Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

🔘 Namangan viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari 24 ga yerni rasmiylashtirish uchun 240 ming dollar talab qilib, 50 ming dollar olganida ushlangan. Uning tanishi — Agrosanoat agentligi xodimi ham 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan;

🔘 Qoraqalpog‘iston Respublikasida Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari 150 ga yer ajratish evaziga 12 ming dollar olgan paytda ushlandi;

🔘 Andijonda esa Agrosanoat nazorati inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i zararni kamaytirish uchun 1000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇴🇲 “Oʻzbekiston – Ummon” turizm forumi: Ipak yoʻli durdonasining yangi imkoniyatlari

✔️Turizm qoʻmitasi tomonidan Ummon Sultonligida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston – Ummon” turizm forumi doirasida “Oʻzbekiston – Ipak yoʻli durdonasi” taqdimoti boʻlib oʻtdi.

✔️Unda Oʻzbekistonning boy tarixiy merosi, dunyoga mashhur madaniy obidalari, milliy hunarmandchiligi va gastronomik anʼanalari oʻz aksini topdi. Mehmonlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlarning noyob sayyohlik manzaralari bilan tanishish imkoniga ega boʻldilar.

✔️Tadbirning amaliy qismi sifatida “V2V” va “G2B” formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Unda oʻzbek va ummonlik turizm kompaniyalari va davlat idoralari vakillari oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilib, xizmatlar almashinuvi, turpaketlar ishlab chiqish va birgalikda marketing strategiyalarini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib bordilar. Bu esa ikki davlat oʻrtasida barqaror va samarali turistik aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Ushbu videoda firibgarlar qanday ishlaydi — ishonchga kirib, yolg‘on va’dalar berib, oxirda sizning pullaringizni qanday olib qo‘yishi ko'rsatilgan.

Syujet Qozog‘istondagi serialdan ilhomlangan holda odamlarni ogohlantirishni va moliyaviy masalalarda hushyor bo‘lish qanchalik muhimligi ko‘rsatilgan.

💸Aldanib qolmang. Videoni yaqinlaringiz bilan ulashing — balki shu orqali ularni himoya qilib qolasiz.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishning huquqiy asoslari”

📚Xorazm viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari uchun viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda yuqoridagi mavzu doirasida o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Saparbayev so'zga chiqib, bu kabi seminarlarning o'tkazilishi Xorazm viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi xodimlarini ogohlikka chaqirilishi bilan ahamiyatli ekanligi, shuningdek, axborot erkinligi ta'minlab qo'yilgani fuqarolarga davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlari va boshqa subyektlardan axborot olish imkoniyatini berayotganiga to'xtaldi va tizim xodimlarini axborotni qayta ishlash va tarqatish jarayonida noto'g'ri yoki yolg'on ma'lumotlarning tarqalishining oldini olishga chaqirdi.

⚔️Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Z.Begova korrupsiya tushunchasi, uning turlari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari G'.Sapayev OAV, jurnalist va blogerlarning jamoatchilik nazoratini taʼminlashdagi oʻrni, axborot tarqatishning huquqiy asoslari, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborotlarga munosabat bildirish va murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi, jurnalistlarning kasb etikasi prinsiplari va normalari, shuningdek, qonunchilikda axborot sohasidagi huquq hamda masʼuliyat aniq belgilanganligi boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi.

Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi Yuristkonsulti G'Raimbayev 2025-yilga mo‘ljallangan ish reja ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.


Tadbir fikr almashish maydoni bo'ldi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐BUGUN TUG‘ILGAN KUN

🌸Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Axborot xizmati rahbari – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sotimboyeva Surayyo Ruslan qizi 1995-yilning 09-iyulida Urganch shahrida tug‘ilgan. U 2018-yildan buyon ushbu lavozimda ishlaydi.

🎉🎁Tavallud ayyomi munosabati bilan Sotimboyeva Surayyo Ruslan qizini muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, sharafli va mashaqqatli ishlarida yuksak muvaffaqiyatlar, kelgusi faoliyatida rivoj, uzoq umr, mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt tilaymiz. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali imijini shakllantirish, ochiqlik va axborot erkinligini ta’minlashdagi ishlaringizga rivoj tilaymiz.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti koʻpayadi», deb aholi xavotirga tushmasin — Prezident

Davlat rahbari joriy yilning sentyabrigacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana mingta avtobus olib kelinishini maʼlum qildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Asossiz qoʻyilgan barcha taqiqlovchi belgilar olib tashlanadi

Aholiga noqulaylik yaratib, «parkovka» qilib olingan hududlarga foto va video kameralar oʻrnatilib, jazo muqarrarligi taʼminlanadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biznes marafon: Yoshlar uchun muvaffaqiyat yo‘li

✔️Bugun, 9-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treninglari tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar va yosh mutaxassislarni bozor talablariga mos ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish. Yarmarkada viloyatdagi o‘nlab korxona va muassasalar ishtirok etdi va yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi!


🟢Seminar-treningda universitet bitiruvchilari faol qatnashib, o‘z savollariga javob oldilar. Shuningdek, o‘zlarining biznes g‘oyalari va rejalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochdi.

🟢Ushbu “Biznes marafon” yoshlarni o‘z faoliyatini boshlashga rag‘batlantirish, ularni zamonaviy bozor talablariga moslashishga yordam berish va bandligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz korrupsiyaga qarshimiz!


❗️Aziz zamondosh!

Baraka – halollikda, barakasizlik nopoklikdandir. Nopoklik aralashgan har qanday ishning fayzi, barakasi bo‘lmaydi, alaloqibat jazo bilan tugashini har birimiz yaxshi bilamiz. Hayotingizni qing‘ir ishlar bilan emas, halollik va poklik bilan bezang.

Qarshingizdan chiqqan korrupsiya atalmish nopoklikka, bu botqoqqa Sizni tortmoqchi bo‘lganlarga aytar so‘zingiz shu bo‘lsin: “Rahmat, yaxshisi keragi yo‘q!”

Qonun doim biz bilan birga!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijon va Surxondaryoda soliqchi bosh inspektorlar pora bilan ushlandi

Andijon viloyatida soliq boshqarmasi inspektori MCHJga soliq tekshiruvini oʻtkazmaslik evaziga $3000 talab qiliadi va $2500ni olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish boʻlimi bosh inspektori Jarqoʻrgʻon tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJni sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish bilan qoʻrqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MCHJ rahbaridan 2500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

⚖️Hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 22:32:16
Back to Top
HTML Embed Code: