning yoshlar parlamentlari vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur forum parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida tajriba almashish, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Xiva shahrida “Yangi imkoniyatlar sari: muloqotdan hamkorlikdagi harakatlargacha” mavzusida Birinchi O‘zbekiston–Ozarbayjon parlamentlararo forumi o'z ishini boshladi.

Forumni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova kirish so'zi bilan ochib berdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xivada Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkazilmoqda

1-iyul kuni qadimiy va go‘zal Xiva shahrida Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘z ishini boshladi.

“Yangi imkoniyatlar sari: muloqotdan hamkorlikdagi harakatlargacha” mavzusini o‘zida mujassam etgan ushbu nufuzli anjuman ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, parlamentlararo muloqotni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadini ko‘zlaydi. Forum ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi arafasida o‘tkazilayotgani uning ahamiyatini yanada oshiradi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi aʼzolari hamda ikki mamlakatning yoshlar parlamentlari vakillari ishtirok etmoqda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 01:17:35
Back to Top
HTML Embed Code: