Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Jurnalistning raqamli davri: vositalar, surishtiruvlar, manipulyatsiyadan himoya” mavzusida trening.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Zamonvaiy jurnalistikani rivojlantirish markazi” NNT bilan hamkorlikda joriy yilning 27-28 may kunlari Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi binosida jurnalistlar va blogerlar uchun trening tashkil qilindi.

👉Ushbu treningda jurnalistikada zamonaviy texnologiyalar (SI va mashinali o‘rganish, yangi formatlar va platformalar), multimedia jurnalistikasi asoslari (kontent turlari, vositalar), faktcheking (usullar va vositalar, manbalar bilan ishlash), mediada manipulyatsiya (turlari, maqsadlari, vositalari, manipulyatsiyani aniqlash, til, foto va video manipulyatsiya, ijtimoiy tarmoq algoritmlari) singari bugungi kundagi eng dolzarb masalalar muhokama qilindi va tajriba almashildi.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yong‘in — ogohlikni talab qiladi! Har bir fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishi zarur.


☎️Favqulodda vaziyatlar yuzasidan 101, 1050 yoki 112 raqamiga murojaat qiling.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi Samarqand shahrida oʼtkaziladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-128-son qaroriga koʼra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʼtkaziladi.

Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:

👍Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli koʼrgazmalar tashkil etiladi;

👍Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʼyicha xalqaro tadqiqot markaziga aʼzo boʼlishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;

👍Oʼzbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Taʼlimni targʼib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro roʼyxatlarga kiritish choralari koʼriladi;

👍Sessiyaning mamlakatimizda oʼtkazilishining ahamiyati, shuningdek, Oʼzbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targʼibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍Qonun loyihasi boʻyicha taklif va tanqidlar tahlili: AOKA ekspertlari argumentlari

AOKA tomonidan "Onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasining ishlab chiqilishi va jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilinishi jurnalistlar, Oʻzbekistonning taniqli media arboblari, milliy internet nashrlari va blogerlar orasida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.

Bu bir tomondan, yuqoridagi qonunni tayyorlashning dolzarbligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, jamoatchilikning respublikamizda soʻz erkinligini yanada mustahkamlashdan manfaatdorligini koʻrsatadi, buni AOKAning oʻzi ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Eʼtirof etish kerak, aksariyat munosabatlarda qonun loyihasi yuzasidan konstruktiv va oqilona fikr-mulohazalar, takliflar bildirilganki, ular qonun loyihasining uzil-kesil variantini tayyorlashda, shubhasiz, ishlab chiquvchilar tomonidan hisobga olinadi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunga qadar "Onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi idoralararo kelishishning zarur tartib-taomillaridan oʻtdi. Bunda ushbu normativ-huquqiy hujjatning jamoatchilik muhokamasi ekspertizaning qoʻshimcha manbai hisoblanadi.


Shuningdek, qonun loyihasida belgilangan normalar va tartib-qoidalarni "tanganing ikkinchi tomoni" bilan talqin qilgan media vakillari ham yoʻq emas. AOKA ekspertlari ana shunday tahlillarga nisbatan oʻz argumentlarini taqdim etadi.

📌Quyida qonun loyihasining ayrim moddalari media vakillarga koʻra qanday ifodalanayotgani va AOKA ekspertlarining argumentlari keltiriladi:

1️⃣Qonun loyihasi qabul qilinishi bilan onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari blogerga aylanadi

Internetga har qanday xarakterdagi axborotni joylashtirgan shaxs bloger hisoblanadi. Aynan shunday konsepsiya qonun loyihasida oʻz aksini topgan va bundan qoʻrqish kerak emas, chunki loyihada blogerlar uchun hech qanday ogʻir majburiyatlar koʻrsatilmagan. Blogerlar ham oddiy onlayn platforma foydalanuvchilari kabi bir xil huquq va majburiyatlarga ega.

2️⃣Internetda eʼlon qilingan barcha narsalar kontent deyiladi va kontentni maʼlum bir shaxsga yuborish, uzatish yoki namoyish etish uni tarqatish deb hisoblanadi

Ushbu qonun qabul qilinishi bilan kontentni tarqatish deganda faqat kontentni joylashtirish, joʻnatish, namoyish etish tushuniladi.

3️⃣AOKAning onlayn platformalar va veb-saytlarni monitoring qilish vakolati fuqarolarning shaxsiy yozishmalar sirini saqlash boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlariga taʼsir qilishi mumkin

Bunday xavotirlar mutlaqo asossiz. Chunki, birinchidan, qonun loyihasining oʻzida onlayn platformalarning majburiyatlari sifatida "onlayn platformalardan foydalanuvchilarning yozishmalar, soʻzlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishi huquqini taʼminlash" yozib qoʻyilgan boʻlsa, ikkinchidan, na AOKA, na dunyodagi boshqa biror organ fuqarolarning onlayn platformalardagi shaxsiy yozishmalarini monitoring qilish uchun texnik imkoniyatlarga ega emas.

⚠️Bundan tashqari, mazkur qonun loyihasining amaldagi qonun hujjatlaridagi baʼzi moddalarni takrorlashi, "yolgʻon axborot" tushunchasi tasnifi notoʻgʻriligi va qonun loyihasining onlayn platformalarga nisbatan ayrim talablari bajarilishiga shubhalar bildirilgan.

👉Ushbu havolada AOKA ekspertlarining asosli talqinlari keltirilgan: https://shorturl.at/gIKIA

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm yoshlari bilan media taʼlim: "Media-klub" platformasi taqdimoti davom etadi

AOKA Raqamli savodxonlik va mediataʼlimni rivojlantirish boʻlimi mutasaddilari Tohir Umarov va Rauf Sadikov Xorazm viloyatida yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari sohasiga qiziquvchi vakillar bilan uchrashuv va seminar-treninglar oʻtkazishdi.

Media-Quiz, qiziqarli savol-javoblar, amaliy mashgʻulotlar bilan qiziqarli va samimiy ruhda oʻtgan tadbirlarda ishtirokchilar mediasavodxonlikning ahamiyati va axboriy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi borasida tushunchalarga ega boʻlishdi.

Uchrashuvlarda, shuningdek, "Media-klub" platformasidan foydalanish erkinligi, unda media mutaxassislar, jurnalistika sohasidagi yetuk ustozlar bilan suhbatlar orqali bilim, malaka va koʻnikmalarni oshirish imkoniyatlari tushuntirildi.
Xorazmlik yoshlar shunday turdagi seminar va uchrashuvlardan manfaatdor ekanliklarini taʼkidlab, kelajakda shu kabi tadbirlarni yana tashkil etish takliflarini bildirdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz korrupsiyaga qarshimiz!


❗️Aziz zamondosh!

Baraka – halollikda, barakasizlik nopoklikdandir. Nopoklik aralashgan har qanday ishning fayzi, barakasi bo‘lmaydi, alaloqibat jazo bilan tugashini har birimiz yaxshi bilamiz. Hayotingizni qing‘ir ishlar bilan emas, halollik va poklik bilan bezang.

Qarshingizdan chiqqan korrupsiya atalmish nopoklikka, bu botqoqqa Sizni tortmoqchi bo‘lganlarga aytar so‘zingiz shu bo‘lsin: “Rahmat, yaxshisi keragi yo‘q!”

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitida ishtirok etdi

Kun tartibidagi masalalarga oʻtar ekan, Oʻzbekiston rahbari "Markaziy Osiyo - Italiya" formatidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻz qarashlarini bayon etdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Isteʼmolga yaroqsiz "Andijon muzqaymogʻi" savdodan oldirildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi  Xorazm viloyati boshqarmasi hamda  Xorazm viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari, veterinariya  va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamkorligida belgilanmagan joylarda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan,  sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan  muzqaymoq, yaxna ichimliklar, poliz mahsulotlari bilan  noqonuniy savdo qilayotgan  fuqarolar boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro va tadbirkorlar bilan savdo qoidalarini buzib muzqaymoq, uy sharoitida tayorlangan salqin ichimliklar, veterinariya ekspertizasidan oʻtmagan, sifatini tasdiqlovchi xujjatlari boʻlmagan poliz mahsulotlarini sotmaslik haqida profilaktik tushuntirish ishlari oʻtkazilib, tegishli ogohlantirishlar berildi. Xususan, sanitariya  qoidalariga rioya qilmasdan  "Andijon muzqaymogʻi" sotayotgan 3  nafar fuqaroga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilib, 15 kg muzqaymoq savdodan oldirildi.


Aziz yurtdoshlar, oʻzingiz va yaqinlaringiz sogʻligiga befarq boʻlmang! Faqat sifati kafolatlangan, saqlanish qoidalariga rioya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishingizni soʻraymiz!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Joriy yilning 6-, 7-, 8-iyun kunlari Buxoro shahrida XXI anʼanaviy “Ipak va ziravorlar festivali” boʻlib oʻtadi.

🇺🇸On June 6, 7, 8 of this year, the XXI Festival of traditional silk and spices will be held in Bukhara.

🇷🇺С 6 по 8 июня текущего года в городе Бухара пройдет XXI традиционный “Фестиваль шёлка и специй”.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Haj ziyorati uchun Makkai mukarramada boʻlib turgan yurtdoshlarimizga boshchilik qilayotgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari hojilarimiz holidan xabar oldi, ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻradi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
butun dunyo bolalarini bayram bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimizda har bir ulgʻayayotgan bola davlat eʼtibori va himoyasida. Kelajak vorislari boʻlgan yosh avlod sogʻlom, baxtli, erkin, tinch va osoyishta hayotda voyaga yetishlariga tilakdoshmiz! Begʻubor bolalik olamida shodon ulgʻaygin aziz bolajon!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Inson borki, farzandi uchun yashaydi, dilbandlariga umrini baxshida etadi!

🔘Oʻzbek xalqi ham azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir goʻshasiga bormang, bolalarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarning guvohi boʻlasiz. Yosh avlodni jismonan va ma'naviy sogʻlom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

🎉Bolalar bizning kelajagimiz, umidimiz va faxrimiz. Ularning har birida orzular, fantaziyalar va aql bovar qilmaydigan rejalarga to'la kichik bir dunyo yashaydi. Bizning vazifamiz esa har bir bola o'z iste'dodi va qobiliyatini ro'yobga chiqarishi, mehr va g'amxo'rlikda, xavfsiz va farovon muhitda ulg'ayishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdir.

🎁Farzandlarimiz hayoti beg‘ubor, erkin va quvonchli bo‘lishi uchun biz kattalar hamisha ularni qo‘llab-quvvatlashimiz, fikrlariga quloq tutishimiz kerak.

💐Azizlar, keling bu beg'ubor yurak egalarini ardoqlaylik, sevaylik, ularga istaganicha mehr beraylik! Hech bir bolaning sira ko'ngli ranjimasin! Doim ularga gamxo'r bo'laylik.

🎊🎉Ko‘zlaringiz hamisha baxt-saodatdan porlasin, har bir yangi kun esa qiziqarli va mehrga to‘la bo‘lsin! Bolalikning har bir oni yorqin voqealar va unutilmas onlarga boy bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90kun

Aziz yoshlar! Yozgi ta’til davrida sizlarni qiziqarli va foydali loyihalar kutmoqda!

🇺🇿1-iyundan boshlab, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun mamlakat bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 90 kun davom etadigan turli tanlov va tadbirlar start oldi.

🗣Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida sizlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalari, ichki turizm safarlari, harbiy-vatanparvarlik mashg‘ulotlari va yana ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar tashkil etiladi!

Qadrli yoshlar 90 kun davomida yozni yorqin, ijodiy va samarali o‘tkazing!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 “Oʻzbek karvoni” Buyuk Britaniyada Oʻzbekistonning anʼanalari va sayyohlik imkoniyatlarini namoyish etadi

Turizm qoʻmitasi turizmni rivojlantirish va sayyohlarning mamlakatimizga qiziqishini oshirish maqsadida 5-17-iyun kunlari Buyuk Britaniyaning oltita shahrida “Oʻzbek karvoni” Uzbekistan Caravan) nomi ostida madaniy-gastronomik tur uyushtirmoqda.

Tadbirlar London, Manchester, Liverpul, Edinburg, Oksford va Kardiff kabi yirik shaharlarda oʻtkaziladi. Tur doirasida mazkur shaharlar aholisi va mehmonlari anʼanaviy oʻzbek taomlarini taʼtib koʻrish hamda Oʻzbekistonning sayyohlik diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Asosiy maqsad xalqaro maydonda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini targʻib qilish, madaniy aloqalarni mustahkamlash va Britaniya auditoriyasining mamlakatimizga boʻlgan qiziqishini shakllantirishdan iborat.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IRODA_KUCHI

Kim edimu, kim boʻldim
?
Samarqandlik fermer Zohida qissasi.

– Uy-joy qilishga, bolamning sogʻligʻini tiklashga, eng muhimi, birovga muttaham boʻlmaslikka erishdim!

Turmushning ogʻir sinovlariga qarshi matonat topib, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatni halol mehnati orqali oqlab, bugungi saodatli kunlarga erishgan Zohida Kenjayeva koʻpchilik uchun chinakam ibrat namunasidir.

‼️Ushbu hikoya kishini hayotga teranroq nazar tashlashga undaydi. Albatta koʻring!

🎥Yutub orqali koʻring

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
↗️Aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy koʻmaklashish maqsadida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq aholi, ayniqsa kam taʼminlangan qatlamlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida quyidagi choralar belgilandi:

📌Maosh, pensiya va nafaqalarning oshirilishi
2025-yil 1-iyuldan:


⚫️Pensiyalar, nafaqalar, bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari – 10% ga oshiriladi;

⚫️Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 soʻm etib belgilanadi.

📌2025-yil 1-avgustdan:

⚫️Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar – 10% ga oshiriladi

⚫️Eng kam ish haqi – 1 271 000 soʻm

⚫️Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 412 000 soʻm

📌Bir martalik yordam puli

Noyabr oyida jami 1,3 million oilaga, yaʼni har 8 ta oiladan 1 tasiga – 1 mln soʻmdan bir martalik yordam puli beriladi, jumladan:

🔘Reyestrga kiritilgan 950 ming oila

🔘Reyestrda boʻlmagan, lekin yordamga muhtoj 380 ming oila

Bu mablagʻ oilalarning tariflar oshishi bilan bogʻliq 5 oylik xarajatlarini qoplashga yetarli boʻladi.

⚠️ Bu byudjet tomonidan toʻliq qoplab beriladi.

2025-yilda tariflar oshishiga qaramay, aholini himoya qilish maqsadida ijtimoiy toʻlovlar, ish haqi va pensiyalar miqdorining oshirilishi, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri yordam pullari va subsidiyalar belgilandi. Bu mexanizmlar orqali kam taʼminlangan aholi qatlami ishonchli himoya ostida qolishi koʻzda tutilgan.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatda nimalar koʼzda tutilgan?

Bog‘cha tarbiyalanuvchilari va maktab oʼquvchilarining ekologik savodxonligini oshirish;

Davlat xizmatchilari va xodimlar uchun ekologiya boʼyicha bepul kurslar oʼtkazish;

2025-yil 1-dekabrdan — ekologik maʼlumotlarni oʼzida jamlagan ochiq platformani ishga tushirish.

Batafsil maʼlumot — videoda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 12:11:49
Back to Top
HTML Embed Code: